O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Mavzu. Moliya organlari, G‘aznachilik va uning xududiy bo‘linmalarida



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/18
tarix05.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Byudjet hisobi

Mavzu. Moliya organlari, G‘aznachilik va uning xududiy bo‘linmalarida 
buxgalteriya hisobini tashkil etishning uslubiy asoslari 
Reja: 
1.
 
Moliya organlarida, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida 
buxgalteriya hisobini yuritishdan maqsad, hamda buxgalteriya 
hisobi oldiga qo’yilgan vazifalar; 
2.
 
Moliya organlarida, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari 
buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan hujjatlar hamda hisob 
registrlari; 
3.
 
Moliya organlarida, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari 
buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan hisobvaraqlarni tayinlanishi 
va tuzilishi; 
4.
 
Moliya organlarining Davlat byudjeti ijrosi bo’yicha buxgalteriya 
balansi tuzilishi; 
5.
 
Moliya organlari, G’aznachilik bo’limlari bosh buxgalterining 
majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi. 
Davlat byudjeti ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining "Byudjet 
tizimi to’g’risida" va "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi qonunlariga
“Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjeti 
ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi bo’yicha yo’riqnoma”,
G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida davlat byudjeti kassa ijrosi 
bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2011 yil 14 
yanvardagi 2-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Davlat byudjeti, Davlat 
maqsadli va byudjetdan tashqari boshqa jamg’armalari byudjeti g’azna ijrosi 
buxgalteriya hisobi to’g’risida yo’riqnoma” ga asosan buxgalteriya hisobi 
yuritilmoqda va boshqa tegishli qonuniy xujjatlarga asosan O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari Qaroqalpog’iston Respublikasi 
moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari, shahar 
va tuman moliya bo’limlari buxgalteriya hisobini yuritadi. Xozirda byudjet 
ijrosi hisobi kassa usuliga asoslangani sabali Moliya organlari shuningdek 
G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya hisobi va 
hisobotlarini yagona “G’azna dasturi”da yuritmoqda. Moliya organlari
shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari bosh buxgalterlari 
o’z ishlarida (faoliyatlarida) O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini ijro 
etish qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga 
tayanadilar. 
Moliya organlarida, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida 
buxgalteriya hisobini yuritishdan maqsad davlat byudjeti ijrosi jarayoni 
bo’yicha buxgalteriya axborotlarini shakllantirishdan iboratdir. 
Moliya organlarida G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida 
buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat: 
1.
Davlat byudjeti g’azna ijrosi jarayoni muomalalarini buxgalteriya 
hujjatlarida aks ettirish; 



2.
Buxgalteriya hisobvaraqlarda byudjet mablag’larini holati va harakatini aks 
ettirish; 
3.
Davlat byudjeti ijrosi natijalarini aniqlash; 
Davlat byudjeti ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va yillik buxgalteriya 
hisobotlarini tuzish, taqdim etish va boshqalar. 
Byudjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalarni buxgalteriya hisobini 
yuritish uchun operatsiyalar amalga oshirilganligini belgilovchi hujjatlar va ularni 
o’tkazishga doir farmoyishlar kabi birlamchi hisob hujjatlari asos bo’ladi. 
Birlamchi hisob hujjatlar byudjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalar 
amalga oshirilgan paytda yoki ular amalga oshirilgandan so’ng tuziladi. 
Byudjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha hisobot davriga doir operatsiyalarni 
amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo’lsa, ular buxgalteriya 
hisobida tegishli birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish orqali aks ettiriladi. 
Bunda, o’tgan yilga doir byudjetning g’azna ijrosi amalga oshiriladigan 
moliya yiliga qo’shimcha davrda byudjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha amalga 
oshirilgan operatsiyalarning hisobi, belgilangan tartibda aks ettirilgan, qo’shimcha 
davr mobaynida tuzilgan birlamchi hisob hujjatlari asosida, o’tgan yilning 
byudjetlarning g’azna ijrosi buxgalteriya hisobida amalga oshiriladi. 
Birlamchi hisob hujjatlarida ma’sul shaxslarning imzolari bo’lmasa, ular
haqiqiy hisoblanmaydi. Byudjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalarni 
buxgalteriya yozuvi uchun quyidagi belgilangan tartibda rasmiylashtirilganlar asos 
bo’lib xizmat qiladi: 
G’aznachilik 
bo’linmalarining 
g’azna 
hisobvaraqlaridan, 
ushbu 
hisobvaraqlardan pul mablag’larining (o’tkazish va qabul qilish) harakatini 
tasdiqlovchi xizmat ko’rsatuvchi banklarning tegishli belgilari qo’yilgan to’lov 
topshiriqnomalari va boshqa to’lov hujjatlari (elektron yoki qog’oz holatidagi) ilova 
qilingan bank ko’chirmalari; 
G’aznachilik bo’linmalari maxsus hisobvaraqlaridan byudjet mablag’lari 
hisobiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni amalga oshirish, shuningdek 
byudjetdan mablag’ oluvchilarning ma’lum maqsadlar uchun byudjetdan tashqari 
mablag’lari hisobidan naqd pul mablag’lari to’lovi bo’yicha shu hisobvaraqlardan 
pul mablag’larining (o’tkazish va qayta tushirish) harakatini tasdiqlovchi xizmat 
ko’rsatuvchi banklarning tegishli belgilari qo’yilgan to’lov topshiriqnomalari va 
boshqa to’lov hujjatlari (elektron yoki qog’oz ko’rinishida) ilova qilingan bank 
ko’chirmalari; 
11-sonli shakldagi o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha bildirishnoma;
3-sonli shakldagi byudjetlarni g’azna hisobvaraqlariga Davlat byudjeti, 
jamg’armalar
byudjeti, shuningdek bojxona organlari g’azna depozit schyotiga kelib tushgan 
daromadlar to’g’risidagi ma’lumotnoma (№3-bs, 3-sf, 3-dst, 3-svb shakllar); 
274-sonli shakldagi memorial order (№274-b, 274-f, 274-v va 274-t 
shakllar); 
Davlat byudjeti, jamg’armalar byudjeti, bojxona organlari g’azna depozit 
schyoti shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa 
mablag’lari hisobini yuritishda ishlatiladigan boshqa hujjatlar. 



Birlamchi hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar, ushbu hujjatlarni 
o’z ichiga olgan ma’lumotlarning o’z vaqtida tuzilishi, to’g’riligi va haqqoniyligi, 
shuningdek ularni buxgalteriya hisobotida aks ettirilishi uchun belgilangan 
muddatlarda etkazilishi uchun javobgardirlar. 
Birlamchi va boshqa hisob hujjatlariga, operatsiyalar qatnashchilari 
tomonidan tasdiqlanmagan o’zgartirish kiritishga yo’l qo’yilmaydi. Bank va kassa 
hujjatlarini o’zgartirish va bo’yashga yo’l qo’yilmaydi. 
Bunda, byudjetlarning g’azna ijrosi buxgalteriya hisobi registrlari 
bo’yicha operatsiyalar elektron shaklda yuritiladi. 
Davlat byudjeti, jamg’armalar byudjeti, bojxona organlari g’azna depozit 
schyoti shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa 
mablag’lari bo’yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlari to’g’risidagi ma’lumot 
Davlat byudjetining g’azna ijrosi dasturiy majmuida kunlik asosida va hisobot oyi, 
choragi va yilining o’sib boruvchi yakuni bilan bank ko’chirmalaridan olingan va 
tegishli g’azna hisobvaraqlariga (operatsiya amalga oshirilgan kunning ertangi bank 
kunidan kechiktirmasdan) kelib tushgan va ko’chirilgan mablag’lar to’lov hujjatlari 
ma’lumotlari asosida aks ettiriladi. 
Hisobot yili tugashi bilan va yakuniy balans tuzilishidan oldin 
buxgalteriya hisobi daftarlarida har bir sintetik va analitik (tahliliy) 
hisobvaraqlar bo’yicha aylanmalar yig’indisi hisoblanib, ushbu hisobvaraqlar 
bo’yicha qoldiqlar chiqariladi. 
Yangi hisobot yilida sintetik va analitik hisobvaraqlar bo’yicha 
buxgalteriya registrlarida yilning boshiga mavjud bo’lgan qoldiqlar yakuniy 
balans va o’tgan yilning hisob registrlaridagi yozuvlarga to’liq mos kelgan 
holda yoziladi. 
Moliya organlarining Davlat byudjeti ijrosi bo’yicha buxgalteriya balansi 
quyidagi bo’limlardan iboratdir: 
AKTIV 
PASSIV 
Bo’lim 
Bo’lim 

Pul mablag’lari 

Daromadlar 
II 
Xarajatlar 
II 
Olingan ssudalar 
III 
Berilgan ssudalar 
III 
Hisoblashuvlar 
IV 
Hisoblashuvlar 
IV 
Olingan mablag’lar 

Berilgan mablag’lar 

Natijalar 
BALANS 
BALANS 




Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə