O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/18
tarix05.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Byudjet hisobi

 
 
 
 
 
 
 
 
 


11 
Mavzu. G‘azna ijrosi sharoitida byudjet xarajatlari kassa ijrosi hisobi. 
Reja: 
1.
 
G’aznachilik bo’limlarida byudjet xarajatlari hisobini tashkil 
etishning maqsadi vazifalari hamda hususiyatlari; 
2.
 
Byudjet xarajatlari hisobini yuritishda byudjet tasnifining o’rni va 
axamiyati; 
3.
 
Byudjet xarajatlari hisobini buxgalteriya hujjatlari hamda hisob 
registrlarida aks ettirish; 
4.
 
Byudjet 
daromadlari 
hisobini 
buxgalteriya 
yozuvlarida 
rasmiylashtirish. 
“Byudjet tizimi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga asosan 
Davlat byudjeti xarajatlari tasdiqlangan byudjetdan mablag’ ajratish doirasida 
quyidagicha amalga oshiriladi: 
1) byudjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida; 
2) joriy byudjet transfertlari shaklida; 
3) kapital xarajatlar shaklida: 
asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va xizmatlar ham 
shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab 
chiqarishga; 
chet elda davlat ehtiyojlari uchun er va boshqa mol-mulk olishga; 
davlat ehtiyojlari uchun erga bo’lgan huquqni va boshqa nomoddiy 
aktivlarni olishga; 
davlat zaxiralarini vujudga keltirishga; 
4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan 
byudjet transfertlari shaklida; 
5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan byudjet 
ssudalari shaklida; 
6) davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan byudjet dotatsiyalari va 
byudjet ssudalari shaklida; 
7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar 
shaklida; 
8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida. 
Respublika byudjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi: 
1) fan, ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport 
(respublikaga bo’ysunadigan byudjet tashkilotlari bo’yicha); 
2) ijtimoiy ta’minot; 
3) mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash; 
4) sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash; 
5) davlat zaxirasi va safarbarlik zaxirasini vujudga keltirish hamda ularni 
saqlash; 
6) davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish; 
7) 
davlat 
hokimiyati 
va 
boshqaruvi 
organlari
O’zbekiston 
Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari 
faoliyatini ta’minlash; 


12 
8) iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo’ysunadigan byudjet 
tashkilotlarini saqlash; 
9) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga 
muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari 
va tadbirlarini amalga oshirish; 
10) er tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi 
kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish; 
11) qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurash; 
12) gidrometeorologiya, do’lga qarshi kurash chora-tadbirlari; 
13) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga mo’ljallangan xarajatlar 
moliyalashtiriladi: 
1) fan, ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport 
(Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 
byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bo’yicha); 
2) ijtimoiy ta’minot; 
3) aholini ijtimoiy himoya qilish;
4) Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash; 
5) iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog’iston Respublikasi
viloyatlar va Toshkent shahar byudjet tashkilotlarini saqlash; 
6) qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning 
maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish; 
7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning 
hududiy bo’linmalari Davlat byudjeti, jamg’armalar byudjeti, bojxona 
organlari 
depozit 
schyoti, 
shuningdek 
byudjetdan 
moliyalanadigan 
tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag’lari kassa xarajatlari ijrosini 
ta’minlaydi.
G’aznachilik bo’limlarida davlat byudjeti xarajatlar hisobini tashkil etishda 
buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi: 
1.
Davlat byudjeti xarajatlari hisobini amaldagi me’yoriy xuquqiy xujjatlar 
talablari bo’yicha tashkil etish; 
2.
Davlat byudjeti xarajatlarini tasdiqlangan byudjet doirasida smetalarga 
asosan amalga oshirilishini ta’minlash; 
3.
Davlat byudjeti xarajatlarini hisobini buxgalteriya boshlang’ich va yig’ma 
xujjatlari, hisob regstirlarida o’z vaqtida to’g’ri rasmiylashtirish; 
4.
Buxgalteriya schyotlarida davlat byudjeti xarajatlarini xolatini aniq, to’liq 
va o’z vaqtida aks ettirish; 
5.
Davlat byudjeti xarajatlariga oid buxgalteriya axborotlarini shakllantirib 
berish va boshqalar. 
G’aznachilik bo’limlarida davlat byudjeti xarajatlari hisobini yuritishning 
xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
1.
Byudjet harajatlarini kassa usulida yuritilishi; 


13 
2.
Davlat byudjeti xarajatlarini tasdiqlangan byudjet doirasida amalga 
oshirilishini nazorat qilinishi; 
3.
Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan to’lab beriladigan byudjetdan 
mablag’ oluvchi tashkilotlarini yuridik va moliyaviy majburiyatlarini 
ro’yxatga olinishi va to’lab berilishi; 
4.
Davlat byudjeti xarajatlarini byudjet tasnifi asosida hisobda aks 
ettirilishi.
Bank hujjatlari va shaxsiy hisobvaraqdan kunlik amalga oshirilgan 
operatsiyalar ko’chirmaga ilovalar kiritilgandan so’ng kassa xarajatlari jami 
hisoblanadi va so’rovnomaga ko’ra hisobot sana boshiga rejali ajratilgan 
byudjet mablag’lari qoldiqlari chiqariladi. 
Rejali ajratilgan byudjet mablag’lariga o’zgartirishlar kiritishda 
ularning qoldiqlari, kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda 
chiqariladi. Bundan tashqari, oy oxirida tegishli ravishda oylik va yil boshidan 
(kassa) aylanmalar jami hisoblanadi. 
Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari 
tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlari byudjet tasnifining har bir 
bo’linmasi bo’yicha hisobga olinadi. 
Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari da byudjet 
daromadlari hisobi 02 "Xarajatlar" nomli hisobvaraqda yuritiladi. Ya’ni: 
020 
Byudjet xarajatlari 
022 
Davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa byudjetdan tashqari 
jamg’armalar mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan 
xarajatlar 
023 
Bojxona organlari g’azna depozit schyoti mablag’lari 
hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar 
025 
Davlatning tashqi qarzi mablag’lari hisobidan xarajatlar 
028 
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari 
hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar 
029 
Byudjetdan mablag’ oluvchilarni boshqa byudjetdan tashqari 
mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar 
Bu schyotlarning debet tomonida byudjet xarajatlari summasi kredit 
tomonida xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki o’tkazilishi aks ettiriladi. 


14 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə