O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/18
tarix05.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104354
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Byudjet hisobi




O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus 
ta’lim vazirligi 
Toshkent moliya instituti 
“Byudjet hisobi” kafedrasi 
“BYUDJET HISOBI” FANIDAN 
MA`RUZA MATNI 
Tuzuvchi: A.Ostonokulov 
Toshkent-2015 



Mavzu. Byudjet hisobining predmeti, metodi va uslubiy asoslari 
Reja: 
1.
 
Byudjet hisobi fani predmeti va ob’ektlari; 
2.
 
Byudjet hisobini tashkil etishning uslubiy asoslari; 
3.
 
Byudjet hisobini yuritishni hususiyatlari hamda vazifalari; 
4.
 
O’zbekiston Respublikasida byudjet hisobini tashkil etish va 
yuritish. 
Byudjet hisobi bu byudjet ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi bo’lib, Davlat 
byudjeti, Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalari byudjeti ijrosi 
jarayonida hisobga olinadigan moliyaviy, nomoliyaviy hamda moliyaviy 
majburiyatlar xolati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga 
olishning tartiblashtirilgan tizimidir.
Byudjet hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga byudjet ijrosi 
jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni 
shakllantirib berishdan iborat. 
Byudjet hisobining predmeti bu byudjet ijrosi jarayonida byudjet 
mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar 
majmuasidir.
Byudjet hisobi Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari 
jamg’armalari byudjeti ijrosi bo’yicha yuritiladi va byudjetlar ijrosi holati haqida 
ma’lumotlarni shakllanishini ta’minlaydi. 
Byudjet hisobining vazifalari: 
-
Byudjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish; 
-
Byudjet ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida ro’yhatga 
olish; 
-
Byudjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda byudjet mablag’larini 
holati va harakatini aks ettirish; 
-
Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga 
oshirish va natijalarini shakllantirish; 
-
Byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning 
holati, harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda 
moliyaviy natijalari to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni 
shakllantirish; 
-
Byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va 
hisobotlarni tuzishdan iboratdir. 
Byudjet hisobini yuritishni alohida hususiyatlari quyidagilardan iborat: 

Byudjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi; 

Byudjet ijrosini nazorat qilinishi; 

Harajatlar smetasi ijrosini nazorat qilinishi; 

Davlat byudjeti g’azna ijrosi sharoitida hisobni tashkil etilishi va 
yuritilishi; 

Hisobda kassa va haqiqiy harajatlarni yuritilishi; 

Byudjet tashkilotlarida soxa hususiyatlari bo’yicha hisobni tashkil 
etilishi va boshqalar. 



Byudjet hisobini alohida hususiyatlari buxgalteriya hisobi vazifalariga 
qo’shimcha yanada aniqroq vazifalar kiritilishini talab etadi. Ya’ni 
tasdiqlangan byudjet ijrosini to’g’ri tashkil etish, moliya-byudjet intizomiga 
rioya qilish va boshqalar. 
Byudjet hisobining sub’ektlari bo’lib, moliya organlari (O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, bo’limlari), 
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy 
bo’linmalari, Davlat maqsadli jamg’armalari, byudjet tashkilotlari bo’lib 
hisoblanadi.
Byudjet hisobining obektlari bo’lib, byudjet ijrosi jarayonida byudjet 
daromadlari va xarajatlari, byudjet pul mablag’lari, byudjet ssudalari
hisoblashuv bo’yicha mablag’lar, aylanma kassa mablag’lari, byudjet 
tashkilotlarining daromadlari, xarajatlari, moliyaviy, nomoliyaviy aktivlari, 
majburiyatlari va moliyaviy natijalari hisoblanadi 
Byudjet hisobining uslubiy asoslarini byudjet ijrosi buxgalteriya hisobiga 
oid qabul qilingan qonuniy xujjatlar tashkil etadi.
Davlat byudjeti ijrosining hisobi ustidan umumiy uslubiy rahbarlik qilish 
vakolati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi byudjet hisobi bo’yicha 
quyidagilarni amalga oshiradi: 
- davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qilishga 
uslubiy rahbarlik qiladi; 
- byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi bo’yicha moliya organlari
byudjet tashkilotlari va vakolatli organlar uchun yo’riqnomalar va uslubiy 
ko’rsatmalarni ishlab chiqadi; 
- respublika byudjeti ijrosini amalga oshiradi va hisobot tuzadi. 
Mamlakatimiz byudjet tizimida islohotlarni borishi jarayonida byudjet 
hisobini tashkil etish va yuritilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ohirgi 
yillarda byudjet hisobini tashkil etishga oid bir necha me’yoriy hujjatlar qabul 
qilindi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda byudjet hisobini yuritilishini uch 
yunalishga ajratish mumkin, ya’ni:
1. Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar 
ijrosining hisobi – Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari 
hamda Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari 
tomonidan olib boriladi; 
2. Davlat maqsadli jamg’armalar (Pensiya jamg’armasi, Respublika yul 
jamg’armasi va boshqalar), shuningdek boshqa byudjetdan tashqari 
jamg’armalar ijrosining hisobi – tegishli byudjetdan tashqari jamg’armalar 
tomonidan olib boriladi; 
3. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosining 
hisobi bo’yicha -byudjet tashkilotlari tomonidan olib boriladi.
Moliya organlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy 
bo’linmalarida byudjet hisobi yuritilib Davlat byudjeti g’azna ijrosi sharoitida 
Respublika, 
Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar 



daromadlari shakllanishi xarajatlarini amalga oshirish, byudjet ijrosi natijalari 
bo’yicha buxgalteriya axborotlarini shakllantirib beradi. Xozirgi kunda 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, 
bo’limlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida byudjet 
ijrosi jarayoni bo’yicha buxgalteriya hisobi kassa usulida “G’azna dasturi” 
asosida yuritiladi. Respublika byudjeti ijrosi hisobi daromadlarini 
shakllanishi, xarajatlarini tasdiqlangan byudjetga muvofiq amalga oshirilishi
pul mablag’lari, hisoblashuvlar, byudjet ijrosi natijalarini shakllantirish 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi buxgalteriya bo’limi 
tomonidan amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy 
byudjetlar ijrosi hisobi daromadlarini shakllanishi, xarajatlarini tasdiqlangan 
byudjetga muvofiq amalga oshirilishi, pul mablag’lari, hisoblashuvlar, 
byudjet ijrosi natijalarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi 
hududiy 
boshqarmalari 
hamda 
G’aznachilikning xududiy 
bo’linmalari buxgalteriya bo’limi tomonidan amalga oshirilmoqda. Hozirgi 
kunda G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida davlat byudjeti kassa ijrosi 
bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2011 yil 14 
yanvardagi 2- sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Davlat byudjeti, Davlat 
maqsadli va byudjetdan tashqari boshqa jamg’armalari byudjeti g’azna ijrosi 
buxgalteriya hisobi to’g’risida yo’riqnoma” ga asosan buxgalteriya hisobi 
yuritilmoqda va tasdiqlangan buxgalteriya schyotlarida byudjet mablag’lari va 
ularni manbaalari harakati bo’yicha ma’lumotlar shakllantirilib belgilangan 
tartibda byudjetning kassa ijrosi bo’yicha hisobotlar tuzilmoqda.
Davlat maqsadli jamg’armalarida jumladan byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasi, Respublika yo’l jamg’armasi va boshqa byudjetdan tashqari 
jamg’armalarida jamg’armalar byudjeti daromadlari shakllanishi, 
xarajatlarini amalga oshirish, hisoblashuvlar hisobi, byudjet ijrosi natijalari 
bo’yicha buxgalteriya axborotlari belgilangan tartibda shakllantirilmoqda, 
hisobotlar tuzilmoqda. 
Byudjet tashkilotlarida byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar, 
byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetalari 
ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi“Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi 
to’g’risida”gi Yo’riqnoma (O’z.R AV. tomonidan 2010 yil 22 dekabrda № 
2169-son bilan ro’yxatdan o’tgan) ga asosan yuritilmoqda. Byudjet 
tashkilotlari moliyaviy, nomoliyaviy aktivlari tarkibi, debitorlik va kreditorlik 
majburiyatlari, joriy va yakuniy moliyaviy natijalar bo’yicha buxgalteriya 
axborotlari shakllantirilib “O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan 
mablag’ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini 
tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo’yicha qoidalar” ga (O’z.R AV. 
tomonidan 2011 yil 27 sentyabrda № 2270-son bilan ro’yxatdan o’tgan) 
asosan buxgalteriya hisobotlari tuzilmoqda.




Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə