O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Mavzu. Byudjet ssudalari va byudjetlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/18
tarix05.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Byudjet hisobi

Mavzu. Byudjet ssudalari va byudjetlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan 
hisoblashishlar hisobi 
Reja: 
1.
 
Byudjet ssudalari va byudjetlar o’rtasida sodir bo’ladigan 
hisoblashuvlar hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari hamda 
xususiyatlari; 
2.
 
Byudjet ssudalari ajratilishi va berilishi hamda qaytarilishi tartibi; 
3.
 
G’aznachilik bo’limlarida byudjet ssudalari hisobini buxgalteriya 
hujjatlari, yozuvlari hamda hisob registrlarida aks ettirish; 
4.
 
G’aznachilik 
bo’limlarida 
byudjetlar 
o’rtasida 
o’zaro 
hisoblashuvlar hisobini tashkil etishning xususiyatlari; 
5.
 
O’zaro hisob-kitoblar bo’yicha olinadigan va beriladigan 
mablag’lar hisobini buxgalteriya hujjatlari, yozuvlari hamda hisob 
registrlarida aks ettirish. 
Byudjet ssudasi - yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika 
byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti 
bilan ajratiladigan mablag’dir. 
Yuqori byudjetdan quyi byudjetga byudjet ssudalarini berish 
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2001 yil 28 iyundagi 58-sonli 
buyrug’i bilan tasdiqlangan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, 
mahalliy byudjetlarga byudjet ssudalarini berish va olingan byudjet 
ssudalarini so’ndirish tartibi to’g’risidagi Nizom (2001 yil 19 iyulda 1052-son 
bilan ro’yxatga olingan) bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
G’aznachilik bo’limlarida byudjet ssudalari hisobini tashkil etishda 
buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi: 
1.
Byudjet ssudalari hisobini amaldagi qonunchilik talablari asosida tashkil 
etish; 
2.
Byudjet ssudalari bo’yicha majburiyatlarni o’z vaqtida tugatilishini 
ta’minlash;
3.
Byudjet ssudalari hisobini buxgalteriya boshlang’ich va yig’ma xujjatlari, 
hisob regstirlarida o’z vaqtida to’g’ri rasmiylashtirish; 
4.
Buxgalteriya schyotlarida byudjet ssudalari xolatini aniq, to’liq va o’z 
vaqtida aks ettirish; 
5.
Byudjet ssudalariga oid buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish va 
boshqalar. 
Byudjetlar o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar faqatgina yuqori va quyi 
byudjetlar o’rtasida amalga oshiriladi. 
Byudjetlar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblarga summalarni o’tkazish 
uchun asos bo’lib, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident 
farmonlari, 
O’zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari va 
farmoyishlaridan hamda byudjetga o’zgartirishlar kiritish huquqi berilgan 
hokimiyatlar va boshqa organlarning qarorlaridan kelib chiqadigan 
o’zgartirishlarga tegishli hududiy moliya organlari tomonidan 11-sonli 
shaklda tuzilgan ma’lumotnoma-bildirishnomalar xizmat qiladi. 


15 
G’aznachilik bo’limlarida byudjet ssudalari hisobini yuritishning 
xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
1.
Byudjet ijrosi jarayonida byudjet ssudalari byudjetlar o’rtasida faqat 
yuqori byudjetdan quyi byudjetga beriladi; 
2.
Byudjet ssudalari byudjetlar o’rtasida foizsiz ko’rinishida ajratiladi; 
3.
Byudjet ssudalari hisobi qatiy qonunchilik talablari asosida tashkil etiladi. 
G’aznachilik bo’limlarida byudjetlar o’rtasida o’zaro hisoblashuvlar 
hisobini tashkil etishning xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
1.
Byudjetlar o’rtasida o’zaro hisoblashuvlar hisobi yuqori va quyi byudjetlar 
o’rtasida amalga oshirilishi; 
2.
O’zaro hisoblashuvlar bo’yicha yuzaga keladigan majburiyatlar moliya yili 
oxirigacha tugatilishi; 
3.
Byudjetlar o’rtasida o’zaro hisoblashuvlar hisobi qatiy qonunchilik 
talablari asosida yuritilishi va boshqalar. 
Byudjet 
ssudalari 
Respublika 
byudjetidan 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi va mahalliy byudjetlarga, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 
mahalliy byudjetlardan byudjet ssudalari Qoraqalpog’iston Respublikasi va 
mahalliy byudjetlar tarkibiga kiradigan shaharlar va tumanlarning 
byudjetlariga berilishi mumkin 
Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’limlarida byudjet 
ssudalari hisobi 05 "Berilgan va olingan ssudalar " nomli hisobvaraqda 
yuritiladi. Ya’ni 
051 
Respublika byudjetidan quyi byudjetlarga ajratiladigan byudjet 
ssudalari 
052 
Yuqori mahalliy byudjetlardan qo’yi mahalliy byudjetlarga 
ajratiladigan byudjet ssudalari 
053 
Respublika byudjetidan rezident – yuridik shaxsga yoki xorijiy 
davlatga ajratiladigan byudjet ssudalar 
054 
Davlatning ichki qarzi hisobi bo’yicha hisobvaraq 
055 
Davlatning tashqi qarzi hisobi bo’yicha hisobvaraq 
056 
Davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa byudjetdan tashqari 
jamg’armalarining Respublika byudjetidan olingan va berilgan 
byudjet ssudalari 
057 
Davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa byudjetdan tashqari 
jamg’armalarining Davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa 
byudjetdan tashqari jamg’armalardan olingan va berilgan 
byudjet ssudalari 
Bu 
subschyotlarni 
kreditida 
qarz 
mablag’lari debetida qarz 
mablag’larini qaytarilishi aks ettiriladi. 
Byudjetlar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblarning mavjud summalariga 
yuqori moliya organi 11-sonli shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomani 
rasmiylashtiradi va tegishli quyi moliya organiga yuboradi. 


16 
O’zaro majburiyatlar bo’yicha hisob-kitoblarni joriy moliya yilida 
tugatish mumkin bo’lmagan hollarda operatsiyalarni o’tgan yilning hisobotida 
majburiy tartibda aks ettirgan holda o’zaro hisob-kitoblarni yangi yilda olib 
borishga ruxsat beriladi.
Ma’muriy-hududiy bo’linish o’zgargan holatlarda byudjetlar o’rtasidagi 
o’zaro hisob-kitoblarga, taqsimlash dalolatnomasiga asosan bir byudjetdan 
ikkinchi byudjetga o’tkazish kerak bo’lgan summalar o’tkaziladi. 
Taqsimlash dalolatnomasida byudjetning daromadlari va xarajatlari 
bo’yicha quyidagi ma’lumotlar keltirilishi kerak: 
a) daromadlarni kontingentlar, foizlar va ajratmalar summasi 
ko’rsatilgan holda tasdiqlanganligi hamda hisobot yili bo’yicha alohida 
tadbirlar bo’yicha tasdiqlangan xarajatlar hajmi; 
b) o’tkazish sanasiga tushgan daromadlar, ochilgan byudjet mablag’lari 
ajratmalari yoki moliyalashtirish bo’yicha amalga oshirilgan summalar va 
kassa xarajatlari; 
v) byudjetning ijro etish jarayonida byudjetlar o’rtasida yuzaga kelgan 
hisob-kitoblar (olingan va berilgan ssudalar va mablag’lar hamda o’zaro 
hisob-kitoblar). 
Xarajatlarni bir byudjetdan ikkinchi byudjetga o’tkazishda (kapital 
qo’yilmalardan tashqari), o’zaro hisob-kitoblarga o’tkazilayotgan byudjet 
tashkiloti, korxonasi yoki xo’jalik birlashmasini moliyalashtirish uchun 
byudjetda nazarda tutilgan barcha yillik byudjet mablag’ ajratmalari 
o’tkaziladi. 
O’zaro hisob-kitoblarga quyidagilar ham o’tkazilishi kerak:
a) respublikaga bo’ysunishdan mahalliy bo’ysunishga o’tkazilganda - 
o’tkazish kunida respublika byudjeti bo’yicha tashkilotlar, korxonalar va 
xo’jalik birlashmalariga ochilgan ajratmalar summalari (jumladan ochilgan 
ajratmalarning ishlatilmagan qoldiqlari); 
b) mahalliy bo’ysunishdan respublika bo’ysunishiga yoki viloyat, shahar 
va tuman chegarasida bir mahalliy bo’ysunishdan boshqa mahalliy 
bo’ysunishga o’tkazishda - moliyalashtirish hisobiga o’tkazish kunida 
mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’idan byudjet tashkilotlari, 
korxonalari va xo’jalik birlashmalarining byudjet mablag’lari bo’yicha 
o’tkazilgan mablag’lar summasi. 
Korxonani, tashkilotni respublika, viloyat, shahar miqyosida bir 
mahalliy bo’ysunishdan ikkinchi mahalliy bo’ysunishga o’tkazishda, yuqori 
moliya organi o’zaro hisob-kitoblarga oldingi bo’ysunish bo’yicha 
moliyalashtirish 
tartibida 
korxonani, 
tashkilotni 
o’tkazish kunidagi 
summalarni o’tkazadi. 
Moliya organlarida o’zaro hisoblashuvlar hisobi 06 "Xisob kitoblar", 07 
“Berilgan va olingan mablag’lar” nomli hisobvaraqlarda yuritiladi. Ya’ni 
061 
Respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar 
062 
Mahalliy byudjetlar bilan o’zaro hisob-kitoblar 
071 
Respublika byudjetidan berilgan va olingan mablag’lar 
072 
Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan mablag’lar 


17 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə