O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


-Mavzu: Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar, ularni tuzish



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/18
tarix05.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104354
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Byudjet hisobi

18-Mavzu: Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar, ularni tuzish, 
tasdiqlash hamda taqdim qilish tartibi 
Reja: 
1
Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar, ularni tuzish, tasdiqlash 
hamda taqdim qilish tartibi. Buxgalteriya balansini tuzish.
2
Xarajatlar smetasi ijrosi haqida hisobotni tuzish tartibi. 
3
Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risida ma’lumotni tuzish tartibi.
4
Byudjet tashkiloti rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari 
harakati to‘g‘risida hisobotni tuzish tartibi.
5
Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan 
mablag‘lar harakati to‘g‘risida hisobotni tuzish tartibi.
6
Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar harakati bo‘yicha hisobotni 
tuzish tartibi.
7
Joriy yilning moliyaviy natijalari to‘g‘risida hisobotni tuzish tartibi.
8
Nomoliyaviy aktivlar harakati to‘g‘risida hisobotni tuzish tartibi.
9
Xarajatlar smetasi ijrosi haqida oylik hisobotni tuzish tartibi. 
Byudjet tashkilotlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar ijrosi 
bo’yicha oylik, choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim 
qilish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o’rnatiladi. 
Yillik moliyaviy hisobotlar hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvar 
holatiga tuziladi. Choraklik moliyaviy hisobotlar hisobot yilining 1 aprel, 1 
iyul va 1 oktyabr holatiga, oylik moliyaviy hisobotlar hisobot oyidan keyingi 
oyning birinchi sanasi holatiga tuziladi. Tashkilotlar set, shtat va 
kontingentlar rejalarini bajarilishi to’g’risidagi hisobotlarni O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllarga muvofiq 
tuzib 
topshiradilar. 
Amaldagi 
qonunchilikka 
muvofiq 
O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilmagan holda moliyaviy hisobotlar 
shakllariga o’zgartirishlar kiritishga yo’l qo’yilmaydi. 
Byudjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan yillik moliyaviy 
hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
-
Balans (1-shakl); 
-
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl); 
-
Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risida ma’lumot;
-
Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul 
mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;
-
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish 
jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot; 
-
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan 
tushgan mablag’lar harakati to’g’risida hisobot; 
-
Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha 
hisobot; 
-
Joriy yilning moliyaviy natijalari to’g’risida hisobot; 
-
Nomoliyaviy aktivlarning harakati to’g’risida hisobot. 
Agarda, tashkilotlar qonunchilikka muvofiq hisobot davrida mahsulot 
(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish faoliyatlarini amalga oshirsa, u 


54 
holda ushbu faoliyatlari bo’yicha belgilangan tartibda va muddatlarda moliya 
organlariga 2-shakl – “Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot”ni taqdim 
qiladilar.Tashkilotlar 
tomonidan 
topshiriladigan 
choraklik 
moliyaviy 
hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
-
Balans (1-shakl); 
-
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl); 
-
Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risida ma’lumot; 
-
Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari 
harakati to’g’risida hisobot; 
-
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish 
jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot; 
-
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan 
mablag’lar harakati to’g’risida hisobot; 
-
Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot. 
Moliyaviy hisobotlar shakllarining manzil (ust) qismi quyidagi tartibda 
to’ldiriladi: 
-“Tashkilot nomi” rekvizitida tashkilotning to’liq nomi ko’rsatiladi; 
-“Bo’lim, kichik bo’lim, bob” rekvizitida tashkilotning byudjet 
tasnifining vazifaviy va tashkiliy jihatdan bo’linishi (belgilanishi) keltiriladi; 
-“Hisobot davri” rekvizitida hisobot tuzilayotgan tegishli davr (yil, 
chorak, oy) ko’rsatiladi; 
-“Byudjet turi” rekvizitida tashkilot tomonidan hisobot berilayotgan 
mablag’ning manbasi O’zbekiston Respublikasi byudjet tasnifiga muvofiq 
mablag’lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifining kodlari keltiriladi; 
-“O’lchov birligi” rekvizitida hisobot tuzilayotgan o’lchov birligi 
keltiriladi. 
Moliyaviy hisobotlarni tuzishda quyidagi asosiy shartlar to’liq saqlanishi 
lozim: 
-hisobot davridagi barcha operatsiyalar hamda pul mablag’lari, 
asosiy vositalar, moddiy boyliklarning inventarizatsiya qilinishi va hisob-
kitoblar natijalarining to’liq aks ettirilishi; 
-analitik hisob ma’lumotlarining hisobot davrining birinchi sanasiga 
sintetik hisob yuritish hisobvaraqlari bo’yicha aylanmalar va qoldiqlarga bir 
xil bo’lishi, shuningdek moliyaviy hisobotlar ma’lumotlarining sintetik va 
analitik hisob ma’lumotlariga mosligi; 
-moliyaviy hisobotlardagi tegishli yozuvlarni qayd etish uchun 
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlarning asos bo’lib 
xizmat qilishi.Ushbu asosiy shartlarga rioya qilinmagan holda tuzilgan 
moliyaviy hisobotlar noto’g’ri tuzilgan deb hisoblanadi.Tashkilotlar jamlama 
moliyaviy 
hisobotlarni 
o’zlari ko’rib chiqqan tasarrufdagi quyi 
tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari hamda o’zining moliyaviy hisobotlari 
asosida tuzadilar. Moliyaviy hisobotlar, qoida tariqasida, o’sib boruvchi 
tartibda bitta o’n xonali sonda ming so’m hisobida tuziladi.Agarda, me’yoriy-
huquqiy hujjatlar talablarini buzmagan holda moliyaviy hisobotlar 
ko’rsatkichlari manfiy qoldiq bilan chiqsa (manfiy qoldiqqa ega bo’lsa), u 


55 
holda hisobotlarda ushbu ko’rsatkichlar “minus” ishora bilan aks 
ettiriladi.Byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarni 
mazmuniga e’tibor beradigan bo’lsak, shubhasiz balans (1-shakl) markaziy 
o’rinni egallaydi va byudjet tashkilotining ma’lum davrga barcha moliyaviy 
ko’rsatkichlarini o’zida aks ettiradi.Qolgan hisobot shakllari esa, mazkur 
balansda aks ettirilgan moliyaviy ko’rsatkichlarni ayrimlarini detallashtirib
aniq ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa, tashkilotlar 
tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarni uzluksizligini, o’zaro 
muvofiqligini va tizimliligini ta’minlaydi.Bo’ysunish bo’yicha yuqori 
turuvchi tashkilotga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi 
tashkilotning 
rahbari 
va 
bosh 
hisobchisi 
tomonidan 
imzolanadi. 
Markazlashtirilgan buxgalteriyada moliyaviy hisobotlar u tashkil etilgan 
boshqaruv idorasi yoki tashkilot rahbari tomonidan hamda markazlashtirilgan 
buxgalteriyaning bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi. Bunda, g’azna 
ijrosiga o’tilgan tashkilotlarning tegishli moliyaviy hisobotlari, jumladan, 
xarajatlar smetasining ijrosi xaqida hisobot (2-shakl) hamda byudjetdan 
tashqari mablag’larning harakati to’g’risida hisobotlar G’aznachilik 
bo’linmalari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.Vazirliklar, idoralar 
va hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari)ning Moliya vazirligi hamda 
hududiy moliya organlariga taqdim etiladigan jamlama moliyaviy hisobotlari 
tegishli ravishda mazkur boshqaruv idoralarining vakolatli rahbari va ushbu 
idoralarning buxgalteriya xizmatlari rahbarlari (hisobchilari) tomonidan 
imzolanadi. Yuqorida ko’rsatilgan mansabdor shaxslarning imzolarisiz va 
tashkilotlarning muhrlarisiz moliyaviy hisobotlar haqiqiy emas, deb 
hisoblanadi.O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetida turadigan 
tashkilotlar moliyaviy hisobotlarni O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining tegishli buyruqlariga muvofiq o’rnatilgan muddatlarda 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Moliya 
vazirligiga 
taqdim 
etadilar.Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman 
(shahar)lar byudjetlarida turadigan tashkilotlar moliyaviy hisobotlarni tegishli 
vazirlik va idoralarga, hokimliklar boshqarmalariga (bo’limlariga) ular 
tomonidan belgilangan, lekin qonunchilik bilan o’rnatilgan muddatlardan 
kech bo’lmagan muddatlarda taqdim etadilar.Tashkilotlar tegishli moliya 
organlariga ular tomonidan belgilangan, lekin mazkur Qoidalar bilan 
o’rnatilgan muddatlardan kech bo’lmagan muddatlarda jamlama moliyaviy 
hisobotlarni taqdim etadilar. Muddatlar tegishli byudjetning ijrosi 
to’g’risidagi hisobotlarning yuqori turuvchi moliya organiga o’z vaqtida 
taqdim etilishini ta’minlashni hisobga olgan holda belgilanadi.O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli 
"Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish 
to’g’risida"gi qaroriga (O’zbekiston Respublikasi QT, 1999 y. 9-son, 51-
modda) muvofiq, moliya yiliga qo’shimcha vaqt etib belgilangan davr 
mobaynida operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun moliyaviy 
hisobotlarni topshirishning alohida muddatlari Moliya vazirligi tomonidan 
belgilanadi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə