O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


-Mavzu: Yakuniy moliyaviy natijalar hisobi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/18
tarix05.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104354
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Byudjet hisobi

17-Mavzu: Yakuniy moliyaviy natijalar hisobi 
Reja: 
1
Byudjet tashkilotini yakuniy moliyaviy natijalarini aniqlashning 
ahamiyati va zarurligi.
2
Yakuniy moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi.
3
Yakuniy moliyaviy natijalarni buxgalteriya hisobvaraqlari va hisob 
registrlarida aks ettirish. 
Yakuniy moliyaviy natija -
bu byudjet tashkilotining hisobot yili yakunida 
daromadlar va harajatlar smetalari ijrosi bo’yicha daromadlar bilan haqiqiy 
harajatlar o’rtasida yuzaga keladigan farqidir. Shuningdek byudjet 
tashkilotining yakuniy moliyaviy natijasi barcha aktivlarining (nomoliyaviy 
aktivlari, moliyaviy aktivlari va debitorlari) umumiy summasidan uning 
majburiyatlarini (kreditorlik qarzlarini) ayirmasiga tengdir. Byudjet tashkilot 
faoliyatining yakuniy bo’yicha moliyaviy natijalari 28 “Yakuniy moliyaviy 
natijalar” schyotida aks ettiriladi. 
Agarda, yil yakunlari bo’yicha yakuniy 
moliyaviy natijalarini hisobga oluvchi subschyotlarda umumiy holda kredit 
qoldig’ining qolishi tashkilotning barcha aktivlarini (nomoliyaviy aktivlari
moliyaviy aktivlari, debitorlar) umumiy summasi tashkilot majburiyatlarining 
umumiy summasidan ortiq bo’lganligini, debet qoldig’ining qolishi esa, 
tashkilotning umumiy majburiyatlari summasi uning barcha aktivlari 
(nomoliyaviy aktivlari, moliyaviy aktivlari, debitorlar) umumiy summasidan 
ortib ketganligini bildiradi.
Buxgalteriya hisobida 28 “Yakuniy moliyaviy natijalar” quyidagi 
subschyotlarga bo’lingan holda aks ettiriladi: 
280 “Byudjet mablag’lari bo’yicha yakuniy moliyaviy natija”; 
281 “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha yakuniy 
moliyaviy natija”; 
282 “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari 
bo’yicha yakuniy moliyaviy natija”; 
283 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha 
yakuniy moliyaviy natija”; 
284 “Boshqa daromadlar bo’yicha yakuniy moliyaviy natija”; 
285 “Byudjetga va byudjetdan tashqari jamg’armalarga hisoblangan soliq va 
boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar”. 
280 “Byudjet mablag’lari bo’yicha yakuniy moliyaviy natija” 
subschyotining kreditiga (debetiga) joriy yilning oxirida 230 “Byudjet 
mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining kredit 
(debet) qoldig’i hisobdan chiqariladi. 281 “To’lovlarning maxsus turlariga 
doir hisob-kitoblar bo’yicha yakuniy moliyaviy natija” subschyotining 
kreditiga (debetiga) joriy yilning oxirida 240 “To’lovlarning maxsus turlariga 
doir hisob-kitoblar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining 
kredit (debet) qoldig’i hisobdan chiqariladi. 282 
“Ta’lim 
muassasalarida 
o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha yakuniy moliyaviy natija” 
subschyotining kreditiga (debetiga) joriy yilning oxirida 250 “Ta’lim 


52 
muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga 
moliyaviy natijalar” subschyotining kredit (debet) qoldig’i hisobdan 
chiqariladi. 283 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari 
bo’yicha yakuniy moliyaviy natija” subschyotining kreditiga (debetiga) joriy 
yilning oxirida 260 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi 
mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining kredit 
(debet) qoldig’i hisobdan chiqariladi. 
284 “Boshqa daromadlar bo’yicha yakuniy moliyaviy natija” subschyotining 
kreditiga (debetiga) joriy yilning oxirida 270 “Boshqa daromadlar bo’yicha 
joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining kredit (debet) qoldig’i 
hisobdan chiqariladi. 
285 
“Byudjetga 
va 
byudjetdan 
tashqari 
jamg’armalarga hisoblangan soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha 
imtiyozlar” subschyotida tashkilotlarga qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda ularning byudjetdan tashqari olgan daromadlari uchun hisoblangan 
soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha berilgan imtiyozlar summalari va 
ularning belgilangan maqsadlar uchun ishlatilishi aks ettiriladi. Agarda, 
qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, tashkilotlarga soliq va 
boshqa majburiy to’lovlar uchun berilgan imtiyozlar tufayli tejalgan (bo’shab 
qolgan) mablag’lar tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga 
ishlatiladi. 
Ushbu subschyotning kreditida byudjetga va byudjetdan tashqari 
jamg’armalarga hisoblangan soliq va boshqa majburiy to’lov turlari bo’yicha 
belgilangan imtiyoz summasi aks ettiriladi, bunda, 160 “Byudjetga to’lovlar 
bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblar”, 163 “Byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasi bilan hisob-kitoblar”, va 169 “Boshqa byudjetdan tashqari 
jamg’armalar bilan hisob-kitoblar” subschyotlarning tegishlisi debetlanadi.
Ushbu mablag’lar hisobidan sotib olingan moddiy aktivlarning sarflanishi 
(eskirishi) yoki moddiy aktivlar sotib olish bilan bog’liq bo’lmagan holda 
tashkilotning 
moddiy-texnika 
bazasini 
mustahkamlash 
maqsadlariga 
ishlatilishi munosabati bilan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar mos 
ravishda 251 “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan 
tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” va 261 
“Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga 
oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotlarning debetida aks ettiriladi. 
Hisobot yilining oxirida mazkur subschyotlarda aks ettirilgan xaqiqiy 
xarajatlar avvalo, foydalanilgan soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha 
imtiyozlar summasiga to’g’ri keluvchi qismi doirasida 285 “Byudjetga va 
byudjetdan tashqari jamg’armalarga hisoblangan soliq va boshqa majburiy 
to’lovlar bo’yicha imtiyozlar” subschyotining debetiga hisobdan chiqariladi
bunda, mos ravishda 251 “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt 
shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” 
va 261 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan 
amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotlari kreditlanadi. 
Analitik hisob har bir soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha 
hisoblangan imtiyozlar bo’yicha alohida holda yuritiladi. 


53 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə