3. Byudjetdan tashqari to‘lovlar bo‘yicha operatsiyalarni bank buxgalteriya hisobida aks ettirilishi



Yüklə 28,92 Kb.
tarix21.10.2023
ölçüsü28,92 Kb.
#129836
12Mavzu


12-MAVZU. BANKLARDA SOLIQLAR VA MAJBURIY TO‘LOVLAR HISOBI 1.Bankning byudjet va byudjetdan tashqari to‘lovlari turlari va ularni hisoblash. 2.Banklarda daromad solig‘i, qo‘shimcha qiymat solig‘i, ekologiya solig‘i, mol-mulk solig‘ini hisoblash va hisobini yuritish tartibi.
3.Byudjetdan tashqari to‘lovlar bo‘yicha operatsiyalarni bank buxgalteriya hisobida aks ettirilishi.
Tijorat banklari yuridik shaxs sifatida davlat byudjetiga quyidagi soliqlar toʻlaydi va ajratmalarni amalga oshiradi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yilda Oʻzbekiston Respublikasi davlat buydjeti parametrlari va asosiy 128 makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi haqida”gi 29.12.2017 yildagi PP-3454- sonli Qarori):  yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi;  mol-mulk soligʻi;  yer soligʻi;  suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;  qoʻshilgan qiymat soligʻi;  soliq solish manbasidan toʻlanadigan soliq;  jismoniy shaxslarning daromad soligʻi;  fuqarolarning byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari (Xalq bankining tegishli boʻlimlariga oʻtkaziladi);  davlat maqsadli jamgʻrmalariga majbuhiy ajratmalar  yagona ijtimoiy toʻlov. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining hisobi. Banklarda foyda soligʻi stavkasi 22% qilib belgilangan (Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 29.12.2017 yildagi PP-3454-sonli Qarori, 7-ilovasi). Ushbu qarorga muvofiq, obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish soligʻi foyda soligʻi bilan qoʻshib yuborildi . Ushbu soliqni toʻlashda banklar kelgusi chorakning boshida chorak davomida olinadigan foyda miqdorini oylar kesimida bashorat qilib, davlat soliq inspektsiyalariga maʼlumot taqdim etiladi. Bashorat qilingan soliq summasi oyning boshida davlat byudjetining tegishli hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va bunda, Debet 19931 – “Muddati uzaytirlgan soliqlar”, Kredit 23402 –“Respublika byudjetining mablagʻlari” hisobvaragʻi. Oy davomida toʻlangan foyda soliq summasi har chorakning oxirida bankning tegishli xarajatlar hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. a). Agar chorak uchun bashorat qilingan foyda soliq summasi haqiqatga toʻgʻri kelsa, Debet 56902 –“Daromad soligʻini baholash”, Kredit –19931-“Muddati uzaytirlgan soliqlar” hisobvaragʻi. b). Agar choraklik uchun oldindan toʻlangan foyda soligʻi summasi bankning haqiqatdagi foyda soligʻi summasidan kam boʻlsa, kam toʻlangan qismi bankning 22502- hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va ushbu hisobdan davlat byudjetiga oʻtkazib beriladi. - kam toʻlangan summaga, Debet 56902 –“Daromad soligʻini baholash”, Kredit 22502 –“Hisoblangan daromad (foyda) soliqlari” hisobvaragʻi. - kam toʻlangan summa davlat byudjeti hisobvaragʻiga oʻtkazilganda, Debet 22502 –“Hisoblangan daromad (foyda) soliqlari”, Kredit 23402 –“Respublika byudjetining mablagʻlari” hisobvaragʻi. Agar oldindan toʻlangan foyda soligʻi summasi haqiqatda aniqlangan foyda soliq summasida koʻp boʻlsa, ushbu farq keyingi oylarda oʻzaro hisobkitob qilish 129 asosida tartibga solinadi. Chorak boshida bashorat qilingan foyda soligʻi summasi haqiqatda kam yoki koʻp toʻlanganligi chorakning oxirida soliqqa tortiladigan bazaga nisbatan 22% miqdorida hisoblab aniqlanadi. Banklarda foyda soligʻi soliq bazasi bankning hisobvaraqlar rejasining 4 boʻlimidagi daromadlar hisobvaraqlaridagi qoldiqlar asosida aniqlanadi. Soliq bazasini hisoblashda 4 boʻlimdagi hisobvaraqlardagi daromad summasida Soliq kodeksida belgilangan imtiyozlari mavjud boʻlgan daromad turlari va boshqa chegirmalar ayirib tashlanadi. Mol-mulk soligʻi hisobi. Tijorat banklari barcha yuridik shaxslar kabi molmulk soligʻi toʻlaydilar, hozirgi paytda ushbu soliq stavkasi mol-mulkning umumiy summasiga nisbatan 5 foizni tashkil etadi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PP-3454-sonli Qaroriga muvofiq, 17-ilovasi). Mol-mulk soligʻi uchun soliq davri qilib kalendar yil belgilangan. Banklarda mol-mulk soligʻi uchun soliqqa tortiladigan bazani aniqlashda 16509+16535+16529+16541, 16549- hisobvaraqlarida mavjud qoldiq summalari olinadi, (16549 hisobvaraqda hisobga olingan ijradagi teminallar uchun soliqdan imtiyoz mavjud va ular soliq bazasidan chegiriladi). 16601- hisobvaraqda aks ettirilgan nomoddiy qimmatliklar boʻyicha ham imtiyoz mavjud va ular ham soliq bazasiga kiritilmaydi. Banklar yilning barcha choraklari uchun avans hisobotini soliq organlariga taqdim etadi. Bank tomonidan oylik toʻlanadigan mol-mulk soligʻi hisoblanib, 22504-hisobvaragʻida jamlanib boriladi va quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: Debet 56714–“Soliq (daromad soligʻidan tashqari) va litsenziyalar”, Kredit 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar (alohida ochilgan analitik hisobda)” hisobvaragʻi. Hisobot davri tugagach, haqiqatda hisoblangan bir yillik mol-mulk soligʻi toʻlab beriladi va yanvar oyining 25-sanasigacha toʻlangan soliq summasi boʻyicha hisobot topshiriladi. Mol-mulk soligʻi toʻlanganda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi. Debet 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar (alohida ochilgan analitik hisobda)” Kredit 23402 –“Respublika byudjetining mablagʻlari” hisobvaragʻi. Mol-mulk soligʻi toʻlangandan soʻng yanvar oyining 25-sanasigacha toʻlangan soliq summasi boʻyicha hisobot topshiriladi. Yer soligʻi hisobi. Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar, shu jumladan banklar yer soligʻini toʻlovchilari hisoblanadi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PP-3454-sonli Qaroriga muvofiq, 19-ilovasi). Koʻchmas mulk bank tomonidan ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi, yaʼni bank yer soligʻini toʻlovchi boʻladi. Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi oʻz ulushi uchun yer soligʻini toʻlaydi. Yer soligʻi har bir soliq davrining 1 yanvariga boʻlgan holatga koʻra hisoblab chiqariladi va yer soligʻining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilining 15 fevraliga qadar taqdim etiladi. Yer soligʻini toʻlash, 130 banklar tomonidan yilning har choragida, yil choragi ikkinchi oyining 15-kuniga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi. Banklar amaliyotda yer soligʻini davlat soliq inspektsiyalari tomonidan Toshkent shahri va viloyatlarda zonalar boʻyicha 1 kv.m.ga oʻrnatilgan soliq stavka haqida taqdim etgan tartiblar asosida toʻlaydilar (1ga uchun: 1-zona -131175469 soʻm, 5-zona -26235094 soʻm.) Bank binosi joylashgan joy qaysi zonaga taalluqli ekanligi kadastr hujjatlari asosida aniqlanadi. Soliq baza aniq boʻlgandan keyin bank binolari joylashgan hududning maydoni hajmi aniqlanadi va belgilangan stavkalar asosida soliq summasi aniqlanadi. Aniqlangan yer soligʻi summasi belgilangan tartib va muddalarda davlat byudjetining tegishli hisobvaraqlariga toʻlab beriladi. Hisoblangan yer soligʻi summasiga, Debet 56714–“Soliq (daromad soligʻidan tashqari)va litsenziyalar”, Kredit 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar (alohida ochilgan analitik hisobda)” hisobvaragʻi. Yer soligʻi toʻlanganda, Debet 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar (alohida ochilgan analitik hisobda)”, Kredit 23402 –Respublika byudjetining mablagʻlari” hisobvaragʻi. Soliq solinadigan bazada soliq davri mobaynida oʻzgarish boʻlganda banklar bir oylik muddat ichida davlat soliq xizmati organiga yer soligʻining aniqlashtirilgan hisob-kitobini taqdim etadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarning hisobi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq yil boshida oʻtgan yilda toʻlangan summaga nisbatan bashorat qilinib joriy yil uchun yillik avans toʻlovi haqida maʼlumotnoma taqdim etiladi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PP-3454-sonli Qaroriga muvofiq, 13-ilovasi). Joriy toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq bank joriy soliq davrining 25 yanvarigacha bankda suvda foydalanish boʻyicha yangidan joriy etilganlari esa - davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechikreditirmay, suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga moʻljallanayotgan soliq solinadigan bazadan (foydalaniladigan suv hajmidan) va suv resurslaridan foydalanganlik uchun belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadilar. Maʼlumotnomaga asosan hisoblangan avans summasi oldindan toʻlanadi, Debet 19931–“Muddati uzaytirlgan soliqlar (alohida ochilgan analitik hisobda)”, Kredit 23402 –“Respublika byudjetining mablagʻlari” hisobvaragʻi. Soliq davri mobaynida moʻljallanayotgan soliq solinadigan baza oʻzgargan taqdirda, soliq toʻlovchi suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi toʻgʻrisida aniqlashtirilgan maʼlumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun joriy toʻlovlarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning oʻzgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi. Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash joriy toʻlovlar hisobga olingan holda soliq toʻlovchilar tomonidan, suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli joyida, hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechikreditirmay amalga oshiriladi. Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha joriy toʻlovlar summasi hisob-kitobga koʻra, byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq miqdorga kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy toʻlovlarni suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi. Bunda yer usti va yer osti suv resurslaridan foydalanilganligi uchun foiz nisbati olinadi, yaʼni haqiqatda ishlatilgan suv hajmi toʻgʻrisida maʼlumotnomaga asosan uni 74,6% - yer osti suvi (1 m/kub -98.2 soʻm), 26,4% yer usti (1 m/kub124,8 soʻm) suviga ajratiladi. Ushbu nisbatlar boʻyicha oldindan amalga oshirilgan toʻlov summasiga, Debet 56714–“Soliq (daromad soligʻidan tashqari) va litsenziyalar”, Kredit –19931-“Muddati uzaytirlgan soliqlar(alohida ochilgan analitik hisobda)” hisobvaragʻi. Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun oldindan toʻlangan soliq summasi haqiqatda toʻlangan summadan kam boʻlsa, kam toʻlangan qismi bankning 22504-hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va ushbu hisobdan davlat byudjetiga oʻtkazib beriladi. -kam toʻlangan summasiga, Debet 56714–“Soliq (daromad soligʻidan tashqari) va litsenziyalar”, Kredit 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar” hisobvaragʻi. -kam toʻlangan summa davlat byudjeti hisobvaragʻiga oʻtkazilganda, Debet 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar”, Kredit 23402 –“Respublika byudjetining mablagʻlari” hisobvaragʻi. Agar oldindan toʻlangan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi haqiqatda toʻlash lozim boʻlgan summadan koʻp boʻlsa, ushbu farq keyingi oylarda oʻzaro hisob-kitob qilish asosida tartibga solinadi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobi. Ushbu soliq turi 20 foizdan iborat (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PP-3454-sonli Qarori, 3-punkt 7-bandi). Tijorat banklari “Boshqa daromadlar” hisobvaraqlarida aks ettirilgan daromadlar hisobidan, xususan “Paynet” xizmati boʻyicha olingan daromadlar, asosiy vositalarni sotishdan olingan daromadlar va qonunchilikda belgilangan boshqa daromadlardan toʻlaydi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlanadigan operatsiyalar boʻyicha har oyning yakuni boʻyicha toʻlov miqdori aniqlanib, keyin toʻlov amalga oshiriladi. Masalan, bank asosiy vositasini (yuk mashinasi) mijozga 120 kunga ijaraga berish hisobidan 500 ming soʻm daromad oldi. Olingan daromaddan quyidagi tartibda QQS hisoblanganda, a). Mijoz yuk mashinasidan foydalangani uchun ijara toʻlovi bankka oʻtkazilganda, Debet 20208-“Mijozning muddatli depozit hisobvaragʻi”- 500 ming soʻm, 132 Kredit 29802 –“Tovar-moddiy qimatliklar va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar” -500 ming soʻm. b). QQS summasi (83333,33 = 500000 / 120 x 20) hisoblandi: Debet 29802–“Tovar-moddiy qimatliklar va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar” - 83333,33 soʻm, Kredit 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar” - 83333,33 soʻm. v). Hisoblangan summa byudjet hisobiga oʻtkazilganda, Debet 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar”- 83333,33 soʻm, Kredit 23402 –“Respublika byudjetining mablagʻlari” - 83333,33 soʻm. g).Mijoz yuk mashinasidan foydalangani uchun ijara toʻlovidan QQS summasi (83333,33 = 500000 / 120 x 20) chiqarib tashlangandan soʻng, bank qolgan summa bank daromadiga olinganda, Debet 29802–“Tovar-moddiy qimatliklar va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar” - 416666,67 soʻm, Kredit 45901 –“Bank asosiy vositalarining ijarasidan olingan daromadlar” - 416666,67 soʻm. Bank asosiy vositalarni ijaraga bergan toʻlov hisobidan olgan daromadidan QQSni toʻlagani kabi asosiy vositalar yoki kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni sotishdan olingan daromadlar hisobidan ham yuqorida keltirilgan tartibda QQS hisoblaydi va tegishli buxgalteriya yozuvlari asosida toʻlovlar amalga oshiriladi. Hisobot oyi yopilgach, jami qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashga asos boʻluvchi daromadlar summasini qoʻshib, 20% QQS toʻlovini amalga oshiramiz. Davlat soliq inspektsiyasiga toʻlangan QQS boʻyicha hisobot topshiriladi. Soliq solish manbasidan toʻlanadigan soliq (SSMTS) 10 foizni tashkil etadi. Tijorat banklari faoliyati davomida mijozlaridan oladigan daromadi soliq solish manbasidan toʻlanadigan soliq hisoblanadi. Banklar ijaraga olingan asosiy vositalarga toʻlaydigan toʻlovlari (xarajatlar), shuningdek, boshqa banklardan olgan depozit mablagʻlari boʻyicha qiladigan foiz toʻlovlari (xarajatlari) hisobidan 10 foiz miqdorida ushbu soliqlarni toʻlaydi. Masalan, bank shartnoma asosida mijozning binosida mini bank ochdi. Shartnomaga koʻra oylik ijara toʻlovi 500 ming soʻmni tashkil etadi va toʻlov oyning 5 sanasiga qadar toʻlab beriladi. Bank ijara toʻlovini toʻlab berishdan oldin SSMTSni aniqlaydi. Ushbu summa 50 ming soʻm boʻlib, u quyidagicha hisoblanadi 50 000,00 = (500000 x 0,10) va buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi. a). Mijozga ijara toʻlovi summasidan SSMTS (500000 - 50000) chegirib tashlandi va vujudga kelgan summa ijara xarajati sifatida mijozga toʻlab berildi. Debet 19925 –“Oldindan toʻlangan xarajatlar” – 450000 soʻm, Kredit 20206 –“Jismoniy shaxsning muddatsiz depoit hisobvaragʻi” - 450000 soʻm. b). Davlat byudjetiga toʻlash uchun hisoblangan SSMTS summasi tranzit hisobvaragʻiga kirim qilindi, Debet 19925 –“Oldindan toʻlangan xarajatlar” – 50000 soʻm, Kredit 22506 – “Toʻlash uchun ushlab qolingan soliqlar” -50000 soʻm. 133 v). Hisoblangan SSMTS summasi davlat byudjetiga toʻlab berilganda, Debet 22506 – “Toʻlash uchun ushlab qolingan soliqlar” – 50000 soʻm, Kredit 23402 –“Respublika byudjetining mablagʻlari” - 50000 soʻm. g). Bank tomonidan ijara toʻlovi uchun toʻlangan xarajatlar, soliq summasi bilan birgalikda tegishli xarajatlar hisobvaragʻiga olib borildi, Debet 56202 –“Ijara toʻlovi” - 500000 soʻm, Kredit 19925 –“Oldindan toʻlangan xarajatlar” – 500000 soʻm. Banklar boshqa banklardan jalb qilgan muddatli depozitlari yoki kreditlari boʻyicha toʻlanadigan xarajatlar boʻyicha ham xuddi shu tartibda SSMTS summasini aniqlaydi va buxgalteriya yozuvlarini amalga oshiradi. Faqat xarajatlar depozitlar boʻyicha foizli xarajatlar hisoblangan, 50600 yoki 51100 hisobvaraqlarida, kreditlar boʻyicha 53100 yoki 54100 hisobvaraqlarida aks ettiriladi. Tijorat banklari ushbu soliqlar boʻyicha davlat soliq inspektsiyalariga har chorakda hisobot beradi. Jismoniy shaxslarning daromad soligʻi. Banklar xodimlarning ish haqi, mukofot va boshqa koʻrinishdagi daromadlaridan quyidagi shkala asosida daromad soligʻi toʻlaydi hamda har oyda davlat byudjetining tegishli hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PP3454-sonli Qarori, 8-ilovasi). Soliq solinadigan daromadlar guruhlari boʻyicha soliq solish shkalasi yil boshiga belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi va eng kam ish haqi miqdorining yil davomida oʻzgarishiga qaramasdan qayta koʻrib chiqilmaydi. Soliqqa tortiladigan daromad Soliq stavkasi Eng kam ish haqi miqdorining 1 barobarigacha Eng kam ish haqi miqdorining 5 barobarigacha Daromad summasidan 0 foiz Daromad summasidan 7,5 foiz Eng kam ish haqining 5 barobaridan 10 barobarigacha Daromad summasidan 16,5 foiz Eng kam ish haqining 10 barobaridan yuqori Daromad summasidan 22,5 foiz Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini hisoblab chiqarish maqsadida eng kam ish haqining miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bilan hisobga olinadi. Tijorat banklari yagona ijtimoiy toʻlovni, yaʼni, Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (PJ), Fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya (FSHJBP) hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan toʻlovlar, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga (KUFK) toʻlovlarni amalga oshiradi. Bank xodimlari ish haqidan daromad soligʻi va boshqa ajratmalarni amalga oshirish tartibini quyida koʻrib chiqamiz (yanvar oyi uchun). 2017 yil 1 dekabrdan 172240 soʻm qilib belgilangan boʻlib, ushbu summa (JSHDS) summasini hisoblash 2018 yil uchun amal qilinadi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, PF-5249, 20.11.2017y). 134 Fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya (FSHJBP) 2,0 foiz miqdorida belgilangan (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PP-3454-sonli Qarori, 6-punkti). Byudjetdan tashqari nafaqa fondiga majburiy sugʻurta badali stavkasi xodimning hisoblangan ish haqi summasidan 8,0 foiz miqdorida belgilangan (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PP-3454-sonli Qarori, 3-punkt 19-bandi). Yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi mikrofirma va kichik korxonalar uchun-15%, jumladan: -buydjetdan tashqari Pensiya fondiga -14,8%; -ish bilan ta’minlash davlat fondiga -0,1%; -Oʻzbekiston kasaba uyushmasi federasiyasiga -0,1%. Boshqalar uchun -25 foizdan, jumladan: -buydjetdan tashqari Pensiya fondiga -24,8%; -ish bilan ta’minlash davlat fondiga -0,1%; -Oʻzbekiston kasaba uyushmasi federasiyasiga -0,1% (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PP-3454-sonli Qarori, 23-ilovasi). Misol. Bank xodimi A.A.Alimovga yanvar oyi uchun ish haqi hisoblandi va undan quyidagi soliq hamda ushlanmalar ushlab qolindi: (Ming soʻmda) F.I.O. Hisoblangan ish haqi Mukofot Jami Daromad soligʻi PJ, 8 % FSHJBP, 2 % KUFK, 1 % Toʻlov Alimov A.A. 1500,0 500,0 2000 209,0 160,0 40,0 20,0 1571,0 A.A.Alimovga hisoblangan ish haqi va mukofot pulining jami -2000,0 ming soʻm boʻlib, qoʻlga olinadigan summa 1558,0 ming soʻmni tashkil etdi. Bunda, hisoblangan jami summaga, Debet 56102 –“Ish haqi” - 2000,0 ming soʻm, Kredit 29803 –“Bank xodimlari bilan hisob - kitoblardagi toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar” -1571,0 ming soʻm, Kredit 22506–“Toʻlash uchun ushlab qolingan mablagʻlar” -249,0 ming soʻm, Kredit 22510–“Nafaqa fondi (pensiya) bilan hisob-kitoblar” - 160,0 ming soʻm, Kredit 22512–“Bandlik va boshqa fondlar bilan hisob-kitoblar” (1 foiz kasaba uyushmasi) -20,0 ming soʻm. Yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 25 foizdan iborat boʻlib, u boʻyicha 500000,0 =(2000000,0 x 25,0 / 100) soʻm hisoblandi, Debet 56114 –“Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha badallar” - 500.0 ming soʻm, Kredit 22510 –“Nafaqa fondi (pensiya) bilan hisob-kitoblar” - 500,0 ming soʻm. Bank xodimining ish haqi boʻyicha hisoblangan soliq toʻlovlari va yagona ijtimoiy toʻlov summalari belgilangan tartibda toʻlandi. a). Bank xodimiga ish haqi toʻlandi, Debet 29803 –“Bank xodimlari bilan hisob- kitoblardagi toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar” -1571,0 ming soʻm, Kredit 10101- Aylanma kassadagi naqd pullar –“Aylanma kassadagi naqd pullar” -785,5 ming soʻm, 135 Kredit 29896–“Boshqa majburiyatlar” (plastik kartochkaga) – 785,5 ming soʻm. b). Bank xodimining ish haqidan hisoblangan daromad soligʻi va FSHJBP toʻlab berildi. Debet 22506–“Toʻlash uchun ushlab qolingan mablagʻlar” - 249,0 ming soʻm, Kredit 23402 –“Respublika byudjetining mablagʻlari” -209,0 ming soʻm, Kredit 22628–“Fuqarolarning shaxsiy jamgʻarma pensiya hisobvaragʻidagi mablagʻlar” - 40,0 ming soʻm. v). Ish haqi hisobidan pensiya fondiga (8%) hisoblangan summa va yagona ijtimoiy toʻlov (25%) summasi toʻlab berildi. Debet 22510–“Nafaqa fondi bilan hisob-kitoblar” - 160,0 ming soʻm, Debet 22510–“Nafaqa fondi bilan hisob-kitoblar” – 500,0 ming soʻm, Kredit 20205 –“Byudjetdan tashqapri fondlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari” – 660,0 ming soʻm. g). Bandlik va boshqa fondlar bilan hisob-kitoblar boʻyicha hisoblangan summa toʻlab berildi. Debet 22512–“Bandlik va boshqa fondlar bilan hisob- kitoblar” (1 foiz kasaba uyushmasi) - 20,0 ming soʻm, Kredit 20296 –“Boshqa tashkilotlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari” – 20,0 ming soʻm. Tijorat banklari ushbu soliqlar boʻyicha davlat soliq inspektsiyalariga har chorakda hisobot beradi. Fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya (FSHJBP) hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan toʻlovlar. Belgilangan stavkalardan kelib chiqib hisoblangan, byudjetga toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi, fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadigan daromadlaridan 2% miqdorida hisoblab chiqariladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi. FSHJBPni toʻlash boʻyicha buxgalteriya yozuvini amalga oshirish tartibi yuqorida keltirilgan. Banklarning davlat maqsadli fondlariga ajratmalarning hisobi. Tijorat banklari byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va taʼlim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgarʻmasiga ajratmalar miqdori -3,2 foiz qilib belgilangan (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PP-3454-sonli Qarori, 24-ilovasi). Uni taqsimlash quyidagica tartibda belgilab qoʻyilgan:  byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratma - 46,88%;  byudjetdan tashqari Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratma - 43,75%;  taʼlim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgarʻmasiga ajratma -9,37% tashkil etadi. Tijorat banklari ushbu soliqlar boʻyicha davlat soliq inspektsiyalariga har chorakda hisobot beradi.
Yüklə 28,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə