O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/18
tarix05.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104354
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Byudjet hisobi

 
 
 
 


34 
11-Mavzu: Byudjet tashkilotlarida tovar(ish, xizmat)lar ishlab
chiqarish xarajatlari hisobi 
Reja: 
1
Byudjet tashkilotlarida tovar(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish 
xarajatlari hisobini tashkil etishning maqsadi va vazifalari.
2
Byudjet tashkilotlarida tovar(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish 
xarajatlari hisobini tashkil etish.
3
Tovar(ish, xizmat)lar kalkulyatsiyasi.
4
Tovar(ish, xizmat)larni sotish hisobi. 
5
Tovar(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlarini hisobdan 
chiqarish tartibi. 
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita 
mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan, ishlab 
chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar 
kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo’ladi: bevosita va bilvosita moddiy 
xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va 
bilvosita xarajatlar, shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan 
ustama xarajatlar. 
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil 
qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi elementlar 
bilan guruhlarga ajratiladi: 
- ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati 
chiqarib tashlangan holda); 
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash 
xarajatlari; 
- ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar; 
- asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy 
aktivlar amortizatsiyasi; 
- ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar. 
Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli 
bo’ladi: 
1. Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib, uning tarkibiga 
kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar 
ko’rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom 
ashyo va materiallar. 
2. Normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o’rash 
uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga 
sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar 
sinovini o’tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) 
uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinadigan 
materiallar, shuningdek asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, 
inventarlarning, xo’jalik buyumlarining va asosiy vositalarga kirmaydigan 
boshqa mehnat vositalarining qiymati. 
3. Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo’jalik yurituvchi sub’ektda montaj 
qilinadigan yoki qo’shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim 


35 
tayyor mahsulotlar. 
4. Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning ichki tarkibiy bo’linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning 
asosiy turiga tegishli bo’lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan 
ishlar va xizmatlar. 
Ishlab chiqarish xarakteriga ega bo’lgan ishlar va xizmatlarga mahsulot 
tayyorlash bo’yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xom ashyo va 
materiallarga ishlov berish, iste’mol qilinayotgan ashyo va materiallar sifatini 
aniqlash uchun sinovlar o’tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya 
etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va 
boshqalar tegishli bo’ladi. 
Tibbiyot muassasalarining pullik tibbiy xizmat ko’rsatish to’g’risidagi 
murojaatlarini ko’rib chiqish va ruxsatnoma berish uchun Sog’liqni saqlash 
vazirligi va Sog’liqni saqlash boshqarmalari qoshida ishchi guruh tashkil 
etiladi. Ishchi guruh tarkibi Sog’liqni saqlash vazirligi va Sog’liqni saqlash 
boshqarmalari tomonidan, ruxsatnoma shakli Sog’liqni saqlash vazirligi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Tibbiyot muassasalariga pullik xizmat ko’rsatish huquqini beruvchi 
ruxsatnoma 5 yil muddatga beriladi.
Tibbiyot muassasalarida aholiga ko’rsatiladigan pullik tibbiy xizmat turlari, 
hajmi bo’ysunishiga qarab Sog’liqni saqlash vazirligi yoki Sog’liqni saqlash 
boshqarmalari tomonidan aniqlanadi. Sog’liqni saqlash vazirligi va Sog’liqni 
saqlash boshqarmalarida tibbiyot muassasalariga pullik xizmat ko’rsatish 
huquqini beruvchi ruxsatnomalar reestri yuritiladi.
Pullik tibbiy xizmat ko’rsatuvchi tibbiyot muassasalari pullik 
xizmatlardan 
tushayotgan 
mablag’larni tasarruf etish uchun bank 
muassasalarida maxsus hisob raqamiga, shuningdek zarur hollarda valyuta 
hisob raqamiga ega bo’lishi kerak. 
Tibbiyot muassasalarida pullik tibbiy xizmatlarga narxlar xarajatlar 
kalkulyatsiyasiga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
1999 yil 5 fevraldagi 54-son Qarori bilan tasdiklangan “Mahsulotni ishlab 
chiqarish va sotishda (ishlar va xizmatlar) xarajatlar tarkibi va moliya 
ko’rsatkichlarini shakllanishi to’g’risidagi Nizom” va Adliya vazirligidan 
2000 yil 25 yanvarda ro’yxatdan o’tkazilgan 880-raqamli Tartibga hamda 
Sog’liqni saqlash vazirligining 2007 yil 26 noyabrdagi 526-sonli buyrug’iga 
asosan shakllantiriladi. 
Pullik xizmatlarga kalkulyatsiyalar muassasalar tomonidan ishlab 
chiqilib tasdiqlanadi va bo’ysunishiga qarab Sog’liqni saqlash vazirligi yoki 
Sog’liqni saqlash boshqarmalari bilan kelishiladi. Pullik tibbiy xizmatlar (shu 
jumladan servis xizmatlari) tibbiyot muassasasi va bemor o’rtasida tuzilgan 
shartnomaga asosan amalga oshiriladi. Shartnomada pullik tibbiy xizmat olish 
muddatlari, hisob-kitob tartibi, tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va 
javobgarligi belgilanadi.
Pullik tibbiy xizmatlar tibbiyot muassasasining hisob raqamiga naqd pul 
yoki pul o’tkazish yo’li bilan oldindan 100% to’lov shaklida amalga 


36 
oshiriladi. Bemor tibbiy xizmat olib bo’lgach chiqarilib yuborilayotganda 
yakuniy hisob-kitob amalga oshiriladi. Pullik tibbiy xizmat ko’rsatish tartibi 
hamda tibbiyot muassasasi bosh shifokori tomonidan tasdiqlangan pullik 
tibbiy xizmat preyskuranti har bir tibbiyot muassasasi tomonidan bemorlar 
e’tiboriga etkazilishi maqsadida fuqarolar uchun qulay joylarda osilgan 
bo’lishi kerak. 
Tibbiyot muassasalari tasdiqlangan shakllar asosida kirim orderini va 
kvitantsiyani rasmiylashtirishi va pullik tushumlarni hisobini olib borishi 
shart. Kvitantsiyalarning bir nusxasi bemorga beriladi
ikkinchi nusxasi 
tibbiyot muassasasi buxgalteriyasida 5 yil saqlanadi. Naqd pul tushumlarini 
aholidan tibbiyot muassasasining buyrug’i bilan tayinlangan alohida xodim 
(moddiy javobgar shaxs) qabul qiladi. Ushbu xodimlardan tashqari boshqa 
xodimlarning naqd pul tushumini qabul qilishi qatiyan man etiladi. Kirim 
orderlarini rasmiylashtirmasdan naqd pul tushumi qabul qilinishi hollari 
aniqlanganda aybdor shaxslar qonun bilan o’rnatilgan tartibda javobgarlikka 
tortiladi. Tibbiyot muassasalari pullik xizmatlar bo’yicha statistika va 
buxgalteriya hisobi va hisobotini olib borishi, o’rnatilgan tartibda va muddatlarda 
yuqori hududiy sog’liqni saqlash boshqaruv organiga va statistika organlariga 
belgilangan shakllarda hisobotlarni topshirishi shart. 
Davolash-profilaktika muassasalarining pullik tibbiy xizmat ko’rsatuvchi 
bo’lim to’g’risidagi namunaviy Nizom Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan 
tasdiqlanadi. Pullik tibbiy xizmatni o’z vaqtida to’liq va sifatli ko’rsatilishi 
uchun tibbiyot muassasasi rahbari shaxsan javob beradi.Pullik tibbiy 
xizmatlar sifati ustidan nazorat Sog’liqni saqlash vazirligi va Sog’liqni 
saqlash boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot muassasasi va 
tibbiy xizmatni oluvchi bemor o’rtasida yuzaga keladigan e’tiroz va 
tortishuvlar o’zaro kelishuvga asosan, yuqori sog’liqni saqlash boshqaruv 
organida yoki sud organlarida hal etiladi. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni 
saqlash vazirligi tizimidagi davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy-
sanitariya 
yordami 
ko’rsatishi 
belgilangan 
davolash-profilaktika 
muassasalarida faqat quyidagi hollarda pullik tibbiy xizmat ko’rsatishga 
ruxsat etiladi (shoshilinch va tez tibbiy yordamdan tashqari): 
- xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga;
- byudjetdan moliyalashtirilmaydigan to’liq ho’jalik hisobidagi 
reabilitatsiya va sog’lomlashtirish bo’limlarida; 
- korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan shartnoma asosida pul 
o’tkazish yo’li bilan xodimlarni dispanserizatsiyasi, sog’lomlashtirish; 
- dekretiv kontingentni tibbiy ko’rikdan o’tkazish; 
- haydovchilarni avtotransport vositalarini xaydashga yaroqlilik 
bo’yicha tibbiy ko’rikdan o’tkazish. 
- ushbu tibbiy xizmat turlariga moddiy-texnika bazasi, mutaxassislari, 
yordamchi diagnostika bo’limlari etarli bo’lgan ambulator-poliklinika 
muassasalarida – oilaviy poliklinikalar, shaxar poliklinikalari, diagnostika 
markazlari, tuman va shaxar ko’p tarmoqli markaziy poliklinikalarida ruxsat 
beriladi. 


37 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə