O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Mavzu. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, uning



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/18
tarix05.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Byudjet hisobi

Mavzu. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, uning 
nazariy-uslubiy asoslari 
Reja: 
1.
 
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning 
maqsadi, vazifalari hamda xususiyatlari; 
2.
 
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tartibga solishning 
qonunchilik asoslari; 
3.
 
Byudjet tashkilotlarida qo’llaniladigan buxgalteriya hujjatlari hamda 
hisob registrlari; 
4.
 
Byudjet tashkilotlari buxgalteriya schetlari rejasini tuzilishi va ularni 
qo’llanilishi hamda buxgalteriya balansi tarkibi 
Byudjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan 
bog’liq bo’lgan o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat byudjetidan 
mablag’ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag’ moliyalashtirishning asosiy 
manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo’mitasi, idora, davlat tashkiloti. 
Byudjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi bo’yicha 
byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar buxgalteriya hisobini O’zbekiston 
Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi Qonuniga va 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining uslubiy ko’rsatmalariga 
hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq tashkil qiladilar. 
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari, zarur hollarda, o’zlarining 
tizimidagi byudjet tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
bilan kelishgan holda buxgalteriya hisobining umumiy qoidalarini qo’llash 
tartibi to’g’risida ko’rsatmalar ishlab chiqarishlari mumkin. 
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishdan maqsad 
foydalanuvchilar (ichki, tashqi) ni daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi 
jarayoni bo’yicha o’z vaqtida, to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy 
axborotlari bilan ta’minlab berishdan iborat. 
Byudjet 
tashkilotlarida 
buxgalteriya 
hisobining 
vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
-
Buxgalteriya hisobini amaldagi tegishli me’yoriy-xuquqiy xujjatlar 
asosida tashkil etish; 
-
Byudjet tashkilotlarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lardan 
maqsadli foydalanishni ta’minlash; 
-
Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni muomalalarini 
hujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish; 
-
Byudjet 
tashkilotlari 
buxgalteriya 
hisobi 
hisobvaraqlarida 
aktivlarning holati va harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning 
holati to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
-
Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi 
natijalarini shakllantirish; 
-
Byudjet 
ijrosiga 
oid 
buxgalteriya 
hisobi 
ma’lumotlarini 
umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir; 
-
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda zamonaviy axborot 
texnologiyalaridan keng foydalanish va boshqalar. 


21 
Byudjet 
tashkilotlarida 
buxgalteriya 
hisobini 
alohida 
hususiyatlari
quyidagilardan iborat: 
1.
Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi nazorat qilinishi; 
2.
Kassa va xaqiqiy xarajatlar hisobini yuritilishi; 
3.
Byudjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi va hisobotlarni 
shakllantirilishi; 
4.
Buxgalteriya hisobi va hisobotlarni me’yoriy hujjatlarga qat’iy amal 
qilingan xolda yuritilishi. 
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi memorial order shaklida 
olib boriladi.
Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi 
bo’yicha tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order — 
jamlanma qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi: 
1-memorial order – kassa operatsiyalari bo’yicha jamlanma qaydnoma, 
381-son shakl; 
2-memorial order – byudjet mablag’larining harakatiga doir jamlanma 
qaydnoma, 381-son shakl; 
3-memorial order – byudjetdan tashqari mablag’lar harakatiga doir 
jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; 
5-memorial order – ish haqi va stipendiyalar bo’yicha hisob-kitob 
varaqalari yig’indisi, 405-son shakl; 
6-memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib 
boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl; 
8-memorial order – hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo’yicha 
jamlanma qaydnoma, 386-son shakl; 
9-memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan 
joyga ko’chirilishi bo’yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl; 
11-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir 
jamlanma qaydnoma, 398-son shakl; 
12-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma 
qaydnoma, 411-son shakl; 
13-memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-
son shakl; 
15-memorial order – ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun 
ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha qaydnoma, 406-son 
shakl. 
Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy 
fondlarni har yilgi qayta baholash, byudjetdan tashqari daromadlar hisobi, 
yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va “Storno” operatsiyalari bo’yicha 
alohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy uchun 
alohida 16 raqamdan boshlab raqamlanadi. 
Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab 
qilinmaydigan tashkilotlarda subschyotlar korrespondentsiyasi alohida 
memorial orderlarda (274-son shakl) yuqorida keltirilgan doimiy raqamlar 
berilib ko’rsatiladi. 


22 
Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo’lishiga qarab, 
ammo 
boshlang’ich hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan 
kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi hujjatlarning bir guruhi 
asosida tuziladi. Subschyotlar korrespondentsiyasi memorial orderlarda ikki 
yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boriladi. 
Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o’rinbosari) va ijrochi 
(hisobchi) tomonidan imzolanadi. 
Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi “Bosh-jurnal kitobi”da 
ro’yxatga olinadi. “Bosh-jurnal kitobi” har bir subschyot bo’yicha yuritiladi. 
Byudjet tashkiloti bosh hisobchisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

buxgalteriya hisobini Yo’riqnomaga va boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini 
zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan 
holda tashkil etish; 

buxgalteriya hujjatlarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda 
amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat 
qilish; 

byudjet mablag’larini, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag’larni 
xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to’g’ri 
sarflanishi, shuningdek, pul mablag’lari va moddiy qimmatliklarning 
butligi ustidan muntazam nazorat qilish; 

tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchilik 
talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish; 

tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to’lovlarini, 
shuningdek, 
ta’lim 
muassasalarida 
talabalarning 
stipendiyalarini 
belgilangan tartibda hamda o’z vaqtida hisoblab chiqish; 

smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar 
bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish; 

pul mablag’lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, 
boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, 
inventarizatsiya natijalarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirish hamda 
ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish; 

moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy 
qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan 
tushuntirish ishlarini o’tkazish; 

moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarni hisobini 
yuritish va ulardan to’g’ri foydalanilishini nazorat qilish; 

moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish; 

tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova 
qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish bo’limlari yoki 
ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda 
tutilmagan bo’lsa); 

asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish 
va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish; 


23 

buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar 
smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash (agar 
rejalashtirish bo’limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim 
shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo’lsa); 

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini ta’minlash. 
Byudjet 
tashkilotining 
bosh 
hisobchisi 
yuqoridagi 
vazifa 
va 
majburiyatlardan kelib chiqqan holda quyidagi huquqlarga ega: 

buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to’g’ri tashkil etilishini ta’minlash 
yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko’rishni tashkilot rahbaridan talab 
qilish; 

tarkibiy bo’linmalarda pul mablag’lari, tovar-moddiy va boshqa 
qimmatliklarni qabul qilish, saqlash hamda sarflash yuzasidan 
belgilangan tartibga amal qilinishini tekshirib turish; 

mukofotlar hajmlarini pasaytirish (agarda qonunchilikda belgilangan 
normalardan oshib ketgan bo’lsa) to’g’risida tashkilot rahbariga takliflar 
kiritish; 

tashkilotning barcha bo’linmalaridan buxgalteriya hisobini yuritish uchun 
talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni rasmiylashtirishni hamda 
buxgalteriyaga taqdim qilishni talab qilish; 

qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshirish. 
Bosh hisobchi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi: 

buxgalteriya hisobi noto’g’ri yuritilib, natijada tartibsiz holatga kelgani 
va moliyaviy hisobot buzilganda (noto’g’ri tuzilganda); 

pul mablag’lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni kirim qilish, 
saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid 
operatsiyalar bo’yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul 
qilingan hollarda; 

pul mablag’lari bo’yicha operatsiyalar, shuningdek, debitorlar va 
kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda noto’g’ri amalga 
oshirilganda; 

kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo’qotishlarni buxgalteriya 
hisobidan chiqarilish tartibi buzilganda; 

buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlar talablari buzilganda. 
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Yo’riqnomaga 
(Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro’yxatga olingan) 
muvofiq schyotlar rejasi joriy etiladi. 
Barcha schyotlar beshta qism bo’yicha tizimga keltirilgan bo’lib 
ular quyidagilardan iborat: 
I. Nomoliyaviy aktivlar; 
II. Moliyaviy aktivlar; 
III. Debitorlar va kreditorlar; 
IV. Moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlar; 
V. Balansdan tashqari schyotlar. 


24 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə