O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Mavzu. Asosiy vosita va nomoddiy aktivlar hisobi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/18
tarix05.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104354
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Byudjet hisobi

Mavzu. Asosiy vosita va nomoddiy aktivlar hisobi 
Reja: 
1.
 
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini tashkil 
etishning maqsadi va vazifalari; 
2.
 
Asosiy vositalar kirimi hisobi; 
3.
 
Asosiy vositalarga eskirish hisoblash va ularni hisobi; 
4.
 
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va ularni hisobda aks 
ettirish; 
5.
 
 Nomoddiy aktivlar hisobi 
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi alohida tashkil etiladi. 
Tashkilotlar o’zlarining zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan 
bog’liq bo’lgan faoliyatlarini amalga oshirishi, shuningdek ishlab chiqarish 
(ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) jarayonida foydalaniladigan, qiymatidan 
qat’i nazar 1 yildan ortiq xizmat qilish muddatiga ega bo’lgan moddiy 
aktivlarni buxgalteriya hisobida asosiy vositalar tarkibida hisobga oladi va aks 
ettiradi. Asosiy vositalar – qonunchilikka muvofiq zimmasiga yuklatilgan 
vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt 
davomida (bir yildan ortiq) foydalanadigan, shuningdek, ijaraga berishi 
mumkin bo’lgan moddiy aktivlardir. 
Asosiy vositalar tarkibida quyidagilar hisobga olinadi: imoratlar, inshootlar
mashina va uskunalar, kompyuter texnikasi va unga qo’shimcha qurilmalar, 
transport vositalari, kutubxona fondi, uzatkich moslamalari, ishchi va 
mahsulot beruvchi hayvonlar va boshqa asosiy vositalar (muzey boyliklari, 
hayvonot olami eksponatlari, sahna-tomosha vositalari, o’quv kinofilmlari, 
magnit disklari va lentalari, kassetalar va hokazo). 
Qiymati va xizmat muddatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar 
tarkibiga kiradi: qishloq xo’jaligi mashinalari va uskunalari, katta yoshdagi 
ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar (shu jumladan, maydasi ham), 
kutubxona fondlari, muzey boyliklari (muzey eksponatlaridan tashqari), 
hayvonot olami eksponatlari va namunaviy loyihalashtirishga oid hujjatlar. 
Ko’p yillik ko’chatlarga doir kapital xarajatlar har yili, butun ishlar majmui 
tugashidan qat’i nazar, foydalanishga qabul qilingan maydonlarga taalluqli 
xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi. Asosiy vositalar 
hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar 
qo’yiladi: 
1.
Moddiy aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda asosiy vositalar 
tarkibida aks ettirish;
2.
Asosiy vositalarning kelib tushishi, ularning tashkilot ichida joydan-
joyga o’tishi (ko’chishi), tashkilot hisobidan chiqarilishi (jumladan, yaroqsiz 
holga kelganligi sababli), shuningdek, har bir ob’ektning (predmetning, 
komplektning) saqlanishi va to’g’ri foydalanishi ustidan nazorat qilinish; 
3.
Asosiy vositalar xarakatini hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilish hamda 
hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash; 


28 
4.
Belgilangan tartibda asosiy vositalarga eskirish hisoblash va qayta 
baholash hamda ularni buxgalteriya xujjatlari, hisob registrlarida qayd etib 
borish; 
5.
Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobini yuritish;
6.Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va xarakatini aks 
ettirish;
7. Asosiy vositalar bo’yicha o’z vaqtida to’liq hamda aniq buxgalteriya 
axborotlarini shakllantirib berish.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan asosiy 
fondlarni qayta baholash chog’ida indeks usulini qo’llash uchun 31 dekabrga 
qadar navbatdagi qayta baholash bo’yicha tegishli indekslar ishlab chiqiladi 
va rasmiy ravishda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. 
Asosiy vositalarning butligi ustidan nazoratni yo’lga qo’yish va ularni 
hisobini tashkil etish uchun har bir ob’ekt (predmet)ga, kutubxona 
fondlaridan tashqari, sakkiz belgidan (asosiy vositalar ko’p bo’lgan hollarda, 
ushbu belgilar soni ham ko’paytirilishi mumkin) iborat inventar raqami 
beriladi.
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kirim qilinadi: 
o
oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob’ektni sotib olish; 
o
kapital qo’yilmalar tugaganidan so’ng tiklangan ob’ektni qabul 
qilish-topshirish; 
o
beg’araz kelib tushish; 
o
tovar-moddiy zahiralar tarkibidan o’tkazish; 
o
asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) ob’ektlarini 
aniqlash; 
o
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar. 
Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobiga kirim qilinishi asosiy 
vositalarning dastlabki qiymati bo’yicha amalga oshiriladi. 
Cotib olingan asosiy vositalar, tugallangan qurilishlar va inshootlar, 
shuningdek, tashkilotning o’zida tayyorlangan asosiy vositalarning dastlabki 
qiymatiga ularning sotib olish narxi va ularga qilingan barcha xarajatlarning 
to’liq summasida, jumladan, mazkur asosiy vositalarni foydalanish uchun 
ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan etkazib berish va 
montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish va boshqa xarajatlarni hisobga olgan 
holda kiritiladi. 
Sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymati quyidagi 
xarajatlardan tashkil topadi: 
- etkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo’yicha qurilish-montaj ishlarini 
bajarganlik uchun pudratchilarga to’lanadigan summalar; 
- asosiy vositalarni sotib olish (qurish) munosabati bilan qonunchilikda 
belgilangan tartibda to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar 
summalari, shu jumladan bojxona bojlari va yig’imlari (agar ular 
qoplanmasa); 
- asosiy vositalarni sotib olish (qurish) bilan bog’liq axborot va maslahat 
xizmatlari uchun to’langan summalar; 


29 
- asosiy vositalarni etkazib berish (qurish) xatarini sug’urtalash bo’yicha 
xarajatlar; 
- asosiy vositalar ob’ektini sotgan vositachilarga to’lanadigan haqlar; 
- asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid 
xarajatlar; 
- aktivdan foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita 
bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar. 
Byudjet tashkilotlarda asosiy vositalarining eskirishi “Byudjet 
tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya 
hisobida aks ettirish tartibi to’g’risidagi Nizom (O’zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligida 2009 yil 30 oktyabrda 2028-son bilan ro’yxatga olingan)ga 
muvofiq asosiy vositalarining yillik eskirish me’yorlaridan kelib chiqqan 
holda, har yili aniqlanadi va har oyda shu tashkilotlarning buxgalteriya hisobi 
va hisobotida aks ettiriladi. Eskirish imoratlar, inshootlar, uzatkich 
moslamalar, mashina va jihozlar, ish hayvonlari va transport vositalari, ishlab 
chiqarish (ashyolarni ham qo’shib) va xo’jalik inventarlari hamda foydalanish 
mumkin bo’lgan yoshga etgan ko’p yillik daraxtlar, butalar va boshqa asosiy 
vositalar bo’yicha aniqlanadi va hisobga olinadi. Vazirliklar, davlat 
qo’mitalari va idoralari, zarur hollarda, o’zlarining tizimidagi tashkilotlarda 
asosiy vositalarning eskirishi me’yorlarini asosiy vositalarning texnik shartlari 
yoki tayyorlovchi-tashkilotlar tavsiyalariga muvofiq asosiy vositalar 
ob’ektlarining samarali foydalanish muddatini hisobga olgan holda, tegishli 
qonunchilik bilan belgilangan me’yorlardan oshmagan holda o’rnatilgan 
tartibda belgilashlari mumkin. Asosiy vosita ob’ektlarida amalga oshirilgan 
qo’shimcha 
qurish, 
qo’shimcha 
asbob-uskunalar 
bilan 
jihozlash
rekonstruktsiya yoki modernizatsiya natijasida dastlabki qabul qilingan 
me’yoriy ko’rsatkichlari yaxshilanishi (oshirilishi) hollarda tashkilotlar shu 
ob’ektning amalga oshirilgan qo’shimcha qurish, qo’shimcha asbob-uskunalar 
bilan jihozlash, rekonstruktsiya yoki modernizatsiya ishlari tugatilgan oydan 
keyingi hisobot oyining birinchi sanasidan boshlab shu ob’ektning samarali 
foydalanish muddatini qayta ko’rib chiqadilar. 
Nomoddiy aktivlar
 -
tashkilot tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar 
bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish 
maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun 
uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega 
bo’lmagan mol-mulk ob’ektlaridir. Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya 
hisobi birligi bo’lib inventar ob’ekti hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning 
inventar ob’ekti bo’lib bitta patentdan, guvohnomadan, huquqdan voz kechish 
shartnomasidan va shu kabilardan kelib chiqadigan huquqlar jami 
hisoblanadi. 
Bir 
inventar 
ob’ekti 
boshqasidan 
ajratilishi 
(identifikatsiyalanishi)ning asosiy belgisi bo’lib, ular tomonidan mahsulot 
ishlab chiqarish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatishda mustaqil 
vazifalarning 
bajarilishi 
yoxud korxonaning 
ma’muriy va boshqa 
funktsiyalari uchun ishlatilishi hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar quyidagilar 
natijasida tashkilot balansiga kiritiladi: 


30 
- ishlab chiqarish tugaganidan so’ng yaratilgan ob’ektni qabul qilish-
topshirish; 
- oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob’ektni sotib olish; 
- beg’araz kelib tushish; 
- ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar ob’ektlarini 
aniqlash;
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarga ko’ra. 
Cotib olingan, shuningdek tashkilotning o’zida yaratilgan nomoddiy 
aktivlarning dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi (tannarxi) va 
ularga qilingan barcha xarajatlarining to’liq summasida, jumladan mazkur 
nomoddiy aktivlarni etkazib berish va o’rnatish, ishga tushirish va boshqa shu 
bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olgan holda kiritiladi. Jumladan, sotib 
olingan nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati quyidagi xarajatlardan 
tashkil topadi: 

huquqdan voz kechish (sotib olish) shartnomasiga muvofiq huquq egasi 
(sotuvchi)ga to’langan summalar; 

huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (sotib olish) munosabati 
bilan amalga oshirilgan ro’yxatdan o’tkazish yig’imlari, davlat bojlari, 
patent bojlari va boshqa shunga o’xshash to’lovlar; 

bojxona bojlari va yig’imlari; 

nomoddiy aktivlarni sotib olish munosabati bilan to’lanadigan soliqlar va 
boshqa majburiy to’lovlar summalari (agar ular qoplanmasa); 

nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq axborot va maslahat 
xizmatlari uchun to’langan summalar; 

nomoddiy aktivlar ular orqali sotib olingan vositachilarga to’lanadigan 
haqlar; 

nomoddiy 
aktivlar 
ob’ektlarini etkazib berish tavakkalchiligini 
sug’urtalash bo’yicha xarajatlar; 

aktivdan maqsadga ko’ra foydalanish uchun uni yaroqli holatga keltirish 
bilan bevosita bog’liq boshqa xarajatlar. 
Nomoddiy aktivlar kirimi bilan bog’liq xarajatlar xar bir inventar ob’ekt 
bo’yicha jamlanma qaydnoma tuzilib buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida 
AV-6 shakldagi inventar kartochka ochiladi, buxgalteriya yozuvlari berilib 6-
memorial order yoki 274-son shakldagi memorial order , memorial orderga 
asosan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi.
Nomoddiy aktivlar foydalanishga yaroqsiz holga kelguniga qadar 
hisobda aks ettiriladi. Foydalanishga yaroqsiz holga kelgan nomoddiy aktivlar 
belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi. Nomoddiy aktivlar quyidagilar 
natijasida tashkilot balansidan hisobdan chiqariladi: 
-tugatish; 
-sotish; 
-beg’araz berish; 
-kamomad yoki yo’qotishning aniqlanishi; 
-qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar. 


31 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə