O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


-Mavzu: Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix05.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104354
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Byudjet hisobi

12-Mavzu: Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi 
Reja: 
1
Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etishni
maqsadi va vazifalari.
2
Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy 
hisobvaraqlarni ochish va yuritish tartibi.
3
G‘aznachilik organlarida moliyaviy majburiyatlarni to‘lab berish 
hisobi.
4
Byudjet tashkilotlarida kassa operatsiyalari hisobini tashkil etish.
5
Kassa operatsiyalari bo‘yicha hisob xujjatlarini yuritish va kassa 
hisobotini shakllantirish.
6
Kassa operatsiyalarini buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettirish. 
7
Byudjet tashkilotlarida boshqa pul mablag‘lari hisobi.
8
Byudjet tashkilotlarida moliyaviy qo‘yilmalar hisobi. 
Davlat byudjeti g’azna ijrosi sharoitida byudjet tashkilotlari pul 
mablag’lari G’aznachilik va uning xududiy bo’limlarida ochilgan shahsiy 
hisobvaraqlarda yuritiladi. G’azna ijrosiga o’tmagan byudjet tashkilotlari pul 
mablag’lari banklarda ochilgan hisobvaraqlarida yuritilmoqda.
Ma’lumki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 
sentyabrdagi 414-sonli "Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash 
tartibini takomillashtirish to’g’risida"gi qaroriga muvofiq, byudjetdan 
mablag’ oluvchilarni Davlat byudjetidan xarajatlarning to’rt guruhi bo’yicha 
moliyalashtirish tartibi belgilangan: 
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va 
kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar); 
II. Ish haqiga qo’shimchalar; 
III. Kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan 
manzilli ro’yxatlarga muvofiq); 
IV. Boshqa xarajatlar (oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va 
boshqa xarajatlar). 
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning I va II guruh bo’yicha xarajatlar 
to’lovi birinchi navbatda amalga oshiriladi. Bunda, I guruh xarajatlarini II 
guruh xarajatlari to’lovisiz amalga oshirish taqiqlanadi. 
Tegishli byudjet bo’yicha I va II guruh xarajatlari to’lovi uchun g’azna 
hisobvaraqlarida zarur mablag’larni qoplaydigan qoldiqlar mavjud bo’lganda, 
I va II guruh xarajatlarini to’liq amalga oshirgan tashkilotlar bo’yicha IV 
guruh xarajatlarini amalga oshirishga ruxsat etiladi. 
IV guruh "Boshqa xarajatlar" bo’yicha mablag’larning sarflanishi 
o’rnatilgan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda amalga 
oshiriladi: 
- ovqatlantirish; 
- dori-darmonlar; 
- kommunal xizmatlar; 
- boshqa xarajatlar. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 


38 
sentyabrdagi 414-sonli “Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash 
tartibini 
takomillashtirish 
to’g’risida”gi 
qaroriga 
muvofiq 
byudjet 
tashkilotlariga byudjetdan tashqari mablag’lar shakllantirish imkoniyati 
berilgan.
Ushbu qarorga muvofiq byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi 
mablag’lari Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy 
bo’linmalarida ochilgan hisob raqamlarida hisobot choragining oxirgi ish kuni 
oxirida byudjet mablag’lari bo’yicha tejab qolingan mablag’lar, faoliyati turiga 
muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan 
daromadlar, balansida bo’lgan davlat mulkini ijaraga berishdan qonun 
hujjatlariga muvofiq olingan mablag’larning bir qismi, yuridik va jismoniy 
shaxslar tomonidan beriladigan homiylik yordami (beg’araz yordam) hisobidan 
shakllantirilashi 
belgilangan. 
Shuningdek 
rivojlantirish 
jamg’armasi 
mablag’lari hisobiga birinchi navbatda kreditorlik qarzlarni tugatish, moddiy 
texnika ba’zasini mustaxkamlash, xodimlarni moddiy rag’batlantirishga 
yo’naltirilishi belgilangan. Ta’lim muassasasining maxsus mablag’lari bo’yicha 
boshqa tushumlar ya’ni ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan 
tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni (byudjetdan tashqari 
mablag’lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar, qonun 
hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan. 
Tibbiyot muassasalarida tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish 
va rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari qonunchilikka muvofiq tegishli 
manbaalar hisobiga shakllanadi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 
1999 yil 6 avgustda 795 - son bilan ro’yxatdan o’tgan “O’zbekiston 
Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-
kontrakt shakli va tushgan mablag’larni taqsimlash tartibi haqida” Nizomga 
ko’ra o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan mablag’lar tushimi amalga 
oshiriladi va hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi. 
Byudjet tashkilotlarining maxsus mablag’lari bo’yicha boshqa tushumlar
ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan 
moddiy qiymatliklarni (byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga olinganlarini) 
sotishdan tushgan tushumlar, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa 
tushumlar hisobidan shakllanadi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.
Byudjet 
tashkilotlari 
yuqorida 
keltirilgan 
manbaalar 
bo’yicha 
hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag’lar hisobini yuritadi. Ya’ni xar 
bir manba bo’yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlar belgilangan tartibda moliya 
organlari tomonidan ochiladi va g’azna dasturiga kiritiladi. G’azna ijrosiga 
o’tmagan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag’lar manbalari 
bo’yicha bankda alohida hisobvaraqlar ochadi va yuritadi.Buxgalteriya 
hisobida hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag’lar hisobi 11 
“Hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag’lar” schyotida quyidagi 
subschyotlarda yuritiladi:
110 “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan 
mablag’lar”;


39 
111 “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan 
tushgan tushumlar”; 
112 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari”; 
113 “Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar”; 
114 “Byudjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo’ladigan mablag’lar”; 
115 “Valyuta hisobvarag’i”; 
119
“Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag’lari”. 
Byudjet 
tashkilotidagi 
kassa 
muomalalari 
hisobi 
O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 24 yanvardagi 376-sonli qarori 
bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga 
oshirish qoidalari» ga qatiy amal qilingan xolda tashkil etiladi. Tashkilot 
kassasi uchun ajratilgan xona «Yuridik shaxslar tomonidan kassa 
operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari» talablari bo’yicha jihozlanishi kerak. 
Tashkilotlar kassasiga naqd pul mablag’larini qabul qilish bosh hisobchi 
yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan KO-1-son shakldagi kirim 
kassa orderi bo’yicha amalga oshiriladi.Tashkilotlar kassasidan naqd pul 
mablag’larini berilishi KO-2-son shakldagi chiqim kassa orderi yoki tegishlicha 
rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (to’lov qaydnomalari, pul berish bo’yicha 
arizalar, hisobvaraqlar va hokazolar) bo’yicha, ushbu hujjatlarga chiqim kassa 
orderining rekvizitlari bo’lgan shtamp qo’yilgan holda amalga oshiriladi. Pul 
mablag’larini berishga doir hujjatlar tashkilot rahbari va bosh hisobchisi yoki 
ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzolangan bo’lishi kerak. 
Chiqim 
kassa 
orderlariga 
ilova 
qilinadigan 
hujjatlar 
(arizalar, 
hisobvaraqlar va hokazolar)da tashkilot rahbarining ijozat beruvchi yozuvi 
bo’lgan taqdirda, chiqim kassa orderlarida rahbarning imzosi bo’lishi shart 
emas. 
Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ularning o’rnini bosuvchi hujjatlar 
ular bo’yicha pul olinganidan yoki berilganidan so’ng darhol kassir tomonidan 
imzolanadi, ularga ilova qilingan hujjatlarga esa sana (kun, oy, yil) ko’rsatilgan 
holda “To’langan” shtampi qo’yiladi yoki so’z bilan yozib qo’yiladi. 
Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ular o’rnini bosuvchi hujjatlar 
kassaga topshirilguniga qadar buxgalteriya tomonidan KO-3-son shakldagi 
kirim va chiqim kassa orderlarini ro’yxatga olish jurnalida qayd etiladi. Ish 
haqini berish to’lov (hisob-kitob-to’lov) qaydnomalarida rasmiylashtirilgan 
chiqim kassa orderlari ish haqi berilgandan keyin ro’yxatga olinadi. 
Tashkilot naqd pullarining tushumlari va berilishi KO-4-son yoki 440-son 
shakldagi kassa daftarida hisobga olinadi. Bunda chet el valyutasi mablag’lari 
bo’yicha alohida kassa daftari yuritiladi. 
Buxgalteriya hisobida kassa operatsiyalari hisobi 12 “Kassa” schyotida 
120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari” va 121 “Xorijiy valyutadagi 
naqd pul mablag’lari” subschyotlarida yuritilib ushbu subschyotlarda tashkilot 
kassasidagi naqd pul mablag’larining (milliy va xorijiy valyutada) mavjudligi 
va ularning harakati hisobga olinadi. Bu subschyotlarning debet tomonida 
kassaga pul mablag’larni kirimi, kredit tomonida pul mablag’larni chiqimi aks 
ettiriladi. 


40 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə