O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


-Mavzu: Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha joriy yilga



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/18
tarix05.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104354
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Byudjet hisobi

16-Mavzu: Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha joriy yilga
moliyaviy natijalar hisobi 
Reja: 
1
To‘lovlarni maxsus turlariga doir hisoblashuvlar bo‘yicha joriy yilga 
moliyaviy natijalar hisobi.
2
Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov kontrakt mablag‘lari 
bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi. 
3
Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha 
joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi.
4
Boshqa daromadlar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi 
Byudjet tashkilotlarida quyidagi byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha 
joriy yilga moliyaviy natijalar aniqlanadi: 
- to’lovlarni mahsus turlariga doir hisoblashuvlar bo’yicha; 
- ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari 
bo’yicha; 
- byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha; 
- byudjet tashkilotining boshqa daromadlar bo’yicha. 
Byudjet tashkilotining to’lovlarni mahsus turlariga doir hisoblashuvlar 
bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijasi bu tashkilotning mazkur mablag’lar 
bo’yicha moliya yili mobaynida, ya’ni hisobot yilining 1-yanvaridan 31 
dekabriga qadar bo’lgan davr mobaynida hisoblangan ota-onalarning 
mablag’lari va ushbu vaqt mobaynida amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlarini 
solishtirish natijasida olingan ko’rsatkichdir. to’lovlarni mahsus turlariga doir 
hisoblashuvlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija 24 “To’lovlarning 
maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” 
schyotida hisobga olinadi. 
24 “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha joriy yilga 
moliyaviy natijalar” schyoti schyoti hisobda quyidagi subschyotlarga 
bo’linadi: 
240 “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha joriy yilga 
moliyaviy natijalar”; 
241 “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar 
hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar”; 
242 “Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag’lari”. 
241 “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar 
hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotida tashkilotlar 
tomonidan 
bolalarni 
maktabgacha 
ta’lim muassasalari va boshqa 
muassasalarda saqlaganligi (o’qitganligi) uchun ularning ota-onalari bilan 
hisob-kitoblardan tushadigan mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy 
xarajatlar hisobga olinadi.
Ushbu mablag’lar bo’yicha amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar yil davomida 
241 “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar 
hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotning debetida aks 
ettirilib boriladi, bunda, hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi tegishli 
subschyotlar kreditlanadi.


49 
Yil oxirida 241 “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha 
mablag’lar hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyot debetida 
aks ettirilgan barcha xaqiqiy xarajatlar 240 “To’lovlarning maxsus turlariga 
doir hisob-kitoblar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotning 
debetiga yozib hisobdan o’chirish yo’li bilan yopiladi. Yil oxirida 241 
“To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar 
hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotda qoldiq qolmaydi. 
25 “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha 
joriy yilga moliyaviy natijalar” schyoti hisobda quyidagi subschyotlarga 
bo’linadi: 
250 “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari 
bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”; 
251 “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan 
tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar”; 
252 “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari 
bo’yicha daromadlar”. 
251 “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan 
tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotida 
o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar hisobidan amalga 
oshirilgan xaqiqiy xarajatlar hisobga olinadi. 
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan 
tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar yil davomida 251 
“Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan 
tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotning 
debetida aks ettirilib boriladi, bunda, hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga 
oluvchi tegishli subschyotlar kreditlanadi.
Yil oxirida avvalo, foydalanilgan soliq va boshqa majburiy to’lovlar 
bo’yicha imtiyozlar summasiga to’g’ri keluvchi xaqiqiy xarajatlar summasi 
(ushbu mablag’lar hisobidan sotib olingan moddiy aktivlarning sarflanishi 
(eskirishi) yoki moddiy aktivlar sotib olish bilan bog’liq bo’lmagan holda 
tashkilotning 
moddiy-texnika 
bazasini 
mustahkamlash 
maqsadlariga 
ishlatilishi munosabati bilan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar) 251 
“Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan 
tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotidan 
hisobdan chiqariladi. Bunda, 285 “Byudjetga va byudjetdan tashqari 
jamg’armalarga hisoblangan soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha 
imtiyozlar” subschyoti debetlanadi va 251 “Ta’lim muassasalarida 
o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga 
oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyoti kreditlanadi.
Qolgan barcha xaqiqiy xarajatlar 251 “Ta’lim muassasalarida o’qitishning 
to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan 
xaqiqiy xarajatlar” subschyotning kreditida va 250 “Ta’lim muassasalarida 
o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy 
natijalar” subschyoti debetida aks ettirish yo’li bilan yopiladi.


50 
Yil oxirida 251 “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt 
shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” 
subschyotda qoldiq qolmaydi. 
26 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha 
joriy yilga moliyaviy natijalar” schyoti hisobda quyidagi subschyotlarga 
bo’linadi: 
260 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha 
joriy yilga moliyaviy natijalar”; 
261 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobiga 
amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar”; 
262 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha 
daromadlar”. 
261 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobiga 
amalga 
oshirilgan 
xaqiqiy 
xarajatlar” 
subschyotida 
tashkilotlarning 
byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg’armasi hisobiga amalga oshirilgan 
xaqiqiy xarajatlari hisobi yuritiladi. 
Ushbu mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar yil 
davomida 261 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari 
hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotning debetida aks 
ettirilib boriladi, bunda, hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi tegishli 
subschyotlar kreditlanadi.
Yil oxirida avvalo, iqtisod qilingan va byudjetdan tashqari hisobvaraqqa 
o’tkazilgan byudjet mablag’lari summasiga to’g’ri keluvchi 261 “Byudjet 
tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga 
oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyot debetida aks ettirilgan xaqiqiy 
xarajatlar mos ravishda 230 “Byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga 
moliyaviy natijalar” subschyotning debetiga yozish yo’li bilan yopiladi.
Shundan so’ng, foydalanilgan soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha 
imtiyozlar summasiga to’g’ri keluvchi xaqiqiy xarajatlar summasi (ushbu 
mablag’lar hisobidan sotib olingan moddiy aktivlarning sarflanishi (eskirishi) 
yoki moddiy aktivlar sotib olish bilan bog’liq bo’lmagan holda tashkilotning 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadlariga ishlatilishi munosabati 
bilan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar) 261 “Byudjet tashkilotini 
rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy 
xarajatlar” subschyotidan hisobdan chiqariladi.
Bunda, 285 “Byudjetga va byudjetdan tashqari jamg’armalarga hisoblangan 
soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar” subschyoti 
debetlanadi va 261 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi 
mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyoti 
kreditlanadi. 
Qolgan barcha xaqiqiy xarajatlar 261 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish 
jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” 
subschyotning kreditida va 260 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish 
jamg’armasi mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyoti 
debetida aks ettirish yo’li bilan yopiladi.


51 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə