Turkiston general gubernatorligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot



Yüklə 0,71 Mb.
tarix24.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#159558
Turkiston general gubernatorligi iqtisodiyoti

Turkiston general gubernatorligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot

  • Turkiston o'lkasi boshqaruvining o'ziga xos jihatlaridan biri shunda ediki, Turkiston o'lkasi Rossiya imperiyasining boshqa gubernyalari kabi ichki ishlar vazirligiga emas, balki imperiya harbiy vazirligiga bo'ysundirilgan edi. Shu sababli dastlab boshqaruvning barcha bo'g'inlaridagi amaldorlar asosan harbiylardan tayinlangan bo'lsalar, 1886 yilgi "Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risidagi Nizom" amal qilishi boshlangandan so'ng ma'muriy lavozimlar harbiy bo'lmagan kishilirga topshirildi, faqatgina bir vaqtning o'zida Turkiston harbiy okrugi qoʻshinlari qo'mondoni sanalgan general-gubernator lavozimiga harbiylardan tayinlash qoidasi saqlanib qoldi
  • 1886 yilda qabul qilingan «Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risidagi Nizom» ga koʻra, sudlar faoliyatiga bir oz o'zgartirishlar kiritildi va tuman sudlari bekor qilindi. Viloyat prokurori va unga yordamchi muovin, sud tergovchisi lavozimlari joriy etildi. 1893 yil 2 iyunda Rossiya imperiyasi Davlat Kengashi tomonidan sud sohasidagi islohotlar tizimi tasdiqlandi. Unga ko'ra, Toshkent shahrida sud palatasi, viloyatlarda esa bittadan okrug sudlari ta'sis etildi. 1899 yil 14 mayda ochilgan Toshkent sud palatasi barcha sudlar ustidan nazorat ishlarini ham olib borardi. Mahalliy sudlar esa, yuqorida ta'kidlaganimizdek, siyosiy tusga bo'lmagan barcha fuqarolik ishlarini ko'rib chiqish huquqiga ega edi.
  • Turkiston general gubernatorligiga qarashli Toshkent, Samarqand, Qo'qon, Marg'ilon, Andijon, Namangan, Ashxobod yirik shaharlardan sanalsa, mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan Chimkent, Turkiston, Xo'jand, Jizzax, Kattaqo'rg'on kabi shaharlar ham o'ziga xos ahamiyatga ega bo'lgan shaharlardan hisoblangan.
  • Turkistonda barcha yerlar davlat mulki deb e'lon qilindi, oʻtroq mahalliy aholiga yer merosi yakka jamoa ekanligi tariqasida, ko'chmanchi aholiga esa azaliy dehqonchilik odatlariga rioya etilgan holda, muddati cheklanmagan holda jamoa bo'lib foydalanish uchun topshirildi; O'troq aholi yashaydigan joylarda yer, undan amalda foydalanganga biriktirib qo'yildi; Dastlab vaqf yerlariga soliq joriy etilgan bo'lsa, keyinroq bu mulklar butunlay tugatilib yuborildi; Shahar tashqarisida mahsus ko'chiruv fondlaridan tashqari rus aholisiga yer ajratish ta'qiqlandi; Yevropaliklar, xususan, ruslar tomonidan mahalliy aholi yerlarini sotib olish mutlaqo ta'qiqlab qo'yildi va bu qonun 90-yillarning oxirigacha saqlanib qolindi.
  • 1886 yilgi «Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risidagi Nizom>>ga ko'ra o'troq aholining bir bosqichli boshqaruv tizimi bekor qilindi va ikki bosqichga aylantirilib, oqsoqolliklar volostlarga birlashtirildi. Ovul jamoalari va oqsoqollar vakillari yig'ini barcha saylovchilar yig'ilishi bilan almashtirildi. Aholi saylovlar yo'li bilan volost va oqsoqolliklarga mingboshilarni saylardi. Mingboshi volost boshqaruvchisi boʻlib, qishloq, ovul oqsoqoli tomonidan uch yil muddatga saylangan. U o'z faoliyatini rus mustamlakachi ma'muriyati tasdig'idan o'tgandan so'nggina boshlagan. Aholining «qirg'izlar va sartlar» iborasi bilan atash 1886 yilgi Nizomga ko'ra o'troq va ko'chmanchi» tarzida o'zgartirildi
  • Ko'chiruvchilik siyosati Turkiston general gubernatorligi tashkil etilgan 1867 yildayoq boshlab yuborildi. 1869 yilda Yettisuvdagi dexqonlar manzilgohlari to'g'risida qoidalar ishlab chiqdi. Bu hududda 1869-1882 yillarda 25 ming kishilik aholisi boʻlgan 29 ta rus qishlog'i, Sirdaryo viloyatida esa 1300 kishilik aholisi boʻlgan 19 ta rus qishlog'i barpo etildi. 1886 yilgi Nizomga koʻra, oʻlkaga rus aholisining ko'chib kelishiga siyosiy tus berildi va har bir ko'chib keluvchiga 10 desyatinadan kam bo'lmagan yer ajratilishi ko'zda tutildi

1875 yilda Avliyootada ilk rus qishlog'i barpo etilgandan boshlab o'tgan 15 yil davomida, ya'ni 1890 yilgacha Turkiston o'lkasida 1300 oiladan iborat 19 ta rus qishlog'i barpo etilgan bo'lsa, Rossiyada ocharchilik yuz bergan 1891-1892 yillarda Turkistonga ko'chib keluvchilar soni keskin ortdi va shu ikki yil davomida 25 ta rus qishlog'i paydo boʻldi. O'lkadagi rus deqonlarining soni ikki barobar ortdi.

  • Bu davrda Rossiya imperiyasining ichki hududlaridan ko'chirib keltirilgan dexqonlarning Turkistonga kelib joylashishi tartibsiz ravishda ommaviy tus ola boshladi va hokimiyat tomonidan ularga yaratib berilgan imkoniyat tufayli mahalliy dexqonlarga qarashli boʻlgan hosildor yerlardan o'z egalari mahrum qilindi, bu yerlar esa «bo'sh yotgan davlat yerlari» sifatida kelgindi rus dexqonlariga taqsimlab berildi. O'lkada ko'chirib keltirilganlarning salmog'i bir oz ortgach, mustamlakachi ma'muriyat ularni qurollantirish va zurur bo'lgan hollarda mahalliy aholi noroziliklari, qo'zg'olonlari, isyonlarini bostirishda foydalanish siyosatini amalga oshira boshladi. Shu maqsadlarda 1896-1897 yillarda to'rt minga yaqin ko'chirib keltirilganlar miltiq va o'q-dorilar bilan ta'minlandi. Bu bilan Rossiya imperiyasi ko'chiruvchilik siyosati harbiy siyosiy maqsadlarni koʻzlab amalga oshirilganligini ko'rsatdi.
  • 1886 yilgi «Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risidagi Nizom>>ga ko'ra o'troq aholining bir bosqichli boshqaruv tizimi bekor qilindi va ikki bosqichga aylantirilib, oqsoqolliklar volostlarga birlashtirildi. Ovul jamoalari va oqsoqollar vakillari yig'ini barcha saylovchilar yig'ilishi bilan almashtirildi. Aholi saylovlar yo'li bilan volost va oqsoqolliklarga mingboshilarni saylardi. Mingboshi volost boshqaruvchisi boʻlib, qishloq, ovul oqsoqoli tomonidan uch yil muddatga saylangan. U o'z faoliyatini rus mustamlakachi ma'muriyati tasdig'idan o'tgandan so'nggina boshlagan. Aholining «qirg'izlar va sartlar» iborasi bilan atash 1886 yilgi Nizomga ko'ra o'troq va ko'chmanchi» tarzida o'zgartirildi

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə