29
Xan sulolasi davriga kelib, (mil. av. III–II asrlar) konfutsiylik
davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarildi. Xan podshohlari
Konfutsiy ta’limotini to‘liq qabul qilmagan bo‘lsa-da, uning
salohiyati, jamiyatdagi mavqeini e’tirof qilgan holda undan davlat
boshqaruvida foydalandilar.
Konfutsiy o‘zi yashab ijod etgan joy Suyfuda vafot
etganidan keyin uning qabri yaqinida bir ibodatxona qurdilar.
Ibodatxonaga Konfutsiyning shogirdlari va yaqinlari tomonidan
uning barcha tabarruk narsalari, unga taalluqli ashyolar
– yozgan asarlari, musiqa asboblari, ro‘zg‘or anjomlari,
aravasi va boshqa narsalari keltirib qo‘yildi. Bu maskan Xan
sulolasi davriga kelib butun mamlakat miqyosidagi muqaddas
ziyoratgohga aylandi. Mil. av. 195-yilda birinchi Xan podshohi
Lyu Ban shaxsan o‘zi Konfutsiy ibodatxonasida unga atab «tay-
lyao» (Xitoyda eng oliy qurbonlik – qo‘y, ho‘kiz va cho‘chqa)
qurbonligini keltiradi. Shundan so‘ng Konfutsiy nomi Xitoyda
ilohiylashtirildi va unga atab muntazam qoidalar asosida
qurbonliklar qilinadigan bo‘ldi.
X–XIII asrlarga kelib, Sun sulolasi davrida unga imperatorlik
unvoni, otasiga esa knyazlik unvoni berildi. Keyinroq Yuan
va Min sulolalari (XIII–XIV asrlar) davrida unga yana ham
yuksakroq unvon – «Eng haqiqiy donishmand», «Millatlarning
ulug‘ ustozi» unvonlariga sazovor bo‘ldi.
Konfutsiy nomi o‘rta asrlarda Xitoyda ilohiylashtirildi. Uning
timsoli podshohlar boshidagi tojlarda o‘z aksini topdi.
Dostları ilə paylaş: