35
nadi, u yerda murdalarning go‘shtlarini qushlar yeb, suyak-
larini tozalaydi. Go‘shtdan tozalangan suyaklar maxsus so-
pol idishlarga solinib minora o‘rtasidagi quduqqa sochib
yubo riladi. Bunda «halol» bilan «harom»ning bir-biriga
yaqinlashmasligiga erishiladi.
Eronda sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida Zardushtiylik
rasmiy davlat diniga aylangan. Bu davrda uning muqaddas kitobi
«Avesto» ruhoniylar tomonidan qayta yig‘ilib, kitob shakliga
keltirilgan. «Videvdat» qismiga o‘zgartirishlar kiritilib, qayta
ishlangan.
Borliq qarama-qarshiliklardan
tashkil topgan bo‘lib, u
abadiylik xususiyatiga ega
Ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi
kurash oxir-oqibatda
ezgulikning g‘alabasi bilan
yakunlanadi
Ezgulik va yovuzlik kuchlari
o‘rtasidagi kurashning yakuni
odamlarning qaysi tomonni
tanlashiga bog‘liq.
Ezgulikning g‘alabasiga ishonch
Odamlarning yashashdan
maqsadi dunyoda yaxshilikka
xizmat qilishdir
Odamlar moddiy dunyodagi
axloqiy amaliyoti uchun narigi
dunyoda javobgardir
G‘ayritabiiy kuchlar dunyosida
ham ezgulik va yovuzlik
o‘rtasidagi kurash boradi
Tabiat va uning muqaddas
unsurlarini ifloslantirish
gunoh hisoblanadi
Din talablariga amal qilib
yashagan kishida yovuzlik
yengilib ilohiy podshohlik
vujudga keltirilganidan keyin
abadiy rohat-farog‘atga erishadi
Dostları ilə paylaş: