84
Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi:
«Diniy
tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda
qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning
faoliyatiga aralashmaydi»
1
.
Mazkur moddada muhim ahamiyatga ega qoidalar mustahkam
qo‘yilgan. Birinchidan, diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga
taalluqliligidan qat’i nazar, bir xil huquqiy maydonda faoliyat
olib borayotgani buning amaliy ifodasidir. Ikkinchidan,
diniy birlashmalar faoliyatini tashkil etish ularning ichki ishi
hisoblanadi va davlat nazoratidan xolidir.
Shu bilan birga, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan
bo‘lsa-da, bu dinning jamiyatdan ajratilganini anglatmasligini
ta’kidlash zarur. Zero, biror dinga e’tiqod qiluvchi fuqarolar
ham jamiyatning tarkibiy qismi va shu sababli din fuqarolik
jamiyatida o‘z mavqeiga ega bo‘ladi.
Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu
dinning siyosatga aralashmasligi. Zero, har qanday din, birinchi
o‘rinda ma’naviy-axloqiy jihatni o‘z ichiga oladi.
Davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi yana
bir tamoyil shundan iboratki, davlat dinni xalq ma’naviyatining
uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan kelib chiqib, uning rivoji
uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi.
Dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabatida dindorlarning
huquqiy maqomi va davlat tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda
diniy konfessiyalar haqidagi qonunlarning hayotga tatbiq etilishidek
ikki muhim jihat ham bor.
Har qanday dinga e’tiqod qiluvchi va hech qanday dinga
e’tiqod qilmaydigan kishilar uchun bir xildagi shartlar qo‘yilishini
ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-
mod dasida, jumladan, shunday deyiladi:
Dostları ilə paylaş: