90
Shu o‘rinda YUNESKO «Bag‘rikenglik tamoyillari Dekla-
ratsiyasi»da «tolerant» ya’ni «bag‘rikenglik» tushunchasiga
berilgan ta’riflarni keltirib o‘tmoqchimiz:
1.2. Bag‘rikenglik – yon berish, andisha yoki xushomad
emas. Bag‘rikenglik – eng avvalo, insonning universal huquqlari
va asosiy erkinliklarini tan olish asosida shakllangan faol
munosabatdir. Hech qanday vaziyatda ham bag‘rikenglik ana
shu asosiy qadriyatlarga tajovuzlarning bahonasi bo‘lib xizmat
qilmaydi. Bag‘rikenglikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar
namoyon qilishi lozim.
1.3. Bag‘rikenglik – inson huquqlarini qaror toptirish,
plyuralizm (shu jumladan, madaniy plyuralizm), demokratiya
va huquqning tantanasi uchun ko‘maklashish majburiyatidir.
Bag‘rikenglik – aqidabozlikdan, haqiqatni mutlaqlashtirishdan
voz kechishni anglatuvchi va inson huquqlari sohasidagi
xalqaro-huquqiy hujjatlarda o‘rnatilgan qoidalarni tasdiqlovchi
tushunchadir.
«Ming yillar mobaynida
Mar kaziy Osiyo g‘oyat xilma-
xil dinlar, madaniyatlar va
turmush tarzlari tutashgan
va tinch-totuv yashagan
mar kaz bo‘lib keldi».
Dostları ilə paylaş: