O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 260,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix15.04.2023
ölçüsü260,51 Kb.
#105580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi SOTSIAL p

 
KURS ISHI MAVZUSINI TANLASH 
«Sotsial psixologiya” fanidan kurs ishini muvaffaqiyatli bajarilishining muhim 
omili – bu talabaning o’z qiziqishi va qobiliyatiga qarab mos mavzuni tanlashi 
hisoblanadi. Shuning uchun ushbu bosqichda talaba mavzu tanlashda sinchkov va 
mas’uliyatli bo’lishi lozim.
Kurs ishi mavzulari kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 
Mavzular soni talabalar sonidan ko’p bo’lishi kerak, ularning yo’nalishi o’quv dasturi 
doirasida va talabaning qobiliyati hamda imkoniyatlari darajasida bo’lishi kerak.
Kurs ishi mavzusi talabalarni nazariy bilimlarini mustahkamlashga va ijodiy 
fikrlashga qaratilgan bo’lishi bilan bir qatorda bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib 
chiqib belgilanishi kerak.
Kurs ishi rahbari talabaga tanlangan mavzu bo’yicha kurs ishi topshirig’ini 
rasmiylashtiradi va kafedra mudiri tasdiqlagandan so’ng topshiriqni talabaga beradi.
Kurs ishi topshirig’ida talabaning ismi sharifi, mutaxassisligi, kurs, guruhi, fan 
nomi, kurs ishi mavzusi, topshirish muddati bilan bir qatorda namunaviy reja (kirish, 
asosiy qism, xulosa va boshqalar) hamda adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar va shu 
kabilar aks etishi lozim.



Kurs ishini bajarish jarayonida kurs ishi mavzusini o’zgartirish yoki boshqa 
mavzu tanlanishiga ruxsat etilmaydi.
Kurs ishi mavzusini tanlash tartibi guruh jurnalidagi ismi-sharifi raqami 
bo’yicha taqsimlanadi.
AXBOROT-USLUBIY TA’MINOTINI YARATISH VA ULARNI O’RGANISH 
Talaba kurs ishi mavzusini biriktirish to’g’risida ariza bergandan so’ng va 
kafedra uni tasdiqlagandan so’ng rahbar bilan maslahatlashib adabiyotlar to’plashiga 
kirishishi kerak. Bunda nafaqat darslik, balki boshqa fanlarni o’rganish davomida 
ko’rsatilgan adabiyotlar, statistik va internet ma’lumotlari, qonunlar, me’yoriy 
hujjatlar va boshqalarni ham o’rganishi lozim.
Undan so’ng ularning ichidan kurs ishi mavzusiga bevosita aloqador bo’lgan 
adabiyotlar ro’yxatini tuzish va ularni topib bir qator tanishib chiqishi kerak, chunki 
boshlang’ich tanishuv natijasida talaba kurs ishi rejasini mustaqil ravishda tuzadi.
Adabiyotlar va internet ma’lumotlari bilan ishlashni mamlakatimizdagi ta’lim 
qonunchiligiga taalluqli bo’lgan qonun va me’yoriy hujjatlarni o’rganishdan boshlash 
maqsadga muvofiq bo’ladi. Har tomonlama mukammal yoritilgan va ilmiy ijodiy 
yondoshilgan kurs ishini bayon etish uchun iqtisodiy va tarbiyaviy, pedagogik 
qonuniyatlarni bilish va ularni qo’llash katta ahamiyatga ega.
Kurs ishini bajarishda faqat uslubiy qo’llanmalarda va kurs ishi topshirig’ida 
tavsiya qilingan adabiyotlardan foydalanish bilan chegaralanib qolmasdan, imkoni 
boricha mustaqil holda tanlangan adabiyotlarga asoslanish lozim, hatto xorijiy 
adabiyotlardan ham foydalanish ish mazmuni boyishiga va yanada mukammal 
bajarilishiga yordam beradi.

Yüklə 260,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə