signallari moslashuvchi summatorlar
orqali silliqlanadi, keyin summatorning
chiqish signali nochiziqli o‘zgartirgichga (faollashtirish funksiyasiga)
kiradi va u
yerda ham o‘zgartirilib chiqishga uzatiladi.
8.1 -rasm Sun’iy neyron
Faollashtirish funksiyasi
– sun’iy neyronning chiqish signalini (OUT) hisoblovchi
nochiziqli funksiya bo‘lib, bu o‘rinda asosan quyidagi funksiyalar ishlatiladi:
8.2 -rasm Faollashtirish funksiyalari
Neyroinformatika –
biologik neyron to‘rlar ishlash tamoyili asosida hisoblash
tizimlarini tadqiq qiladigan fan yo‘nalishi bo‘lib,
oldingi avlod hisoblash
qurilmalaridan bunday tizimlarning asosiy farqi:
hisoblashda yuqori parallellik;
mavjud berilganlarni umumlashtirish qobiliyati;
dasturlash o‘rnini o‘rganish bilan almashtirish;
shovqinga nisbatan yuqori turg‘unlik.
Neyron to‘rining arxitekturasi
– neyron to‘rlari alohida element-larining bog‘lanish va
tashkil qilish usuli.
8.3-rasm. Bir qatlamli neyron to‘ri
Neyronlarning arxitekturaviy farqlanishidan biri – bu har xil
faollashtirish funksiyadan
foydalanishiga bog‘liqligidir. Neyron to‘rlari arxitekturasiga ko‘ra 2 sinfga ajratish mumkin:
to‘g‘ri tarqalgan to‘rlar va rekurrent to‘rlar.
8.1-jadval. To‘g‘ri tarqalgan to‘rlar va rekurrent to‘rlar qiyosiy tahlili
Dostları ilə paylaş: