50
YoShLar TaDBIrKorLIGINI rIvoJLaNTIrISh
Chora-TaDBIrLarI
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishda Prezidentimizning «Ta’lim mu
-
assasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni va «O‘zbekiston Res
-
publikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga
oshirishga qaratilgan
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori muhim o‘rin tutadi.
Yoshlar tadbirkorligi ko‘lamini yanada kengaytirish borasida quyidagi
chora-tadbirlar majmuyi amalga oshiriladi:
– yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik
faoliyatini ommalashtirish;
– ularni tadbirkorlikka ommaviy jalb etish;
– biznes yuritish
malakasini shakllantirish;
– biznes g‘oyalarini moliyalashtirish;
– bozordagi faoliyatini olib borishda har jihatdan ko‘maklashish.
YoShLar TaDBIrKorLIGI KLaSTErLarI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabr
-
dagi «Yoshlar tadbirkorligi klasterlarini yaratishning tashkiliy chora-tadbir
-
lari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Iqtisodiyotda faoliyati o‘zaro bog‘liq
bo‘lgan, masalan, xomashyo va materiallar yetkazib beruvchi, infratuzilma
xizmatlari ko‘rsatuvchi, ilmiy tadqiqot muassasalari va boshqa
tashkilotlar
guruhining muayyan hududga jamlanishi klaster deb nomlanadi. Klaster
-
ning tashkil etilishi mazkur tashkilotlarning faoliyat natijalarini yaxshilab,
raqobatdoshligini oshiradi.
Klaster
– muayyan hududda jamlangan o‘zaro bog‘liq tashkilotlar
guruhi.
Dostları ilə paylaş: