Bank ishi va auditi fanlar katalogi


-bosqich 3-semestr: Majburiy fanlar



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix04.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#115462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
2020 2021 3 Bank ishi va auditi talim yo\'nalishi Fan katalogi

2-bosqich 3-semestr: Majburiy fanlar
11.
4 ECONOM6 Iqtisodiyot
Ushbu fan iqtisodiyotning asosiy fundamenti bo’lib, u birinchi kursning 
birinchi semestrida o’qitiladi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi iqtisodiyotga 
kirish, bozorning vazifalarining amal qilishini o’rganishni o’qitishga qaratilgan. 
Fanning tarkibini tushunish tadbirkorlik qarorlarini qabul qilish, iqtisodiy siyosatni 
tushunish va ishlab chiqish, umuman olganda zamonaviy iqtisodiy faoliyatni 
o’rganish kabi jihatlarni o’z ichiga qamrab oladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani quyidagi tarkibiy tuzilmadan iborat: 
Iqtisodiyot faniga kirish. 
O’quv dasturining birinchi qismida asosiy iqtisodiy muammo, ishlab chiqarish 




omillari, ishlab chiqarish imkoniyatlari qiymati va ishlab chiqarish imkoniyatlari 
yegri chiziqlarini o’z ichiga olgan fundamental g’oyalar va tushunchalar keltirilgan. 
Iqtisodiy resurslarning taqsimlanishi 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslarni taqsimlashning asosiy tamoyillari 
narx mexanizmi orqali ko’rib chiqiladi. Talab va taklifning bozor kuchlari, bozor 
muvozanati va nomutanosiblik, yegiluvchanlik ushbu bo’limning asosini tashkil 
yetadi. 
Mikroiqtisodiy qaror qabul qilinishi. 
Mikroiqtisodiyot o’rganishning muhim sohasidir va bu yerda asosiy asosiy 
qaror qabul qiladiganlar: banklar, uy xo’jaliklari, ishchi kuchi, kasaba uyushmalari 
va tadbirkorlarning roli orqali amalga oshiriladi. 
Davlat va makroiqtisodiyot. 
Davlatlar turli xil makroiqtisodiy maqsadlarga yega va ko’pincha ularga 
yerishish uchun qo’llaniladigan choralarni tanlash o’rtasida ziddiyatlar yuzaga 
keladi. O’zgarishlarning sabablari va oqibatlari va tegishli siyosatlarni ko’rib chiqish 
uchun turli o’lchovlarni qo’llash kerak. 
Iqtisodiy rivojlanish. 
Iqtisodiyot rivojlanar yekan, aholi, turmush darajasi, qashshoqlik va 
daromadlarni qayta taqsimlashda o’zgarishlar bo’ladi. Shu sababli, turli 
mamlakatlarda aholi soni va tuzilishidagi o’zgarishlar va rivojlanishning boshqa 
ta’sirlari o’rganiladi. 
Xalqaro savdo va globallashuv. 
Mamlakatlar o’rtasidagi savdoning ahamiyati va globallashuvning kuchayishi 
o’rganilmoqda. Ixtisoslashuv, yerkin savdo, transmilliy kompaniyalarning roli
valyuta kurslari va to’lov balansi barqarorligi kabi tamoyillar ko’rib chiqiladi. 
12.
FUNFIN6 
Moliya 
asoslari 
Bunda banklar, ularning mohiyati, funksiyalari, banklarning operasiyalari, kreditlash 
jarayonini tashkil qilish masalalari, Markaziy bankning vazifalari va funksiyalari, 
tijorat banklarining iqtisodiyotdagi roli va funksiyalari, tijorat banklari faoliyatini 
tashkil qilish asoslari, tijorat banklarining passiv, aktiv, vositachilik, trast 
operasiyalari, mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash usullari, banklarning 
aktivlari va ularning risklilik darajasi, kreditlashning yangi shakllari, tijorat 
banklarining likvidliligi va to’lovga layoqatliligi, aylanma mablag’lar, ularning 
tarkibi, 
tashkil 
qilish 
manbalari, 
ulardan 
foydalanishning 
samaradorlik 
ko’rsatkichlari kabilar haqida tushinchalar beriladi. 


13.
INTBAN6 
Bank ishiga 
kirish 
Talabalar asosiy bank kontseptsiyasi va printsiplari, banklarning biznes sifatida 
qanday ishlash asoslari, ularning xavfsiz va sog'lom ishlash va tavakkalchilikni 
boshqarish majburiyati hamda iste'molchilarga yo'naltirilgan moliyaviy xizmatlar 
muhitida bank xodimlarining javobgarligini tushunishlari mumkin.




Talabalar aktivlari va majburiyatlarini boshqarishdan tortib, kreditlar va 
investitsiyalardan maksimal daromad olishgacha, shuningdek xarajatlar va xatarlarni 
minimallashtirish, moliyaviy ko'rsatkichlarni nazorat qilish va kelajak uchun 
rejalashtirishdan oldin banklar foydalanadigan va hisobotlarini tushuntiradigan 
moliyaviy hisobotlarni aniqlay olishadi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə