O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov



Yüklə 5,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/94
tarix08.06.2023
ölçüsü5,59 Mb.
#116037
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94
Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma

Ekran imkoniyati 
monitor, videoqurilma va operatsion sistema
imkoniyatlariga bog`liq bo`lib, piksellarda o`lchanadi va ekranda to`lig`icha
joylashadigan tasvir o`lchamini aniqlaydi 
Tasvir imkoniyati 
– bu tasvirning xususiyati bo`lib, bird yum uzunlikdagi
kesmada nechta nuqta tasvirlanganligi (
dpi
) bilan o`lchanadi. Bu birlik grafik
muharrir yoki skaner yordamida tasvir hosil qilish vaqtida belgilab olinadi. Tasvir


23 
imkoniyatining qiymati tasvir faylida saqlanib, tasvirning yana bir xususiyati –
haqiqiy o`lchami bilan bog`liq bo`ladi. 
Tasvirning haqiqiy o`lchami 
piksellarda yoki uzunlik o`lchov birliklari
(millimeter, santimetr, dyum)da o`lchanadi. U tasvir hosil qilish vaqtida
belgilanadi va tasvir fayli bilan birga saqlanadi. 
Agar tasvirni ekranda ko`rish kerak bo`lsa, uning o`lchamini piksellarda
ifodalash qulay. Chunki bu holda tasvir ekranning qanday qismini egallashini
aniqlash oson bo`ladi.
Agar tasvirni qog`ozga chop etish kerak bo`lsa, uning o`lchamini uzunlik
o`lchov birliklarida ifodalash qulay. Chunki bu holda tasvir qog`ozning qanday
qismini egallashini aniqlash oson bo`ladi. 
Tasvirning yana bir xususiyati, unda qoallanilishi mumkin bo`lgan ranglar
miqdoridir. Ya’ni, har xil tasvirlar turli rang ko`lamiga ega bo`lishi mumkin: oqqora 
shtrixli, nimrang (kulrangning oqdan qoragacha asta o`tib boruvchi tuslari)
indekslangan rangli, to`liq rangli. 
Oq-qora shtrixli tasvir
. Tasvirning har bir pikseliga bir bit axborot
ajratiladi. Ma`lumki, bir bit yordamida ikki holatni kodlash mumkin:
oq 
va 
qora
 
rang. Tasvirning bunday turi 
Bitmap 
deb ataladi. Bunday tasvirnng rang ko`lami bir 
bit bo`ladi. 

Yüklə 5,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə