O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo`mitasi


Tadqiqot obyekti va predmetining belgilanishi



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/25
tarix17.06.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#117611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Tadqiqot obyekti va predmetining belgilanishi.
Ma‘lumotlarni 
intelektual tahlil etishning sinflashtirish usullari, algorotimlari tadqiqot obyekti 
bo‘lib, intellektual tahlil etish, statistik tahlil, ma‘lumotlar strukturasi va 
algoritmlash tadqiqotning predmeti hisoblanadi.
 
Tadqiqot maqsadi va vazifalari
. Ma‘lumotlarni intellaktual tahlil 
etishning klasterizatsiya usullari va algoritmlarini qiyosiy tahlil qilish, ta‘lim 
tizimida shakllanadigan ma‘lumotlarni klasterizatsiya usullari orqali intellektual 
tahlil etishdan iborat.
Dissertasiya ishida tadqiqot maqsadini amalga oshirilishi uchun quyidagi 
vazifalar qo‘yildi: 
intellektual tahlil bo‘yicha adabiyotlarni tahlil qilish;
ma‘lumotlar intellektual tahlilida kalasterizatsiya usullarini tavsiflash 
va qiyosiy tahlil qilish; 
ma‘lumotlarni intellektual tahlilning klasterizatsiya usullari uchun 
dasturiy ta‘minotlarini tadqiq qilish; 
klasterizatsiya usulida ma‘lumotlarni intellektual tahlilini amaliy 
masalalarga taqbiq etish. 



 Tadqiqotning 
asosiy 
masalalari 
va 
farazlari.
Ma‘lumotlarni 
intellektual tahlil etishning klasterizatsiya usullari, ularning qiyosiy tahlillari va 
o‘qitish jarayoni uslubiyatini ilmiy-amaliy asoslash imkoniyatini beradi.
Muammoni o’rganganlik darajasi.
O‘qitish jarayonida ma‘lumotlarning 
intellektual tahlilini qo‘llash, avtomatlashtirilgan shu sohada o‘qitishni tashkil 
etish, qolaversa intellektual elementlarni o‘zida mujassamlashtirgan intellektual 
o‘qitish tizimlarni tashkil etishining nazariy asoslari hamda ularning amaliy 
tadbig‘i borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, ular usullar, 
algoritmik vositalar ko‘rinishda o‘z aksini topgan. Ushbu ishlar Grigoriy 
Piatetskiy, L.Zade, R.A.Fisher, A.A.Barsegyan, V.I.Vasilev, Ayvazyan S.A, 
N.G.Zagoruyko, I.A.Chulkova, N.Paklin, Jan Jantzen va vatandoshlarimiz – 
T.F.Bekmuratov,O.J.Bobomurodov, 
Komarov 
V.A, 
M.M.Kamilov,
N.A.Ignatev, A.R.Axatov, O.N.Raximov izlanish natijalari hamda amaliy tadbiq
jarayonlarida o‘z aksini topgan. 
O‘rganib chiqilgan ishlarda, intellektual tahlillar asosida o‘qitishni tashkil 
etish elementlarining modellari tadqiq qilingan, biroq intellektual tahlillar 
asosida o‘qitish tizimini bilimlar bazasida ifodalash masalalari yetarlicha 
o‘rganilmagan. Shu sababli, tadqiqot ishida intellektual o‘qitishni tashkil etishda 
bilimlar bazasini shakllantirish masalalari, shu orqali tizimning samarali ishini 
yo‘lga qo‘yish vazifalarini chuqurroq tahlil etish va tadqiq qilishga asos bo‘ldi. 

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə