10
KIRISH
Jahon hamjamiyatida O„zbekiston o„z o„rnini egallashi,
raqobatbardosh
iqtisodiyotni yaratish hamda barqaror iqtisodiy o„sishni ta‟minlash, yangi ish
o„rinlarini tashkil qilish orqali bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari
va farovonligini oshirishda tobora muhim o„rin tutayotgan
kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag„batlantirish va qo„llab-quvvatlash, ta‟lim
tizimida zamonaviy axborot va ilg„or pedagogik texnologiyalarni qo„llash – ustuvor
masalalar bo„lib qolmoqda.
“Ekonometrika asoslari” fani ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning
ekonometrik modellarini tuzish, tuzilgan modellar yordamida
iqtisodiy subyektlar
holatini tahlil qilish va tahlil natijalari asosida optimal qarorlar qabul qilishni,
tuzilgan modellarni turli xil mezonlar asosida tekshirish va ularni tadbiq qilish hamda
ijtimoiy-iqtisodiy ko„rsatkichlarni prognoz qilishni o„rganadi.
Mamlakatimizda banklarning kapitallashuvi va investitsiyaviy faolligini
yanada oshirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o„zgarishlarning ustuvor yo„nalishlarini
qayta tiklash va kengaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik yangilashga qaratilgan kreditlash hajmini
oshirish va bu jarayonlarda
ekonometrik
modellashtirish
usullaridan
foydalanish
muhim
vazifalardan
hisoblanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida ro„y berayotgan jiddiy tarkibiy o„zgarishlar tashqi
iqtisodiy ko„rsatkichlarda o„zining aniq ifodasini topmoqda. Bunday iqtisodiy o„sishga
erishishda, avvalambor, keng ko„lamli tizimli bozor islohotlarini joriy etish va xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o„zgarishlarni amalga oshirish,
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilganligi katta ahamiyatga egadir.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida o„zgarib turuvchi raqobat muhiti va
bozor sharoitlarini ilg„ab olish, ularning mohiyati hamda qonuniyatlarini chuqur tahlil
qilishda ekonometrik usullar va modellardan foydalanish yordamida makroiqtisodiy
indikatorlarni prognozlash, ko„p variantli yechimlardan muqobil yechimni tanlash,
11
tavakkalchilik va noaniqlik sharoitida optimal iqtisodiy qarorlar qabul qilish,
keyinchalik, bu qarorlar bajarilishini kompyuter orqali monitoring qilish
masalalarining nazariy va amaliy tomonlarini o„rganishda “Ekonometrika asoslari”
fani muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi paytda iqtisodiy fan va amaliyot murakkab iqtisodiy, xo„jalik va
nazariy
masalalarni
hal
qilishda
amaliy
matematika
yutuqlaridan
keng
foydalanmoqda. Mamalakatimizda qabul qilingan “Ta‟lim to„g„risida”gi, “Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi” Qonunlariga asosan ta‟lim olayotgan
barcha talabalarni
raqobatbardoshligini oshirish maqsadida bugungi kunda ta‟lim jarayonlari tubdan
o„zgartirilmoqda. Ta‟lim sohasida o„qitishning yangi shakllari: yangi pedagogik
texnologiyalar, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ta‟lim berish usullari keng
qo„llanilmoqda. Bu esa ta‟lim oluvchilarning har tomonlama etuk, bilimdon va
raqobatbardoshligini ta‟minlashga imkon beradi.
Ushbu o„quv qo„llanmaning maqsadi talabalarniekonometrikaning markaziy
g„oyasi va ekonometrik nazariya texnikasi bilan to„liq ta‟minlash, shuningdek,
empirik loyihani amalga oshirish uchun zarur bo„lgan barcha vositalarni berishdir
1
.
Birinchi
navbatda, o„quv qo„llanma matnida taqdim etilgan nazariyalarni
tushuntirishda ekonometrika nazariyasi bilan bog„liq chuqur tahliliy va
soddalashtirilgan yondashuvlarni ko„rsatib beradi. Ekonometrikada matematikadan
foydalanish amaliy jihatdan muqarrar bo„lgan holda, o„quv qo„llanma yanada puxta
tushunish uchun matematikadan foydalanishni afzal ko„ruvchilar bilan bir qatorda
mustahkam matematik bilimga ega bo„lmagan o„quvchilar uchun ham mo„ljallangan.
Maqsadga erishish uchun, kitob ikkita alohida bo„limlarda
talab asosida fanga
umumiy va matematik amallar orqali yondashuvni ta‟minlaydi. Shunday qilib,
matematik amallar va dalillar bilan band bo„lishni istamaydigan o„quvchi har bir
mavzuning matematik taxlillarini o„tkazib yuborib,matn uzluksizligiga ta‟sir
qilmagan holda umumiy yondashuv asosida foydalana oladi. Shu bilan birga har bir
mavzuni matematik tahlil qilib o„rganishni xohlovchilar uchun har qaysi bobda
1
Gujarati, Damodar N.Basic econometrics / Damodar N. Gujarati, Dawn C. Porter. 5th ed.New York, NY McGraw-
Hill/Irwin2009. р.xvi
12
tegishli bo„limlarni o„rganish imkoni mavjud. Bu imkoniyatdan foydalanib,
ahamiyatga ega bo„lgan hollarda ba‟zi masalalarni dalillarini
matritsalar algebrasi
usulidan foydalanib chuqur tahlil qilish mumkin va ayni paytda bu o„tkazilgan
tahlillarning asosiy qismi matritsalar algebrasi kursini o„rganmaganlarga ham
tushunarli bo„lishi uchun soddalashtirilgan usullarda taqdim etiladi.
O„quv qo„llanma boshlang„ich darajada bo„lib, bakalavriat talabalari uchun
tavsiya etilishi bilan bir qatorda magistr va ilmiy izlanuvchilarning amaliy
ishlaridayordamchi vosita bo„lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: