Mavzu: O’zbekistonning Jahon bozoriga kirib borish muammolari. Bajardi


O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining tarkibi va rivojlanish



Yüklə 19,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix05.07.2023
ölçüsü19,49 Mb.
#119276
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O‘zbekistonning jahon bozoriga chiqish muammolari

2.3 O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining tarkibi va rivojlanish 
dinamikasi. 
O‘zbekistonda davlat mustaqilligi e’lon qilingandan keyin uning tashqi 
iqtisodiy aloqalari sohasida yangi davr boshlandi. 
O‘zbekiston amalga oshirayotgan tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakli 
xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlik qilishdir. Ular bilan valyuta-
kredit munosabatlari, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, xo‘jalik korxonalarini 
birgalikda qurish, oldi-sotdi ishlari kengaytirilmoqda. 


~ 37 ~ 
O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Respublika tashqi savdo va xorijiy 
mamlakatlar bilan aloqa vazirligi tuzildi. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat 
milliy banki ham o‘z ishini boshlab yubordi. 
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Respublikada xorijiy sarmoyalar bilan 
korxonalar, jumladan, qo‘shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar 
hamda ularning bo‘linmalarini barpo etish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
tartibi haqida maxsus qaror qabul qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi ko‘plab chet el firmalari bilan qo‘shma korxonalar 
qurish xususida shartnomalar imzolagan.Ularning anchasi qurilishni boshlab 
yubordilar. Bir qancha qo‘shma korxonalar o‘z mahsulotlarini bera boshladi. 
“Sovplastital” 30 turdan ortiq mahsulot Xitoy xalq Respublikasi bilan 
birgalikda qurilgan korxonalar termos, televizor, Ispaniya hamkorligida 
qurilgan korxona bir marta foydalanadigan shpris ishlab chiqarmoqda. AQSH 
bilan birgalikda kon chiqindilaridan oltin ajratib olinmoqda. Janubiy 
Koreyaning DEU firmasi, Asaka, GFRning Mersedes-Bens firmasi Do‘stlik 
(Xorazm) shaharlarida avtomobil zavodlari qurmoqda. Buxoroda Hindiston 
bilan birgalikda shifobaxsh o‘tlardan dorilar tayyorlaydigan korxona. Bukada 
Turkiya 
bilan 
hamkorlikda 
akkumlyator 
zavodi 
qurildi. 
Turkiya 
Respublikamizning ko‘pgina viloyatlarida yengil va oziq-ovqat korxonalari 
qurmoqda. Bunday korxonalarni Pokiston, Hindiston va boshqa xorijiy 
davlatlar ham qurmoqdalar.Tashqi iqtisodiy aloqalar O‘zbekiston mustaqilligi 
e’lon qilingandan beri tez sur’atlar bilan kengayib bormoqda. 
O‘zbekiston xorijiy mamlakatlarga anchagina keng iste’mol buyumlari, ayniqsa 
milliy gazlamalar, oziq-ovqat (o‘simlik moyi, meva sabzavot, sharoblar va 
hokazo) mahsulotlar chiqaradi.Respublikamiz xorijiy Osiyo mamlakatlariga 
yanada kengroq xildagi sanoat mahsulotlari, asbob-uskunalar eksport 
qilmoqda.O‘zbekiston Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan ko‘p miqdorda turli 
xalq iste’moli buyumlari; mebel, kiyim-kechak, gazlama, poyabzal, ro‘zg‘or 


~ 38 ~ 
elektr asboblari, yozuv mashinalari servislar, attorlik mollari, tamaki va 
qandolat mahsulotlari, sabzavot hamda meva konservalari, sharob va hokazolar 
oladi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlardan O‘zbekistonga xalq iste’moli mollari, tropik 
va subtropik mevalar, choy, qora murch, yengil va oziq-ovqat sanoatining 
ayrim mahsulotlari keltiradi. Respublikamiz turli mutaxassis kadrlarni qo‘shni 
mamlakatlarda xo‘jalik obektlarini bunyod etishda qatnashmoqdalar. 
O‘zbekiston bu mamlakatlarga miliorasiya, suv xo‘jaligi, paxtachilik
sholikorlik, geologiya, energetika, to‘qimachilik va .xokoza tarmoqlar 
mutaxassislarini jo‘natib turadi. O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlarning 
milliy iqtisodiyotini rivojlantirinda yordam berish bilan birga ular xo‘jaligining 
turli 
sohalari 
uchun 
milliy 
kadrlar 
tayyorlashda 
ham 
samarali 
ko‘maklashmoqda.Respublikamizning bir qancha oliy o‘quv yurtlarida Osiyo, 
Afrika mamlakatlarining yoshlari taxsil olmoqdalar. 
O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar toboro 
kengayib bormoqda. Respublikamiz bu mamlakatlarga faqat qishloq xo‘jalik 
maxsulotlarigina emas, balki anchagina miqdorda sanoat maxsulotlarini ham 
chiqaradi. Bu maxsulotlar orasida o‘rug‘lik chigit, pila, ip va tabiiy ipak 
gazlamalar, paxta moyi, dori-darmonlar, buyan ildizi, meva konservalar, tomat 
pastasi va xakozalar ulushi ancha kattadir.Respublikamiz rivojlangan 
mamlakatlardan turli mashina va zamonaviy sanoat uskunalari oladi. Fransuz 
firmalari uysozlik kombinatlari qurish hamda Toshkent shampan sharobi zavodi 
uchun, Toshkent tamaki fabrikasi uchun jixozlar yubordilar. Shvesiyada 
Toshkent shaxarlararo avtomat – telefon stansiyasi uchun jixozlarining bir 
qismi olindi. Italiyadan Chirchiq kaprolaktam zavodi uchun kerakli jixozlar 
olindi. 
Respublikamiz iqtisodiyoti, fan va texnikasining tez rivojlanib borishi 
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarda yanada keng ko‘lamda 
qatnashishiga zamin yaratadi.Mustaqil O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar 


~ 39 ~ 
ko‘rgazmalari o‘tkazilmoqda. Respublikamizda 1991 yili Yaponiya (Chori 
firmasi), Xindiston, Bangladesh kabi mamlakatlar sanoat maxsulotlari 
ko‘rgazmalari o‘tkazdilar. Bunday tadbirlar O‘zbekistoning xorijiy mamlakatlar 
bilan aloqasini kengaytirmoqda. 
O‘zbekistonlik mutaxassislar Afg‘onistonda bir qancha suv inshootlari , 
jumladan, Jalolobod irrigasiya majmui, Sarda va Qunduz daryolaridan 
to‘yinadigan so‘g‘orish kanallari, suv omborlari, shuningdek sanoat korxonalari 
va uy-joylar qurishda, Suriyada Furot daryosiga gidrouzel bunyod etishda
Xindistonning Madras, Madxya-Pradesh va O‘ttar—Pradesh shtatlarida issiqlik 
elektr stansiyalari datlabki paxta tozalash sanoati, Jazoir, Gana, Mali, 
Indoneziya, Shri-Lanka hamda Kombodjada sholipoyalar barpo etishda ishtirok 
etdilar. 
O‘zbekiston Re5spublikasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi, 
Xelsinki jarayoniga qo‘shildi. U Yevropa qayta tiklash va taraqqiyot bankining 
a’zosidir. 
Endilikda Respublikamiz vakillari BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi 
ishida, shuningdek uning maorif, fan va madaniy masalalar bo‘yicha 
mutaxassisi (Yunesko), halqaro mehnat tashkiloti (Mot), sog‘liqni saqlash jahon 
tashkiloti (Voz), ishlarida ishtirok etmoqdalar. O‘zbekistonning savdo-sanoat 
palatasi Afrika–Osiyo iqtissodiy hamkorlik tashkilotining a’zosidir. Chet 
mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar O‘zbekiston jamiyati 120ga 
yaqin davlatlar bilan ish olib bormoqda. Ular bilan adabiyot, san’at, sport va fan 
sohasida samarali hamkorlik qilmoqda. 
Halqaro turizmni yanada rivojlantirish uchun O‘zbekistonda keng imkoniyatlar 
mavjud. O‘zbekistonnig chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar halqlarning 
ma’naviy va ma’daniy boyliklarini rivojlantirishga munosib xissa bo‘lib 
qo‘shilmoqda.O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi eng yirik 


~ 40 ~ 
savdo-iqtisodiy sherigi hisoblanadi. 1994 yil oktabrda O‘zbekiston bilan 
Yevropa Ittifoqi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi va Bryusselda, 
Yevropa Ittifoqi xuzurida O‘ZR diplomatik vakolatxonasi ishlay boshladi. 1995 
yilda Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasida sheriklik va hamkorlik 
to‘g‘risida bitim tuzish bo‘yicha bir necha marta muvaffaqiyatli muzokaralar 
o‘tkazildi. 
Bu bitim Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar va O‘zbekiston o‘rtasida 
iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy aloqalar uchun keng 
imkoniyatlar ochib beradi. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida 
to‘qimachilik maxsulotlari savdosi bo‘yicha bitim tuzilgan. O‘zbekistonda 
Yevropa 
Ittifoqining 
“Ta’sis” 
texnikaviy 
ko‘maklashish 
dasturlari 
muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. O‘zbekiston eksportining asosiy maxsulotlari: 
paxta tolasi (1994 yilda paxta tolasi eksporti bo‘yicha jaxonda AQShdan 
keyingi 2-o‘rinni egalladi), mashinalar, ularga jihozlar va ehtiyot qismlar, rangli 
va qora metallar, mineral xom ashyo, o‘g‘it, pilla, paxta chiqindilari, o‘simlik 
moyi, ip gazlama.O‘zbekistonda 30dan ortiq mahsulot turi chetdan keltiriladi. 
Bo‘g‘doy, go‘sht va sutmahsulotlar, sut va sut mahsulotlari, sariyog‘, shakar, 
moyli o‘simliklar urug‘lari va mevalar, choy, kofe, shirinliklar, kartoshka, 
farmasevtika 
mahsulotlari, 
kiyim-kechak, 
trikotaj, 
charm, 
poyabzal, 
avtomobillar (yengil, yuk va maxsus ishlarga mo‘ljallangan), qora va rangli 
metallar hamda ulardan yasalgan mahsulotlar, teleradio apparatura, mashinalar 
uskuna jihozlar importining asosiy bandlarini tashkil etadi.Mamlakat chetdan 
oladigan jami tovarlarning 18.2%dan ko‘prog‘ini oziq-ovqat mahsulotlari 
tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining qaror topishi darajasiga 
qarab Respublikaning oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyojlari mamlakatning 
o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hisobiga qondirilishining uzoq muddatli 
rejasi belgilangan.Respublika uchun xorijiy sarmoyadorlarni iqtisodiyotini 
barqarorlashtirish va yanada rivojlantirish dasturini amalga oshirishga jalb 
qilish, chet ellik tadbirkorlar va xalqaro tashkilotlar bilan ishlab chiqarish 
sohasida qisqa vaqtda foyda ko‘rib ishlashni ta’minlaydigan loyihalarni amalga 
oshirish uchun investisiya fondini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. 
Yuqoridagilarni hammasi mustaqil davlatimizning tashqi bozoriga faol kirib 


~ 41 ~ 
borish, xorijiy sheriklar bilan hakorlikni yo‘lga qo‘yish, jahon hamjamiyatiga 
integrasiyalanish imkoniyatlari yaratildi. 

Yüklə 19,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə