Международный научный журнал № 1(100), часть 1
«Научный Фокус» май, 2023
871
XITOY XALQ RESPUBLIKASI TASHQI SIYOSATINING SHAKLLANISHI VA
ASOSIY TAMOYILLARI
Sabirov Latifboy Otabek o‘g‘li
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti
Xalqaro munosabatlarda har bir davlatning rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatni
kasb etadigan asosiy omil sifatida uning tashqi siyosati e’tirof etiladi. Tashqi siyosat
deganda – bu bir davlatning boshqa davlatga yoki umumiy xalqaro munosabatlarning
boshqa aktorlariga nisbatan qaratilgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalari
tushuniladi. Albatta, har bir davlat o’zining tashqi siyosiy konsepsiyasiga va siyosiy-
iqtisodiy qarashlarga ega bo’lishi jahon siyosatida qayd etiladi, shu o’rinda Xitoy Xalq
Respublikasi ham o’z tashqi siyosiy nazariyasiga ega.
Xitoy tashqi siyosatini rivojlanish bosqichlarini bir nechta davrlarga bo’lish
mumkin. Birinchi navbatda bu ikkinchi jahon urushidan keyin Xitoyning asoschisi Mao
Szedun tamonidan sotsializmga asoslangan va shu asosida qurilgan davlatlar bilan
aloqalarni rivojlantirish va kapitalizm prinsipini ilgari suradigan G’arb va Yevropa
davlatlaridan uzoqroq turish siyosati bo’lgan. Hokimyatga “Xitoy islohotlarining
arxitektori” nomi bilan ataladigan Den Syaopinning kelishi bilan, Xitoy tashqi
siyosatining asosiy prinsiplari ham o’zgarishlarga uchray boshladi, ya’ni Xitoyning
dunyo hamjamiyatiga o’z eshiklarini ochishi va unda kapitalizmning ko’rinishlari
paydo bo’lish jarayoni boshlangani qayd etishimiz mumkin.
Zamonaviy davrda Xitoy tashqi siyosatining asosiy nazariyalari Den Syaopinning
qarashlariga asoslangan holda tuzilganiga qaramasdan, bir muncha o’zgarishlarga, tom
ma’noda transformatsiyaga uchradi desak o’rinli bo’ladi. Xitoyning birinchi rahbari
tamonidan asos solingan asosiy prinsiplar “qo’shilmaslik”, “aralashmaslik”, “bosiqlik
va kamtarlik” kabi fundamental qarashlar hozirgi vaqtga kelib ham o’zinng aktualligini
yo’qotmaganligini zamonaviy jarayonlardagi Xitoyning tashqi-siyosiy aloqalaridan
ham ko’rishimiz mumkin. Ammo yangi asrning dastlabki o’n yilligida ko’rsatilgan misli
ko’rilmagan iqtisodiy o’sish ham shu barobarda rasmiy ravishda Aqshdan keyin
dunyoning eng kuchli iqtisodiga ega ekanligi e’tirof etilishi, buyuk islohotchining ayrim
qarashlari eskirganligini ko’rsatib berdi.
Xalqaro miqyosida Xitoyning tutgan o’rni va mavqeyi oshishi, o’z navbatida uning
tashqi siyosiy faoliyatidayam yangi qarashlar va yo’nalishlarni qabul qilishni taqozo
qiladi. Quyida ularning eng muhimlarini keltirib o’tish joiz hisoblanadi:
“Hamjihatlikda rivojlanish”. Xitoy siyosatchilarining fikricha rivojlanish va
modernizatsiya qilish jarayoni hamma davlatlarda parallel ravishda amalga oshishi
kerak. Ya’ni g’oya bo’yicha bir davlat boshqalardan oldinlab ketishi yoki boshqa bir
davlatning hisobiga rivojlanmasligi kerak. Albatta, bu qarash o’zaro hamkorlikka
bo’lgan qiziqishni orttirishga ham xizmat qiladi.
Международный научный журнал № 1(100), часть 1
«Научный Фокус» май, 2023
872
“Uyg’un dunyo”. Bu nazariyaning asosiy maqsadi Xitoy bilan qo’shni, yaqin yoki
uzoq masofadagi davlatlar bilan barqaror aloqada bo’lishga, qolaversa ichki siyosatda
ham Xitoyning o’zida “barqaror jamiyatni” yuzaga keltirish asos qilib belgilangan.
“Umumiy javobgarlik”. Ya’ni, garchi dunyoda yetakchi va o’z so’ziga ega
davlatlarga, qaysidir holat bo’yicha javobgarlikni yuklatishga moyillik mavjud bo’lsada,
Xitoyning qarashlarida bu masu’liyatni o’zaro teng asosda va birgalikda o’z
zimmalariga olish maqbul hisoblanadi.
“Faol ishtirok”. Bu tezisda qaysidir jihatdan yashirin ma’no mavjud, bu g’oya
Xitoy tashqi siyosatining birmuncha o’zgarganini, ya’ni yanada faolroq tarzda ikki
tomonlama yoki ko’p tomonlama munosabatlarda o’z pozitsiyasini bayon etish.
Xitoyning BMT, SHXT, BRIKS, ASEAN+1, kabi ko’p tomonlama proektlardagi ishtiroki
bunga yaqqol misol bo’la oladi.
Albatta, yuqorida qayd etilgan holatlar katta ahamiyatga ega o’zgarishlar
hisoblanadi, lekin o’sha Xitoyning xalqaro hamjamiyatdagi faol ishtirokiga
qaramasdan, diplomatik va tashqi siyosiy faoliyatida mavhumlik holati ham mavjud.
Bir tarafdan Xitoy o’zini yetakchi davlat maqomidan, BMT ning xavfsizlik
kengashi a’zosiligi, katta yigirmatalik J-20 ga kirishi, qolaversa xalqaro miqyosidagi
yuqori darajali uchrashuvlardagi ishtiroki bilan dunyo siyosati uchun alohida ahamiyat
kasb etishi mumkin.
92
Lekin umumiy olib qaraydigan bo’lsak, Xitoyning global
miqyosidagi muammolarni hal etishda bo’lgan ishtiroki ancha passiv darajada.
Xitoy xalqaro diplomatiyani shakllantirmaydi va boshqa davlatlar siyosatini
yuritmaydi, hamda global kelishuvni amalga oshirmaydi.
Ko’pgina xalqaro miqyosidagi masalalar yuzasida ham Xitoy pragmatik tarzda,
ya’ni ko’proq o’zini chetga olish siyosatini ma’qul ko’radi, bu ko’pgina hujjatlarda ham
aksini topadi va mazkur hujjatlar yetarli ahamiyatga ega bo’lmay qoladi. Albatta, agar
bu masala Xitoyning o’ziga taalluqli bo’lsa, pozitsiya umuman boshqa va kuchli tarzda
bo’ladi.
Albatta, bugungi kundagi Xitoyni uning iqtisodisiz tasavvur qilib bo’lmaydi va bu
davlat haqida birinchi navbatda yuzaga keladigan fikr bu uning iqtisodiy qudrati.
Xitoyning butun dunyoga taklif qilayotgan iqtisodiy loyihalarining ko’lami, “bir makon
– bir yo’l”, kabi megaproektlarga alohida e’tirbor qaratishi, uning tashqi siyosatida
mavjud bo’lgan iqtisodiy va siyosiy aspektlarning o’zaro bog’liqligi kabi jihatlarni
o’rganishni taqozo etadi.
93
Zamonaviy davrda ko’pgina davlatlar Xitoyning iqtisodiy jihatdan bu darajada
o’sishidan havotirga tushishmoqda. Bunga sabab sifatida esa Xitoy tashqi siyosatida
muqim o’rin tutuvchi “Tinch rivojlanish” konsepsiyasi ko’rsatiladi. Bu konsepsiya
Xitoyning umumjahon iqtisodiy rivojlanish modeliga mansubligini tasvirlab va
qonuniylashtirishi barobarida, yer yuzida tinchlik va barqarorlik bo’lishida xizmat
92
First ETNC report, Mapping Europe– China Relations: A Bottom–Up Approach, 2015. с 1–196
93
Vision and Actions on Jointly Building Silk Road Economic Belt and 21st–Century Maritime Silk Road’, March
2015 режим доступа: http://en.ndrc.gov.cn/newsrelease/201503/t20150330_ 669367.html. 12.12.2016).
Международный научный журнал № 1(100), часть 1
«Научный Фокус» май, 2023
873
qilishini anglatadi. Umuman olganda, bu rivojlanish modeli, qanday qilib iqtisodiy
rivojlanish orqali xalqaro siyosiy va xavfsizlik, qolaversa ichki barqarorlikga erishish
mumkinligini izohlab beradi. Ushbu “tinch rivojlanish” nazariyasida alohida o’rin
Xitoyning rivojlanayotgan davlat sifatida qaralishiga va uning oldida ham boshqa
rivojlanayotgan davlatlar bilan bir xildagi chaqiruvlar turganini ko’rsatishga
qaratilgan.
Xususan, “Tinch rivojlanish” strategiyasi 2011-yilda e’lon qilingan bo’lsada,
bungacha qariyb o’n yil vaqt, Xitoyning bu darajada yuksalishini qanday qilib to’g’ri
yetkazishga sarflangan, bu holatdan norozi bo’lishi mumkin bo’lganlarni tinchlantirish
maqsadida. Bu yangi doktrina qaysidir ma’noda Den Syaopin g’oyalarining yangi
varianti sifatida qabul qilindi, uning fikriga ko’ra Xitoy tashqi siyosatida qulay
vaziyatni kutib turish va o’zining imkoniyatlarini yashirish taktikalarini qo’llashni
nazarda tutgan, shuning uchun ham asosiy o’rinda o’sha mavjud passivlikning
oqlanishi sifatida qaraladi.
Bu doktrinaning tuzilishi jihatdan iqtisodiy liberalizmga oid qarashlar bilan
bog’liq taraflari mavjudligi alohida qayd etiladi. Xitoy iqtisodining o’sishi butun dunyo,
mintaqa va dunyoning boshqa chekkalaridagi barqaror vaziyatga bog’liq. O’z navbatida
Xitoyning xalqaro savdo, investitsiya va moliya jarayonida ishtirok etishi iqtisodning
global miqyosida o’sishiga sabab bo’ladi va bu esa dunyoda tinchlik va barqrorlikka
olib keladi. Xuddi shunga o’xshash tartib Xitoy ichki siyosiy va iqtisodiy boshqaruvida
ham amal qiladi. Iqtisodiy rivojlanish mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikni
ta’minlashda muhim omil hisoblanadi va bunday holat o’z navbatida iqtisodning
ko’tarilishiga zamin yaratib kelmoqda.
Tashqi aloqalarga to’xtaladigan bo’lsak, “tinch rivojlanish” doktrinasi ko’pgina
davlatlar bilan o’zaro foydali bo’lgan iqtisodiy va siyosiy kelishuvlarga ega ekanligini
qayd etishimiz mumkin. Bu orqali biz Xitoy jamiyatida marksistik an’analarining
chuqur ildizga egaligini, ya’ni iqtisod va siyosat o’rtasidagi bog’liqlik ham davlatning
ichida va xalqaro maydonda ham mavjudligini ko’rsatib beradi. Amaldagi davlat
rahbari Si Szinpin ham, ushbu strategiyaning siyosiy-iqtisodiy asosiy prinsiplarining
hal qiluvchi markaziy roldaligini e’tirof etib kelmoqda.
Xitoy hukumati vakillari va sohadagi yetakchi mutaxassislari, shunga o’xshash
g’oyalarni targ’ib qilish orqali Xitoyning mintaqadagi va butun dunyodagi
iqtisodiyotning yetaklovchilik rolidagi o’rnini qayd etishadi. Xitoy rahbarlari har doim
ularning davlati Aqsh yoki Yevropa davlatlari singari dunyoda yetakchi maqomi uchun
da’vo qilmasligini aytib kelishadi, Xitoy tashqi siyosatini o’zaro siyosiy-iqtisodiy
manfaat asnosida qurishga harakat qilishini ta’kidlashadi.
94
“Tinch rivojlanish”
nazariyasi Xitoy tashqi siyosatining rasmiy qarashlarida markaziy o’rinni egallaydi,
ammo shu bilan bir vaqtda global munosabatlarning kengayishi natijasida yuzaga
kelayotgan va bo’lishi mumkin bo’lgan muammolar yuzasidan yangi yechim yo’llari
94
An Old Story and New World Peace, in Contemporary Chinese Political Thought: Debates and Perspectives. Edited
by Fred Dallmayr and Zhao Tingyang. Kentucky: The University Press of Kentucky. 2012. 283 p
Международный научный журнал № 1(100), часть 1
«Научный Фокус» май, 2023
874
ustida harakat ham olib borilmoqda. Xitoyning iqtisodiy tamondan o’sib borishi va
uning jahon iqtisodiyoti bilan uzviy bog’liqligini butun dunyo hamjamiyati havotir
bilan qarshi olayotgan bo’lsada, Xitoy yangi iqtisodiy loyihalarni taqdim etishda davom
etayotgani bilan ajralib turibdi.
Xulosa o‘rnida, Xitoy tashqi siyosati o’zining nazariy, amaliy va tarixiy asoslariga
ega. Tashkil topgan davrdan to bugungi kungacha tabiiyki, tashqi siyosiy konsepsiya
o’zgarib transformatsiyaga uchrab borgan. E’tiborga molik jihati shuki, tashqi siyosat
masalasida Xitoyda asosiy rollarni shaxslar ijro etib bergan deyishimiz mumkin va
albatta davlat asoschisi Mao Szedunni alohida e’tirof etish mantiqan to’gri hisoblanadi.
Xitoy Xalq Respublikasi yuzaga kelgan davrdan Mao sotsializm tarafdorlari bilan
muqim aloqalarni yo’lga qo’ydi va g’arb davlatlari, xususan yevropa bilan ham deyarli
tashqi-siyosiy aloqalarni yuritmadi. Chunki, Yevropa mintaqasi davlatlari sotzializm
qarashlaridan uzoqroq bo’lishgan va kapitalizm yo’lini tanlashgan.
Keyingi navbatda albatta, islohotchi Den Syaopin turadi, aynan uning hokimiyatga
kelishi Yevropa eshiklarining ochilishi bilan ta’riflanadi. Syaopinning “Xitoycha
xususiyatli sotzializm” g’oyasi kapitalizmga xos bo’lgan ochiq bozor munosabatlari
o’rnatilishiga va birin-ketin Yevropa davlatlari bilan diplomatik aloqalarni yo’lga
qo’yishga zamin yaratdi.
Katta ehtimol bilan, Xitoy tashqi siyosatining asolardan sanaladigan
“Hamjihatlikda rivojlanish” g’oyasidan foydalanishni ilgari surishni va tashqi iqtisodiy
faoliyat ko’lamini kengaytirishga bo’lgan harakatalarni o’stirishda davom etadi. Xitoy
o’z tashqi siyosatining azaliy prinsipi soyada qolib, ortiqcha shovqin qilmasdan,
qolaversa o’zining yetakchilikka bo’lgan da’volarini ochiqcha bayon qilmasdan
harakatlanish g’oyasiga sodiq qolgan holda tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyat olib
borishini kutishimiz o’rinli bo’ladi. Albatta, zamonaviy xalqaro munosabatlar va jahon
siyosatida sodir bo’layotgan o’zgarishlar Xitoyning ham tashqi siyosati, vaziyatga
qarab birmuncha o’zgartirishga yuz tutishi muqarrarligini ham alohida qayd etishimiz
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |