|
Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasiIlm-fan va innovatsiya 0734ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
119
xatti-harakatiga e’tibor qaratdi. Xulq-atvor yondashuviga ko‘ra, samaradorlik rahbarning
shaxsiy fazilatlari bilan emas, balki uning qo‘l ostidagilarga nisbatan xulq-atvori bilan
belgilanadi.[2]
Situatsion yondashuv- na shaxsiy yondashuv, na xulq-atvor yondashuvi, bir tomondan,
rahbarning shaxsiyati yoki xatti-harakati, ikkinchi tomondan, samaradorlik o‘rtasidagi
mantiqiy munosabatni ochib bera olmaydi. Bu shaxsiy fazilatlar va xatti-harakatlar yetakchilik
uchun ahamiyatsiz degani emas. Aksincha, ular muvaffaqiyat uchun muhim tarkibiy
qismlardir. Biroq, so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yetakchilik samaradorligida
qo‘shimcha omillar hal qiluvchi ro‘l o‘ynashi mumkin. Bu vaziyat omillariga
bo‘ysunuvchilarning ehtiyojlari va shaxsiy fazilatlari, topshiriqning tabiati, atrof-muhitning
talablari va ta’siri, menejer uchun mavjud bo‘lgan ma’lumotlar kiradi.
Liderlikning xarizmatik nazariyalari- so‘nggi paytlarda bir qator yetakchilik nazariyalari
paydo bo‘ldi, ular orasida yetakchilarning xarizmatik fazilatlari nazariyalari ayniqsa keng
tarqalgan. Aniqlanishicha, xarizmatik fazilatlarga ega yetakchilarga ergashuvchilar yuqori
ishtiyoq bilan ishlay oladigan va nihoyatda yuqori natijalarga erisha oladilar. Bunday
yetakchilar, ayniqsa, taraqqiyotning muhim bosqichlarida, inqirozdan chiqish, tub islohotlar
va o‘zgarishlarni amalga oshirish davrida zarur.[3]
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki yetakchilikni o‘rganishga zamonaviy yondashuvlarga
tayanib yoshlarda yetakchilik faoliyatini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy yondashuvlar samarali yetakchilik super yetakchilik, murabbiylik uslubi,
transformatsion yetakchilik va xarizmatik yondashuvni o‘z ichiga oladi hamda rivojlantiradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|