0 ‘lim haqida dalolatnoma yozuvi M>
«
2
»
__________
avgust
____________200£_-y.
1. Familiyasi
Normatov
2. Ismi
Azim
3. Ota ismi
Akbarovich
4. Jinsi
Erkak
5. * Millati
0 ‘zbek
6. 0 ‘lgan vaqti «
2 » avuust
200
9
-v.
7. 0 ‘lgan joyi:
0 ‘zbekiston
Respublikasi
viloyati
Toshkent
shahar
Yunusobod
tumani
8. 0 ‘limning sababi
insult
9. Tug'ilgan vaqti va joyi
« 3 0 » oktabr \935-y.
0 ‘zbekiston
Respublikasi
viloyati
Toshkent
shahar
Yunusobod
tumani
Yoshi:
73
yoshda
Bir yoshgacha o‘lgan bola
oy
kun
nechanchi bolasi
onaning
yoshi
voshda
10. Yashagan joyi
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Toshkent
shahar (tumani)
Yunusobod
Zarbdor ko‘chasi, 37-uy.
(manzil)
11.* Oilaviy ahvoli
nikohda bo'lgan -1
Uil (beva) -3
(chizilsin)
nikohda bo'lmagan -1
ajrashgan -4
12. * Qayerda va kim bo'lib ishlagan
Pensioner
13. * Ma'lumoti
oliy-1
tueallanmagan
o‘rta
umumiy
(chizilsin)
oliy -2
maxsus -3
o‘rta-4
to‘liqsiz
boshlang'ich -6
__________________o‘rta -5__________________________________________
14. 0 ‘limni tasdiqlovchi hujjatlar
0 ‘lim haqida tibbiy guvohnoma N°38
(hujjat nomi, qachon, kim tomonidan berilgan)
10-poliklinika Toshkent sh.
15. Arizachining familiyasi, ismi, ota
Normatov Aziz Azimovich
ismi, manzili va imzosi
Zarbdor ko‘chasi, 37-uy.
imzo.
16. Guvohnoma berildi: 2-HR
N° 0052831_________________________
17. Belgilar uchun
Muhr o‘mi
Mudir
Nozir
*) Bir yoshgacha bolaning o'limi haqidagi dalolatnoma yozuvining 5,10,11,12,13-bandlari onaga nisbatan
o‘lim haqidagi tibbiy guvohnomaga asosan to'ldiriladi.
22
www.ziyouz.com kutubxonasi
Dalolatnoma yozuvining har ikkala nusxasi bir xil raqamlanadi va
birvaqtning o'zida birxil to‘ldiriladi, keyinchalik tegishli o'zgartirishlar
kiritilgan holda ham har ikkala nusxadagi dalolatnoma yozuvlariga
baravar kiritiladi. Dalolatnomalarning har bir turi bo'yicha alohida
raqamlar yuritiladi. Dalolatnoma yozuvlarining tartib raqami har yili
1-yanvardan 1-raqam bilan boshlanib. yil davomida dekabrning 31-
kuni oxirigacha izchil qo‘yib boriladi.
Dalolatnoma yozuvlarini qayd etishdan oldin FHDYo xodimi yozuvni
tuzish uchun asos bo‘ladigan hujjatlam i e ’tibor bilan tekshirib,
dalolatnoma yozuvini hujjatlar asosida aniq, chiroyli dastxat bilan, chizib
o‘chirishlarsiz to‘ldiriIishi lozim. Tuzatish yoki o ‘zgartirish kiritish zarur
bo‘lgan hollarda esa albatta izoh beriladi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Savollarga salbiy javob berilganda, chiziqcha qo'yish
mumkin emas,
«yo‘q» so‘zi yozilishi kerak.
t-Dalolatnoma yozuvlari pasport asosida, u bo'lmagan taqdirda —
shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida to ‘ldiriladi.{Chet el
fuqarolariga nisbatan dalolatnoma yozuvlari to‘ldirilayojga^3a'millatidan
tashqari qaysi davlat fuqarosi ekanligi ko‘rsatiladi. Millati haqida
maMumot bo‘lmagan hollarda fuqaroligi to ‘g‘risida ma’lumot yoziladi.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun millati yoniga «fuqaroligi yo‘q»
deb yozib qo‘yiladi.
«Tug‘ilgan joyi», « 0 ‘lganjoyi» ustunlarida respublika, viloyat, shahar
va tuman, qishloqlarda esa qishloq nomi ko‘rsatiladi.
«Doimiy yashash joyi» ustunida m a’lumotlar pasportga asosan
ko‘rsatiladi.
«Qayerda va kim bo‘lib ishlaydi» ustunida korxona, muassasa,
tashkilotning to ‘liq nomi hamda lavozimi ko'rsatiladi. Qarilik va
nogironlik bo‘yicha pensiyadagi shaxslarga nisbatan «pensioner» deb
yozib qo‘yiladi. 0 ‘sha ustunda harbiy xizmatchilarga nisbatan «harbiy
xizmatchi» deb yoziladi.
«Ma’lumoti» degan ustuni arizachining og‘zaki ko‘rsatmasi bo‘yicha
yoziladi.
«Taqdim etilgan hujjatlan> ustunida hujjatning nomi, seriyasi, raqami,
qachon va qaysi organ tomonidan berilganligi ko‘rsatiladi.
0 ‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvining «o‘lim sababi» ustunida o‘lim
haqidagi tibbiy guvohnomaning 8-bandi «v» qismi yoziladi.
0 ‘lik tug‘ilgan bolaga nisbatan tug‘ilish to ‘g‘risidagi
dalolatnoma
yozuvi tuziladi va uning faqat ayrim ustunlari to‘ldiriladi, ya’ni 1-ustuniga
onaning familiya, ism, ota ismi yoziladi, 14—18-ustunlari tibbiy
ma'lumotnoma asosida to‘ldiriladi.
Tirik tug'ilib, hayotining birinchi haftasida o‘lgan bolaga nisbatan
23
www.ziyouz.com kutubxonasi
ham tug'ilish, ham o‘lim haqida dalolatnoma yozuvi tuziladi va tug'ilish
to ‘g‘risidagi yozuv yuqoridagi tartibda to'ldiriladi. O'lim haqida
dalolatnoma yozuvining 1, 4, 5, 15-ustunlari perinatal o‘lim haqidagi
tibbiy ma'lumotnoma bo‘yicha to‘ldiriladi. Perinatal o ‘lim
va bir
yoshgacha bo'lgan bolalarning o‘limi haqidagi dalolatnoma yozuvidagi
«millati», «manzili», «oilaviy ahvoli», «ish joyi», «ma’lumoti» ustunlari
ona to‘g‘risidagi ma'lumotlar asosida toMdiriladi.
Har bir dalolatnoma yozuvi arizachi tomonidan o‘qib chiqib imzolanishi,
dalolatnoma yozuvini to ‘ldirgan xodim va FHDYo organi mudiri
tomonidan imzolanishi, gerbli muhrbilan tasdiqlanishi lozim. Agar fuqaro
dalolatnoma yozuvi tuzilgan tilni bilmasa, matn og'zaki taijima qilib berilishi
va bu haqda dalolatnoma yozuvining «belgi uchun» bandiga yozib qo‘yilishi
kerak. Kasalligi yoki boshqa sabablar bilan dalolatnoma yozuviga imzo
qo‘ya olmaydigan shaxs o'miga FHDYo organi xodimi ishtirokida boshqa
shaxs qo‘l qo‘yishi mumkin. Dalolatnoma yozuvi garang yoki kar-soqov
kishiga nisbatan tuzilayotgan bo‘lsa, u savodli bo‘lgan holda o‘zi imzo
qo‘yadi, savodsiz bo‘lsa, uning yaqinlaridan biri ishtirok etishi va yozuvning
mazmuni uning fikriga mos kelishini tasdiqlashi lozim. Ko‘zi ojiz shaxs
uchun tuzilayotgan dalolatnoma yozuvining matni unga o'qib beriladi.
Ko‘zi ojiz kishi o ‘zi imzo qo‘yishi yoki uning topshirig‘i bilan boshqa kishi
imzo qo‘yishi mumkin.
Qayd etilgan dalolatnoma yozuvining 1-nusxasi
uni qayd etgan
FHDYo organining o ‘zida qoladi va b o ‘lim arxivida har yilgi
dalolatnoma yozuvlari daftar shaklida tikilgan holda saqlanadi, ikkinchi
nusxasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va
Toshkent shahar Adliya boshqarmalarining FHDYo arxivlarida 75 yil
davomida saqlanadi.
Fuqarolik holatini qayd ettirishning muhim ahamiyati shundaki,
fuqarolik holati dalolatnoma yozuviga asosan FHDYo organi bergan
guvohnoma unda ko‘rsatilgan faktning to ‘g‘riIigini tasdiqlovchi shaksiz
dalil hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: