orqali kelib tushgan takroriy guvohnoma so'ralgan
arizalar shu kuni
ijro etiladi va ilova xat bilan birgalikda arizachining doimiy yashash
joyidagi tuman (shahar) FHDYo bo'limiga jo'natiladi va bir vaqtning
o ‘zida ariza beruvchiga guvohnoma jo ‘natilganligi haqida xabarnoma
beradi («Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari»ning
208-bandi).
FH D Y o b o ‘lim ida kerakli dalolatnom a
yozuvining nusxasi
saqlanmagan bo‘lsa, bu haqda arizaga yozib qo'yiladi va arizani
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar,
Toshkent
shahar FHDYo arxiviga yuboradi. FHDYo arxivi arizani qabul qilib
olishi bilan arizachiga topshirish uchun u yashab turgan joydagi FHDYo
b o ‘limiga takroriy guvohnom ani yuboradi. Beriladigan takroriy
guvohnomalarning yuqori qismiga «Takroriy» degan belgi qo‘yiladi.
Agar dalolatnoma yozuvining nusxasi viloyat
FHDYo arxivida ham
saqlanmagan bo‘lsa, avyal yo‘qolgan dalolatnoma yozuvi belgilangan
tartibda tiklanadi, so‘ngra guvohnoma yozib beriladi.
Gerbli guvohnomalar takroran berilganda arizachidan 0 ‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi qarori bilan
tasdiqlangan (1998-yil 20-oktyabrdagi qarori bilan o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritilgan) davlat boji stavkalariga muvofiq eng kam oylik
ish haqining 15 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.
Dostları ilə paylaş: