Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
30
hamda uning uchun har tomonga kezib yurishni taqiqlab qo'ydi. Shunday bo'lgach, 
u kimu Simurg'ni izlab Qof tog'iga borish nima?! 
LXXIII 
Hudhudning Xo’rozga javobi 
Hudhud shunday dedi: 
- Agar kishi o'z holidan bayon qilib, bir so'z aytsa, bu besabab bo’lmaydi. 
Darhaqiqat, shunday qush ham borki, u qanot qoqib uchmasdan turib, yettinchi 
osmondagi sidra daraxtining shoxi ustida makon tutadi. U anjumanni o'ziga xilvatgoh 
etadi, lekin sayr etadigan yeri doim o'z vatani bo'ladi. Garchi u zimdan Arshga parvoz 
etib, sidra daraxtiga qo'nsa-da, o'zining bu parvozini elga oshkor etmaydi. U Simurg'dan 
bir nafas ham ayriliqqa emas, uning vaslidan ko'nglida o'zga olam jilvalanadi. Uning 
hajridan joniga shikast yetmaydi, shakli esa uning vaslida doim naqshlanib turadi. Boshi 
uzra ehsonli toju o'zi vasl me'rojida jilva qiladi. Vasldan mamnun bo'ladi, ammo damini 
ichiga yutadi va o'zgalardan holini yashirin saqlaydi. Vaslning yuz ming durridan 
ko'nglida jo'shqinlik sodir bo'lsa-da, og'zi sadaf yanglig' yopiq turadi. 
Ammo lekin, sen, ey ovozi yoqimsiz qush, unday qush emassan! Balki har xil yolg'on 
va behayo so'zlami so'zlaguvchisan! Kecha-kunduz haddan tashqari fisqu fujurga berilib, 
asossiz g'avg'o va qichqirishlar bilan vaqtingni o'tkazasan. Yuz xil yomonliklar 
ko'rsatasanu yana o'zingni yaxshilarga nisbat berasan. Bugun esa shunchalik sustkashlik 
ayon etdingki, bu ishing bilan, sen, ey makiyon, o'zingni xo'roz deb atama! 
LXXIV 
Qushlar Hudhuddan o'zlarining Simurg’ga bo'lgan nisbatlarini so 'raganlari 
Shunday qilib, har bir qush Hudhudga bir uzr bilan murojaat etdi va Hudhud ularga 
tegishli javobni qaytardi. Hudhud so'zlari qarshisida qushlar ojiz qolib, boshqa uzr 
aytishga ularda mayl qolmadi. Ularning barchasi Hudhud oldida bechorahol bo'lib, unga 
shunday savol berdilar: 
- Ey zotiga raislik gavhari, boshiga to'g'ri yo'l ko'rsatish toji loyiq bo'lgan qush! Sen 
necha biyobonlarni kezib chiqqansan, maslak yo'lida imkon boricha e'tiqodda mahkam 
turgansan va bu yo'lning xavf-xatarini boshdan-oyoq bilasan, xavfning oldini olishda 
yuqori darajaga erishgansan. 
Biz esa zoru zabun va ojiz bir to'damiz, sho'rpeshonaligimiz sababli qora baxtimiz 
hammamizni xor ayladi. Bu sir ko'nglimizga ravshan bo'lmadi, chunki jaholatimiz 
ko'pdan-ko'pu ilmimiz ozdan-ozdir. Agar u kamolot osmonidagi porloq quyosh bo'lsa, biz 
zarra kabi sargashtayu sarsonrniz, ahvolimiz afsus chekarli bir holatda. U oliy charxdan 
ham yuqoriroqda o'rin tutadi; uning dargohi kenglik ichra Arshga qadar bo'lgan olis 
masofadan ham kengroqdir! U to'qqiz falakdan ham ortiq turadi, biz esa oddiy bir 
xasdan ham kamroqmiz. Biz bilan uning o'rtasidagi nisbat nimadan iborat? Yo bu nisbat 
ichra hikmat nedir? U podshoh shohlarning shohi bo'lsa-yu, biz yo’lda yotgan tuproqdek 
gadolarning gadoyi bo'lsak. Bizga bu ishlar juda qorong'u: ularni bizga ma'lum et, 
aqlimiz uni idrok etishdan ojizlik qilmoqda. Biz bir haqir bo'lsagu u oliy bir zot bo'lsa, 
aytgin-chi, qatraning dengizga nisbati ne bo'ladi? 
LXXV 
Hudhudning qushlarga javobi va Simurg' zuhuridan xitobi 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə