Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari ovoz berish
byulletenlarini referendum
o‘tkaziladigan kunga, shu jumladan muddatidan oldin ovoz
berish kuniga kamida uch kun
qolganida okrug komissiyalaridan oladi. Ovoz berish byulletenlari berilganligi
va olinganligini
referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari
yoxud kotibi
tegishli hujjatda o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
(30-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi oladigan ovoz berish
byulletenlarining soni
uchastka bo‘yicha ro‘yxatlarga kiritilgan fuqarolar sonining yarim foizidan ko‘p bo‘lishi
mumkin
emas. Ovoz berish byulletenining o‘ng tomoni yuqori burchagiga referendum o‘tkazuvchi uchastka
komissiyasining ikki a’zosi imzo qo‘yadi, imzolar referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining
muhri bilan tasdiqlanadi. Uchastka komissiyasi tomonidan
tasdiqlanmagan ovoz berish
byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik
va boshqa vakolatxonalari
huzurida tuzilgan referendum uchastkalaridagi ovoz beruvchilar soni haqida O‘zbekiston
Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ovoz berish byulletenlarining
tayyorlanishi va yetkazib
berilishini ta’minlaydi.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli
Qonuniga
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
Dostları ilə paylaş: