|
![](/i/favi32.png) O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risidaVI. OVOZ BERISh VA REFERENDUM NATIJALARINI ANIQLASh265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidaVI. OVOZ BERISh VA REFERENDUM NATIJALARINI ANIQLASh
31-modda. Ovoz berish binosi
Ovoz berish maxsus ajratilgan binolarda o‘tkazilib, ularda yashirin ovoz berish uchun yetarli
miqdorda kabinalar yoki xonalar jihozlangan bo‘lishi, ovoz berish byulletenlari taqdim etiladigan joy
aniqlangan va ovoz berish qutilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Ovoz berish qutilari ularning yoniga
ovoz beruvchilar albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalaridan o‘tib boradigan qilib
joylashtiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ovoz berish binosida yoki bevosita uning oldida uchastka komissiyasi stend jihozlaydi, unga
ovoz berish byulletenining namunasi va uni to‘ldirish tartibi joylashtiriladi, agar referendumga
qonun loyihasi qo‘yilgan bo‘lsa, stendga shu loyihaning matni ham joylashtiriladi. Agar
referendumga qo‘yilgan qonun loyihasi amaldagi qonunning bekor qilinishini yoki unga
o‘zgartishlar yoxud qo‘shimchalar kiritilishini nazarda tutsa, stendga bekor qilinishi, o‘zgartirilishi
yoxud qo‘shimchalar kiritilishi taklif qilinayotgan amaldagi qonun matni joylashtiriladi.
(31-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-796-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/796/0966-son)
Tuman, shahar hokimligi ovoz berishni tashkil etish uchun har bir uchastkani bino bilan
ta’minlaydi.
Binoni jihozlash va unda zarur tartibni saqlab turish mas’uliyati referendum o‘tkazuvchi
uchastka komissiyasi zimmasida bo‘ladi.
32-modda. Ovoz berish vaqti va joyi
Oldingi
tahrirga qarang.
Ovoz berish referendum kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha o‘tkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi
to‘g‘risida uchastka komissiyasi referendum o‘tkaziladigan kunga kamida o‘n kun qolganda
fuqarolarni xabardor qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari
huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar
davolash muassasalarida, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi fuqarolar turgan
joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum
uchastkalarida, agar ro‘yxatga kiritilgan barcha fuqarolar ovoz berib bo‘lgan bo‘lsa, uchastka
komissiyasi ovoz berish tugaganligini istalgan vaqtda e’lon qilishi mumkin.
(32-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
|
|
|