|
![](/i/favi32.png) O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida -modda. Fuqaroning chet davlatda turgan joyida ovoz berishi265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida35 -modda. Fuqaroning chet davlatda turgan joyida ovoz berishi
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va chet davlatlarning vakolatli davlat
hokimiyati organlari bilan kelishuvlarga muvofiq chet davlatlarning aholi zich joylashgan
hududlarda muddatidan oldin ovoz berish fuqaroning turgan joyida o‘tkazilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida
tuzilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi fuqarolarning turgan joyida ovoz berish vaqti
hamda joyi to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda fuqarolarni, kuzatuvchilarni ommaviy axborot
vositalari orqali xabardor etadi.
Fuqarolarning turgan joyida ovoz berishi O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi
diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka
komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida o‘tkaziladi.
Ovoz berish tugaganidan keyin referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolari ko‘chma
ovoz berish qutisini ochadi, uning ichidagi ovoz berish byulletenlarini sanamasdan maxsus qopga
joylaydi, qopni plombalaydi va bu haqda dalolatnoma tuzadi.
Ovoz berish byulletenlari solingan qop plombalangan holda dalolatnoma bilan birga
referendum uchastkasiga olib boriladi va referendum kuni ovozlarni sanab chiqish jarayoni
boshlanguniga qadar saqlanadi.
(35 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
36-modda. Referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish
Ovoz berish tugagach, foydalanilmagan barcha ovoz berish byulletenlari ovoz berish qutilarini
ochishdan oldin referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining a’zolari ishtirokida sanab
chiqiladi va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi tomonidan bekor qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|