(40-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
41-modda. Referendumda qabul qilingan qarorlarning majburiyligi
Referendumda qabul qilingan qaror O‘zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy
kuchga ega bo‘ladi va O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlarining
hujjatlari bilan
biron-bir tarzda tasdiq talab qilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ hujjatlari referendum qaroriga
muvofiqlashtirilmog‘i lozim.
Referendumda O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasinin
g ayrim normalariga o‘zgartirish
kiritishni taqozo etuvchi qaror qabul qilingan taqdirda, bu
normalar referendum qaroriga
muvofiqlashtiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Agar referendumda qabul qilingan qarorni amalga oshirish uchun normativ-huquqiy hujjat
qabul qilish talab etilsa, davlat hokimiyati organi referendumda qabul qilingan qaror kuchga kirgan
kundan e’tiboran o‘n kun ichida ushbu masala bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatini va
ularni tayyorlash muddatini o‘z vakolatlari doirasida belgilashi shart.
(41-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli
Qonuniga
asosan
to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
Dostları ilə paylaş: