suyultirilgan go‘ng bilan oziqlantirish yaxshi natija beradi. Issop
ekilgan maydonlar har 2-3 sug‘orishdan keyin dala o‘toq qilinishi
lozim.
Ikkinchi oziqlantirish o‘simlik gullash fazasida gektariga 40-
50 kg azot va 2,0 kg fosfor o‘g‘iti berish bilan tugatilishi kerak.
Uning bitta to‘pgulida 16-20 tagacha gul bo‘ladi. Uning
gullari ertalab soat 6-7 da ochiladi. Shu vaqtda issop ekilgan
maydonlarda asalari va kapalaklar paydo bo‘ladi, Vegetatsiya
davomida dorivor issop havo haroratini hisobga olgan holda 6-8
marta sug‘oriladi. 0 ‘simlikning xom-ashyosi boshoqli to'pgul
hisoblanadi.
Ulaming ommaviy gullash fazasida gulbandlarming uzunligi
30 sm bo Uganda (avgustning ikkinchi yarmida) uning xom-
ashyosi yig‘iladi. Xom-ashyo yangi o‘rilgan paytda uning
tarkibida nam ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun o ‘simlik mog‘orlab
ketmasligi uchun yaxshi shamollatadigan bostirmalarga yupqa
qilib stelajlarga uyib qo‘yiladi. Hosil shamolsiz quruq vaqtda
yig‘iladi.
Dostları ilə paylaş: