vegetatsiya davomida 7-8 marta (may, iyun, iyul oylarida 2
martadan) sug‘oriladi.
Ko‘chatlami bo‘yi 2,5-3 m va tana qismi 2,5-3 sm ga etganda
2- yoki 3- chi yili asosiy maydonlarga ko‘chirib ekiladi. Ekishdan
oldin yerlar yumshatilgan, tekislangan va o‘g‘itlangan bo'lishi
lozim. K o‘chatlaming ekilish chuqurligi 0,5-0,6 m va qator
oralarining kengligi 8 rn, ko‘chatlaming oralig‘i 6 m dan qilib
ekilganda 1 gektar maydondagi daraxtlar 208-2,10 ta boTishi
mumkin.
Yapon soforasi ekilgandan keyin jo ‘yaklar orqali suv beriiadi.
Ikkinchi sug‘orishni 6-8 kundan keyin amalga oshirish kerak.
Ko‘chatlaming qator oralari har doim yumshoq va haydalgan
bo‘lis’ni lozim.
Ko‘chatlar ekilgandan keyin 3-4 yilgacha ulaming oralari ga 1
yillik dorivor o‘simliklar ekish mumkin bo‘Iadi.
Agar agrotexnik ladbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazilsa 1 gektar
maydondan o‘rtacha 0,7-0,8 tonna hosil yig‘ib olish mumkin
bo‘Iadi.
M ahsulot tayyorlash. G‘unchalami gullashdan oldin (iyun-
iyul oylarida), ular ancha yiriklashganda va to‘pgulning birinchi
g‘unchalari ochila boshlagan vaqtda to‘pgul-ro‘vakni qirqib olib
soya yerda yoki quritgichlarda 40-45°S da quritiladi.
Dostları ilə paylaş: