quritilgandan so‘ng esa qora rangda boUishi bilan ajralib turadi.
K im yoviy ta rk ib i. Achchiq shuvoq o ‘simligimng yer ustki
qismi tarkibida 0,5-2% efir moyi (absintol), achchiq glikozidlar
(0,09-0,525%
absintin,
0,03%
anabsintin),
xamazulen,
proxamazulenogen, artabsin, kahrabo, olma va askorbin kislotalar,
karotin, arabsin va boshqa laktonlar, artemizetin fla vonoidi hamda
oshlovchi moddalar boUadi.
Achchiq shuvoq o ‘simligining gul to ‘plamida (savatchalarda)
k o ‘p miqdorda (151,0-292,0 mg %), ayniqsa, gullashidan oldin
(292,0 mg %), poyasida esa eng kam miqdorda (1-3 mg %)
xamazulen to ‘planadi. Poyaning yuqori qismida joylashgan yosh
barglarda (175,0 mg %) poyaning pastki qismida joylashgan
barglarga (90,0 mg %) nisbatan 2 baravar ko‘p xamazulen boUadi.
Efir moyi to ‘q yashil rangdagi zaharli suyuqlik b o ‘lib,
tarkibida 24,1-35,2% tuyi! spirti, keton-tuyon, pinen, kadinen,
fel'landren, kariofillen, bizabolen, xamazulenogen hamda tuyil
spirtining sirka, izovalerian va palmitin kislotalari bilan hosil
qilgan efirlari bor.
Ishlatilishi.
Achchiq shuvoq o ‘simligining preparatlari
ishtaha ochadigan va ovqat hazm qilishga yordam beruvchi dori
sifatida hamda jigar, o ‘t pufagi va gastrit kasallik) ari da ishlatiladi.
0 ‘simlikdan olingan xamazulen bronxial astma, revmatizm,
ekzema kasalliklari va rentgen nuri ta ’sirida kuygan yerlami
davolashda qoUlaniladi.
D orivor p re p a ra tla ri. 0 ‘simlikdan damlama, nastoyka va
quyuq ekstrakt tayyorlanadi. 0 ‘simlik ishtaha ochuvchi va o ‘t
haydovchi yig‘malar - choylar, m e’da kasalliklarida ishlatiladigan
tabletkalar va achchiq nastoyka tarkibiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: