dorivor о1 simlik!arga nisbatan ekib o‘stiriladiganlarining tarkibida
biologik faol moddalar to‘liq saqlanishi aniqlangan.
Ulaming tarkibida ko‘p miqdorda komponentlaming saqlanishi
va bu moddalardan tibbiyotda to ‘la foydalanishda о‘simlik xom-
ashvolarini to‘g‘ri va vaqtida yig‘ib olish asosiy ahamiyat kasb etadi.
Dorivor mavrak o'simligidan yuqori va sifatli mahsulot olish uchun
agrotexnik tadbirlami yuqori saviyada o‘tkazish kerak bo‘ladi.
Dorivor o‘simliklardan yuqori hosil
olishga qaratilgan barcha
agrotexnik chora-tadbirlar orasida yemi ishlash asosiy ahamiyat
kasb etadi. Chunki yer ishlanganda, tuproqning fizikaviy, kimyoviy
va biologik xossalari yaxshilanadi, shu bilan bir qatorda barcha
agrotexnik tadbirlaming
samaradorligi ortadi, o ‘simlikning o ‘sishi
va rivojlanishi tezlashadi. Mavrak o'simligi issiqsevar, yorug‘likni
yaxshi ko‘radigan, qurg‘oqchilikka chidamli ekin hisoblanib, u
ekilgan yerlardan 4-5 yil davomida foydalanib yuqori hosil olish
mumkin bo‘ladi. Mavrak ekiladigan yerlami kuzda tayyorlanadi va
yer haydash oldidan tuproq unumdorligini bir holatda saqlab turish
maqsadida o ‘simlikni o‘sish davrida
yaxshi rivojlanishi uchun
gektar hisobiga 20 tonna mahalliy o‘g‘it va yillik normaning 70%
hisobidan fosfor o ‘g ‘itini berib, 25-30 sm chuqurlikda sifatli qilib
haydab qo‘yiladi.
Erta bahorda yer tekislanadi va begona o ‘tlar koldiqlaridan
tozalanadi. Urug‘ni mart-aprel oylarining boshlarida tuproq harorati
15-17°S bo'lganda qator oralari 60-70 sm qilib 2-4 sm chuqurlikda
sabzavot ekadigan uskunalarda ekiladi va gektariga o‘rtacha 8 kg
sifatli urug‘ sarflanadi.
Mavrakni kech kuzda ham eksa bo‘ladi. Maysalar bahorda urug‘
ekilgandan keyin 12-14 kunda unib chiqa boshlaydi. Birinchi kunlar
da maysalami sekm о ‘sishi kuzaiila boshlaydi va begona o ‘tlar
orasida qolib ketmasligi uchun yerlami kultivatsiya va yumshatib
turiladi. Mavrak zich ekilganda yoki begona о ‘tlar ко ‘pavib ketganda,
bahor seryomg‘ir kelganda o ‘simliklarda qo‘lsimon zamburug‘lar
va zararkunandalaming ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
0 ‘simlik tupida ikki juft chinbarglar hosil bo‘lganida har 15 sm
oralig‘ida uyachalar 2-3 tadan о'simlik qoldirib yagana qilinadi.
148
0 ‘simliklaming ildiz tizimiga zarar etkazmasdan ehtiyotkorlik bilan
qator oralariga
ishlov berish tavsiya etiladi, Tuproqning namligi
va o ‘simlikning holaliga qarab sug‘orishni tabaqalab otkazish
lozim. Mavsum davomida mavrakni birinchi yili 7-8 martagacha
sug‘orish tavsiya etiladi. Mavrak bargining sathi kuchayishi va ildiz
tizimining rivojlanishi davrlarida u suvni ko‘p talab qiladi. Mavrak
o‘simligini yaxshi o'sishi va rivojlanishi uchun uni o‘g‘itlash eng
muxim agrotexnik omillardan biri hisoblanadi.
Mavrakni oziqiantirishni maysalar
unib chiqqandan keyin
ulaming yaxshi rivojlanishi uchun qator oralariga ishlov berish
bilan bir vaqtda gektar hisobiga azot o‘g‘itidan 30 kg va 25 kg dan
kaliy berishdan boshlash lozim. 0 ‘g ‘itlami 10-12 sm chuqurlikka
kirgizish tavsiya etiladi.
Ikkinchi oziqlantirish esa shonalash fazasida, sug‘orishdan oldin
gektar hisobiga 30 kg azot va 20 kg fosfor o‘g ‘itini berish bilan
amalga oshiriladi va uning rivojlanishi yanada tezlashadi.
Oxirgi
oziqlantirish mavrak o ‘simligi gullagan davrda gektar hisobiga 40
kg azot va 25 kg kaliy o‘g‘itini qo‘Hash bilan tugatiladi. Kaliyli
o‘g‘itlar mavrakning sovuqqa chidamliligini ancha oshiradi.
Mavrak o‘simligi rivojlanish davrida, ayniqsa gullash fazasida oziqa
elementlarni ko‘p talab qiladi. O'simhkni oziqlantirish sug‘orishdan
oldin amalga oshiriladi. Shulami hisobga olgan holda vegetatsiya
davomida mavrak ekilgan maydonlarga o‘rtacha gektriga 100-110
kg azot, 70 kg fosfor va 50 kg kaliy o‘g ‘iti bilan oziqlantirilsa yaxshi
natija beradi.
Birinchi yili ekilgan mavrak bargining hosilini sentyabr oyida
bir marta yig‘ib olinadi. Ikkinchi yili mavsum boshlanishi oldidan
o‘simlikning yer ustki qismi 5-8 sm qoldirib, qirqiladi, eski shoxlari
qirqilib. daladan chiqarib tashlanadi. Birinchi terim sentyabr oyining
oxirida tugatiladi. Agrotexnik tadbirlarni yuqori saviyada o ‘tkizi!sa
bizning sharoitinuzda mavrakni bargini 3 marta terib olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: