Toshkent farm atse vtikainstituti



Yüklə 243,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/139
tarix28.11.2023
ölçüsü243,18 Kb.
#133326
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   139
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Kimyoviy tarkibi. 
0 ‘simlikning barcha organlarida efir moyi 
boTadi. Barg tarkibida 0,5-2,5% efir moyi, alkaloidlar, oshlovchi 
moddalar, flavonoidlar, ursol va oleanol kislotalar hamda boshqa 
birikmalar bor.
XI DF ga ko‘ra mahsulot tarkibida efir moyining miqdori butun 
mahsulotda 1%, qirqilgan mahsuiotda esa 0,8% dan kam boTmasligi 
kerak. Efir moyi tarkibida 15% gacha sineol, tuyon, pinen, bomeol, 
kamfora, sedren va boshqa birikmalar boTadi.
Ishlatilishi. 
Dorivor 
marmarak 
bargining 
preparatlari 
burishtiruvchi, 
dezinfeksiyalovchi 
va yuqori nafas yoTlari 
yalligTanganda yalligTanishga qarshi ta’sir etuvchi dori sifatida, 
og‘iz (stomatit va gingivit) va tomoqni chayqash uchun ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. 
Damlama. Marmarak bargi tomoq, 
ko‘krak, yuqori nafas yoTlari yailigTanishi, rne’da kasalliklarida 
va ich ketishiga qarshi ishlatiladigan yig‘malar - choylar hamda 
bronxoletin preparati tarkibiga kiradi.
Marmarak bargidan «Salvin» dorivor preparati olinadi. Uning 
suvdagi yoki natriy xloridnmg izotonik eritmasidagi 0,1 va 0,25% 
li eritmalari og‘iz bo‘shlig‘idagi surunkaii yalligTanish kasalliklari 
(gingivit, stomatit, parodontoz), yiringli, tropik va suyakiaming 
oqma yaralarini davolashda qoTlaniladi.
Mavrak o‘sim!igini o‘stirish texnologiyasi
Mavrak o‘simligini 0 ‘zbekiston Respublikasida tarqalgan 
tuproq va uning iqlimini hisobga oigan holda sug‘oriladigan yerlarda 
o ‘stirish, ulardan ko‘proq va sifatli xom-ashyo yetishtirish zarur 
boTadi.
Mavrak o‘simligini sug‘oriladigan unumdorligi yuqori, o‘rtacha 
mexanik tarkibli tuproqlarda o‘stirish yaxshi natija beradi. K o‘p 
yillik ilmiy kuzatishlar shuni ko'rsatdiki, yow oyi holda o ‘sadigan
147


dorivor о1 simlik!arga nisbatan ekib o‘stiriladiganlarining tarkibida 
biologik faol moddalar to‘liq saqlanishi aniqlangan.
Ulaming tarkibida ko‘p miqdorda komponentlaming saqlanishi 
va bu moddalardan tibbiyotda to ‘la foydalanishda о‘simlik xom- 
ashvolarini to‘g‘ri va vaqtida yig‘ib olish asosiy ahamiyat kasb etadi. 
Dorivor mavrak o'simligidan yuqori va sifatli mahsulot olish uchun 
agrotexnik tadbirlami yuqori saviyada o‘tkazish kerak bo‘ladi.
Dorivor o‘simliklardan yuqori hosil olishga qaratilgan barcha 
agrotexnik chora-tadbirlar orasida yemi ishlash asosiy ahamiyat 
kasb etadi. Chunki yer ishlanganda, tuproqning fizikaviy, kimyoviy 
va biologik xossalari yaxshilanadi, shu bilan bir qatorda barcha 
agrotexnik tadbirlaming samaradorligi ortadi, o ‘simlikning o ‘sishi 
va rivojlanishi tezlashadi. Mavrak o'simligi issiqsevar, yorug‘likni 
yaxshi ko‘radigan, qurg‘oqchilikka chidamli ekin hisoblanib, u 
ekilgan yerlardan 4-5 yil davomida foydalanib yuqori hosil olish 
mumkin bo‘ladi. Mavrak ekiladigan yerlami kuzda tayyorlanadi va 
yer haydash oldidan tuproq unumdorligini bir holatda saqlab turish 
maqsadida o ‘simlikni o‘sish davrida yaxshi rivojlanishi uchun 
gektar hisobiga 20 tonna mahalliy o‘g‘it va yillik normaning 70% 
hisobidan fosfor o ‘g ‘itini berib, 25-30 sm chuqurlikda sifatli qilib 
haydab qo‘yiladi.
Erta bahorda yer tekislanadi va begona o ‘tlar koldiqlaridan 
tozalanadi. Urug‘ni mart-aprel oylarining boshlarida tuproq harorati 
15-17°S bo'lganda qator oralari 60-70 sm qilib 2-4 sm chuqurlikda 
sabzavot ekadigan uskunalarda ekiladi va gektariga o‘rtacha 8 kg 
sifatli urug‘ sarflanadi.
Mavrakni kech kuzda ham eksa bo‘ladi. Maysalar bahorda urug‘ 
ekilgandan keyin 12-14 kunda unib chiqa boshlaydi. Birinchi kunlar 
da maysalami sekm о ‘sishi kuzaiila boshlaydi va begona o ‘tlar 
orasida qolib ketmasligi uchun yerlami kultivatsiya va yumshatib 
turiladi. Mavrak zich ekilganda yoki begona о ‘tlar ко ‘pavib ketganda, 
bahor seryomg‘ir kelganda o ‘simliklarda qo‘lsimon zamburug‘lar 
va zararkunandalaming ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
0 ‘simlik tupida ikki juft chinbarglar hosil bo‘lganida har 15 sm 
oralig‘ida uyachalar 2-3 tadan о'simlik qoldirib yagana qilinadi.
148


0 ‘simliklaming ildiz tizimiga zarar etkazmasdan ehtiyotkorlik bilan 
qator oralariga ishlov berish tavsiya etiladi, Tuproqning namligi 
va o ‘simlikning holaliga qarab sug‘orishni tabaqalab otkazish 
lozim. Mavsum davomida mavrakni birinchi yili 7-8 martagacha 
sug‘orish tavsiya etiladi. Mavrak bargining sathi kuchayishi va ildiz 
tizimining rivojlanishi davrlarida u suvni ko‘p talab qiladi. Mavrak 
o‘simligini yaxshi o'sishi va rivojlanishi uchun uni o‘g‘itlash eng 
muxim agrotexnik omillardan biri hisoblanadi.
Mavrakni oziqiantirishni maysalar unib chiqqandan keyin 
ulaming yaxshi rivojlanishi uchun qator oralariga ishlov berish 
bilan bir vaqtda gektar hisobiga azot o‘g‘itidan 30 kg va 25 kg dan 
kaliy berishdan boshlash lozim. 0 ‘g ‘itlami 10-12 sm chuqurlikka 
kirgizish tavsiya etiladi.
Ikkinchi oziqlantirish esa shonalash fazasida, sug‘orishdan oldin 
gektar hisobiga 30 kg azot va 20 kg fosfor o‘g ‘itini berish bilan 
amalga oshiriladi va uning rivojlanishi yanada tezlashadi. Oxirgi 
oziqlantirish mavrak o ‘simligi gullagan davrda gektar hisobiga 40 
kg azot va 25 kg kaliy o‘g‘itini qo‘Hash bilan tugatiladi. Kaliyli 
o‘g‘itlar mavrakning sovuqqa chidamliligini ancha oshiradi. 
Mavrak o‘simligi rivojlanish davrida, ayniqsa gullash fazasida oziqa 
elementlarni ko‘p talab qiladi. O'simhkni oziqlantirish sug‘orishdan 
oldin amalga oshiriladi. Shulami hisobga olgan holda vegetatsiya 
davomida mavrak ekilgan maydonlarga o‘rtacha gektriga 100-110 
kg azot, 70 kg fosfor va 50 kg kaliy o‘g ‘iti bilan oziqlantirilsa yaxshi 
natija beradi.
Birinchi yili ekilgan mavrak bargining hosilini sentyabr oyida 
bir marta yig‘ib olinadi. Ikkinchi yili mavsum boshlanishi oldidan 
o‘simlikning yer ustki qismi 5-8 sm qoldirib, qirqiladi, eski shoxlari 
qirqilib. daladan chiqarib tashlanadi. Birinchi terim sentyabr oyining 
oxirida tugatiladi. Agrotexnik tadbirlarni yuqori saviyada o ‘tkizi!sa 
bizning sharoitinuzda mavrakni bargini 3 marta terib olish mumkin.

Yüklə 243,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə