Aehchiq bodom urug‘idan moy
olayotganda suv aralashib
ketishiga yo‘l ko‘ymaslik kerak. Aks holda suv amigdalinni
parchalaydi va ajralib chiqqan mahsulotlar moyga o‘tadi Moy
zaharli bo‘lib qoladi.
Bodom moyi kuyuq, sarg‘ish suyuqlik bo‘lib, uning zichligi
0,913-0,918, refraksiya soni 1,470-1,472, sovunlanish soni 190-
195, yod soni 93-102 ga teng. Kislota soni 2,5
dan oshmasligi
kerak. Moy - 10°C haroratgacha sovutilganda qotmasligi kerak.
Bodom moyi qurimaydigan suyuq moylarga kiradi, unda
83% olein, 16% linol kislotalaming glitseridlari va 0,5%
gidrolizlanmaydigan moddalar bor.
lshlatilishi.
Po‘sti olib tashlangan chuchuk bodom urug‘idan
tayyorlangan emulsiya me ’ da va ichak og ‘ riq larini qoldirish uchun,
bodom moyi esa ich yumshatuvchi dori sifatida qo‘l!aniladi.
Farmatsevtikada bodom moyi ba’zi dorilar (kamfora va
boshqalar) ni yeritish hamda surtma tayyorlash uchun ishlatiladi.
Achchiq bodom urug‘i kunjarasidan olingan achchiq bodom
suvi og‘riq qoldirish uchun va tinchlantiradigan
dori sifatida
qo‘llaniladi.
Chuchuk
bodom
oziq-ovqat
sanoatida,
turupi
esa
parfyumeriyada ishlatiladi.
Dorivor preparatlari.
Bodom moyi va moy emulsiyasi,
chuchuk bodom urug‘idan tayyorlangan emulsiya.
Bodomni o‘stirish texnologiyasi
0 ‘zbekistonda bodomning yupqa po‘choqli, to‘ng‘ich,
yaltinskiy va turkmenskiy svetliy naviari rayonlashtirilgan.
Ekish.
Tuproq-iqlim sharoitiga qarab bodomni ekish
sxemasi ham har xil bo‘ladi. Quyida bodomning ekish sxemalari
keltirilgan:
1. Sug'oriiadigan yerlarda- 8 x 8 m;
2. Tog‘ va tog‘ oldi, lalmikor yerlarda - 6 x 6 m;
Bu yerlarning janubga qaragan yonbag‘irlarida
esa bodom
92
5 x 5 sxemasida, erta bahorda yoki kuzda gorizontal terassalar
kengligi 1,5-5 m gacha bo‘lgan yerlarda ekiladi.
Sug‘oriImaydigan yerlarda yomg‘ir suvlarining bug‘lanishini
kamaytirish, shu tariqa suvning tuproqqa
shimilishini oshirish
maqsadida bodom ko‘chatlarining atrofiga boshqa о‘simliklarning
qoldiqlari, poxol va somondan m o‘Scha qilib tashlanadi.
Buttdan tashqari bodom ko‘chatlarining atrofi muntazam
ravishda yumshatilib turiladi.
0 ‘g‘itlash.
Muntazam ravishda bodomzorlarga hosildorlikni
oshirish maqsadida 2-3 yilda bir marta har gektar yerga sof holda
azotdan 120 kg, fosfordan 90 kg va 40-60 kg dan kaliy o‘g‘iti
hamda 20-30 t dan chirigan go‘ng solinadi.
Yangi ekilgan bodom ko‘chatlarining ildiz olish va o‘sishini
faollashtirish uchun har bir ко‘chat atrofiga 60-80 g dan ammofos
hamda 4-6 kg dan organik o‘g ‘it qo‘llanishi yaxshi samara beradi.
M a’lumki tog‘li hamda lalmi yerlarda yog‘in
suvlari
tuproqdagi ozuqa elementlarini yuvib ketishi natijasida ular
kuchsizlanib qoladi. Shuning uchun ham bunday yerlarga ekilgan
bodom ko‘chatlarini o‘z vaqtida organik va m a’dan o‘g ‘itlar bilan
oziqlantirib turish zarur.
Bodom ko‘chatlari sekin o ‘sayotgan bog‘lar to‘liq hosilga
kirgunga qadar har bir kv m ga sof azotdan 6-8 g dan, fosfordan
3-4 g dan, kaliydan 2-3 g dan hamda 4-5 g dan organik o ‘g‘it
solish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: