Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov
Dorivor preparatlari. Damlama, nastoyka, suyuq ekstrakt.
Mahsulot tinchlantiruvchi choy-yig‘malar va Zdrenko yig‘masi
tarkibiga kiradi.
Arslonquyruq o‘simligini o‘stirish texnologiyasi 0 ‘zbekistonning sug‘oriladigan (sho‘riangan tuproqlardan
tashqari) barcha yerlarida ekib o‘stirish mumkin.
Arslonquymqdan yuqori hosil yetishtirish uchun uni unumdor
suv bilan yaxshi ta ’minlangan yerlarga ekishni tavsiya qilamiz.
Haydab ekilayottan ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Arslonquyruq yog‘ochlangan ildizpoyali, ildiz tizimi yuza,
ya’ni tuproqning 20 sm qatlamida tarqalgan ko‘p yillik o‘tsimon
o‘simlik bo‘lganligi uchun uni kuzda va erta bahorda ham ekish
mumkin.
Yerlami kuzda haydashdan oldin gektar hisobiga 30 tonna
go‘ng va 50 kg superfosfat o‘g‘iti bilan oziqlantirib 20-25 sm
chuqurlikda haydab qo‘yiladi.
109
Arslonquyruq asosan urug‘dan ko‘paytiriladi, Kech kuzda
quruq urug‘lar gektariga 12-18 kg dan ekiladi va erta bahorda 7-8
kg dan stratifikatsiya qilinib 1,5-2 sm chuqurlikda ekiladi.
Sug‘oriladigan yerlarga urug‘ ekilgandan keyin 60-70 sm
oraliqda sug‘orish egatlari olinadi va ketma-ket sug‘oriladi.
Urug‘ni go‘ngga yoki daraxt qipig‘iga aralashtirib ekilsa
bahorda yog‘adigan yomg‘irlardan qatqaloq hosil bo‘!maydi va
urug‘lar to‘iiq unib chiqadi. Urug‘ ekilgandan 15-20 kun keyin
maysa chiqa boshlaydi.
Arslonquyruqni birinchi yili parvarish qilishda, qo‘lda o‘toq
qilinadi, oralari yumshatiladi, ya’ni kultivatsiya qilinadi va
o ‘simliklami oralarini siyraklashtirish uchun yagana qilinadi.
0 ‘simliklar oralig‘i 15-20 sm dan qilib va har bir uyaga 1-2
tadan o‘simlik qoldiriladi. To‘pbarg gul chiqargandan keyin
kultivatsiya qilish bilan birga gektar hisobiga 50-60 kg dan azot
va 20 kg dan kaliy o ‘g‘iti bilan oziqlantiriladi va sug'oriiadi.
Ikkinchi va uchinchi oziqlantirish shonalash va gullash fazalarida
gektariga 30 kg azot, 20 kg fosfor va 30 kg kaliy o‘g‘iti bilan
oziqlantiriladi. Bu davrda o ‘simlikning o‘g ‘itga bo‘lgan
talabchanligi eng yuqori bo‘ladi va poyalari 2-2,5 metrga etib
qoladi. Vegetatsiya davomida arslonquyruq 7-8 marta sug‘oriladi
va jami 110 kg azot, 80 kg fosfor va 60 kg kaliy o‘g ‘i;i beriladi.
Uning xom-ashyosi barg, gul shonalari bilan birgalikda 40 sm
uzunlikdagi poyasidir. Ko‘pchilik o‘simliklarda to‘pgullari quyi
qismlaridagi gullarining uchdan ikki qismi qiyg‘os gullaganda,
to‘pgullaming yuqori qismi shonalayotgan davr xom-ashyoning
to‘la etilgan vaqti hisoblanadi. Urug‘lari to‘liq etilganida xom-
ashyo sifati buziladi.
Xom-ashyoni povasini 35-80 sm oralig‘ida qirqish imkonini
beradi, ya’ni uning vositasida arslonquyruq poyasini o‘rtacha 50
sm balandlikda qirqish mumkin. Xom-ashyoni qayta jihozlangan
kombaynlarda yig‘ish mumkin. Birinchi yili uning hosildorligi
gektariga o‘rtacha 25 sentnemi, keyingi yillarda 35 sentnerdan
110
hosil yig‘ib olish mumkin. Urug‘laming hosildorligi o‘rtacha
gektariga 5-6 sentnemi tashkil qiladi. Bir dalada arslonquyruqni
3-4 yil saqlash mumkin. Uning xom-ashyosi soya yerda quritiladi.