laktonlar, pioxamazulen, qumarinlar (umbelli-feron, gerniarin),
dioksiqumarin, karotin, vitamin S, shilliq, achchiq va boshqa
moddalar bo‘ladi.
XI DF ga ko‘ra, oddiy moychechak guli tarkibida 0,3%, yashil
moychechakda 0,2% efir moyi bo‘lishi kerak.
Efir moyi ko‘k suyuqlik bo‘lib, tarkibida 1,64-8,99%
xamazulen, 20% gacha seskviterpen spirtlari, kadinen, tritsiklik
spirt, bisabolen va uning oksidlari, kapril, nonil, izovalerian
kislotalar hamda boshqa terpen va seskviterpenlar bor. Efir moyi
tarkibidagi seskviterpenlaming umumiy miqdori 50% gacha
bo‘ladi. Xamazulen efir moyining asosiy ta’sir etuvchi qismi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: