Toshkent farm atse vtikainstituti



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

tashqi 
ko‘rinishi. 
Tayyor 
mahsulot 
savatchaga to‘plangan gullardan iborat. Dorivor moychechak 
savatchasining diametri 4-8 mm, yarim sharsimon bo‘lib, o ‘rarna 
barglari cherepitsaga o‘xshab joylashgan. Savatcha chetidagi 
oq tilsimon gullari 12-18 ta bo‘ladi. 0 ‘rtadagi gullari sariq, ikki 
jinsli, naychasimon, gulkosachasi bo‘lmaydi, gultojisi besh tishli, 
otaligi 5 ta, onalik tuguni bir xonali, pastga joylashgan.
Yashil moychechakning savatchasi maydaroq bo‘lib, yashil 
naychasimon gullardan tashkil topgan. Gulkosachasi yupqa parda 
shaklida, gultojisi to‘rt tishli.
Savatchaning gul o ‘mi konussimon, tuksiz va ichi bo‘sh. 
Ana shu belgilari bilan dorivor (oddiy) va xushbo‘y (yashil) 
moychechak savatchasi boshqa o‘simlik aralashmalaridan 
(moychechak o‘simligi o ‘sadigan yerda uchraydigan 
Matricaria
inodora.; Leucanthemum vulgare Lam.; Anthems 
turlaridan) 
farq qiladi.
Har ikkala moychechak mahsulotining xushbo‘y hidi va 
achchiqroq o‘tkir mazasi bor.
XI D F gako‘ra mahsulot namligi 14%, umumiykuli 12%, 10% 
li xlorid kislotada yerimaydigan kuli 4%, teshigining diametri 1 
mm li elakdan o ‘tadigan savatchaning mayda qismlari 30%, poya, 
barg aralashmalari va gul bandining uzundigi 3 sm dan oshiq 
bo‘lgan (5 smdanoshib ketmagan), savatchalar odatda 9% (yashil 
moychechak uchun 2%), qoraygan yoki qo‘ng‘ir savatchalar 5% 
(yashil moychechak uchun 8%), organik aralashmalar 3% va 
mineral aralashmalar 0,5% dan oshmasligi kerak.
Kimyoviy tarkibi. 
Savatchaga to‘plangan gullar tarkibida 
0,22-0,8%) efir moyi, apiin, kversimeritrin, kversetin, lyuteolin 
va boshqa (35 tacha birikmalar) flavonoidlar, gvayyanolid guruh 
laktonlaridan matrikarin va matritsin, geterotsiklik halqali poliin


laktonlar, pioxamazulen, qumarinlar (umbelli-feron, gerniarin), 
dioksiqumarin, karotin, vitamin S, shilliq, achchiq va boshqa 
moddalar bo‘ladi.
XI DF ga ko‘ra, oddiy moychechak guli tarkibida 0,3%, yashil 
moychechakda 0,2% efir moyi bo‘lishi kerak.
Efir moyi ko‘k suyuqlik bo‘lib, tarkibida 1,64-8,99% 
xamazulen, 20% gacha seskviterpen spirtlari, kadinen, tritsiklik 
spirt, bisabolen va uning oksidlari, kapril, nonil, izovalerian 
kislotalar hamda boshqa terpen va seskviterpenlar bor. Efir moyi 
tarkibidagi seskviterpenlaming umumiy miqdori 50% gacha 
bo‘ladi. Xamazulen efir moyining asosiy ta’sir etuvchi qismi 
hisoblanadi.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə