Toshkent farm atse vtikainstituti



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Dorivor preparatlari. 
Damlama, nastoyka, suyuq ekstrakt. 
Mahsulot tinchlantiruvchi choy-yig‘malar va Zdrenko yig‘masi 
tarkibiga kiradi.
Arslonquyruq o‘simligini o‘stirish texnologiyasi
0 ‘zbekistonning sug‘oriladigan (sho‘riangan tuproqlardan 
tashqari) barcha yerlarida ekib o‘stirish mumkin.
Arslonquymqdan yuqori hosil yetishtirish uchun uni unumdor 
suv bilan yaxshi ta ’minlangan yerlarga ekishni tavsiya qilamiz. 
Haydab ekilayottan ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Arslonquyruq yog‘ochlangan ildizpoyali, ildiz tizimi yuza, 
ya’ni tuproqning 20 sm qatlamida tarqalgan ko‘p yillik o‘tsimon 
o‘simlik bo‘lganligi uchun uni kuzda va erta bahorda ham ekish 
mumkin.
Yerlami kuzda haydashdan oldin gektar hisobiga 30 tonna 
go‘ng va 50 kg superfosfat o‘g‘iti bilan oziqlantirib 20-25 sm 
chuqurlikda haydab qo‘yiladi.
109


Arslonquyruq asosan urug‘dan ko‘paytiriladi, Kech kuzda 
quruq urug‘lar gektariga 12-18 kg dan ekiladi va erta bahorda 7-8 
kg dan stratifikatsiya qilinib 1,5-2 sm chuqurlikda ekiladi.
Sug‘oriladigan yerlarga urug‘ ekilgandan keyin 60-70 sm 
oraliqda sug‘orish egatlari olinadi va ketma-ket sug‘oriladi.
Urug‘ni go‘ngga yoki daraxt qipig‘iga aralashtirib ekilsa 
bahorda yog‘adigan yomg‘irlardan qatqaloq hosil bo‘!maydi va 
urug‘lar to‘iiq unib chiqadi. Urug‘ ekilgandan 15-20 kun keyin 
maysa chiqa boshlaydi.
Arslonquyruqni birinchi yili parvarish qilishda, qo‘lda o‘toq 
qilinadi, oralari yumshatiladi, ya’ni kultivatsiya qilinadi va 
o ‘simliklami oralarini siyraklashtirish uchun yagana qilinadi.
0 ‘simliklar oralig‘i 15-20 sm dan qilib va har bir uyaga 1-2 
tadan o‘simlik qoldiriladi. To‘pbarg gul chiqargandan keyin 
kultivatsiya qilish bilan birga gektar hisobiga 50-60 kg dan azot 
va 20 kg dan kaliy o ‘g‘iti bilan oziqlantiriladi va sug'oriiadi. 
Ikkinchi va uchinchi oziqlantirish shonalash va gullash fazalarida 
gektariga 30 kg azot, 20 kg fosfor va 30 kg kaliy o‘g‘iti bilan 
oziqlantiriladi. Bu davrda o ‘simlikning o‘g ‘itga bo‘lgan 
talabchanligi eng yuqori bo‘ladi va poyalari 2-2,5 metrga etib 
qoladi. Vegetatsiya davomida arslonquyruq 7-8 marta sug‘oriladi 
va jami 110 kg azot, 80 kg fosfor va 60 kg kaliy o‘g ‘i;i beriladi.
Uning xom-ashyosi barg, gul shonalari bilan birgalikda 40 sm 
uzunlikdagi poyasidir. Ko‘pchilik o‘simliklarda to‘pgullari quyi 
qismlaridagi gullarining uchdan ikki qismi qiyg‘os gullaganda, 
to‘pgullaming yuqori qismi shonalayotgan davr xom-ashyoning 
to‘la etilgan vaqti hisoblanadi. Urug‘lari to‘liq etilganida xom- 
ashyo sifati buziladi.
Xom-ashyoni povasini 35-80 sm oralig‘ida qirqish imkonini 
beradi, ya’ni uning vositasida arslonquyruq poyasini o‘rtacha 50 
sm balandlikda qirqish mumkin. Xom-ashyoni qayta jihozlangan 
kombaynlarda yig‘ish mumkin. Birinchi yili uning hosildorligi 
gektariga o‘rtacha 25 sentnemi, keyingi yillarda 35 sentnerdan
110


hosil yig‘ib olish mumkin. Urug‘laming hosildorligi o‘rtacha 
gektariga 5-6 sentnemi tashkil qiladi. Bir dalada arslonquyruqni 
3-4 yil saqlash mumkin. Uning xom-ashyosi soya yerda quritiladi.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə