Toshkent farm atse vtikainstituti



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Dorivor preparatlari. 
Damlama, nastoyka, suyuq ekstrakti, 
bakteritsid preparat novoimanin, peflavit (katexinlar yig‘indisi 
tabletka holida Bolgariyada chiqariladi, vitamin R ta’siriga ega).
122.


Movoimanin to ‘q qo‘ng‘ir rangli kukun (poroshok) boMib, ular 
suvdagi, suv bilan spirt va suv bilan glitserin aralashmasidagi 0,5- 
1% li eritma hamda kukun (poroshok) va surtma holida oddiy, 
yiringlangan yaralar, kuygan joy, chipqon va boshqa yiringli 
jarayonlami davolash uchun ishlatiladi.
Dalachoy o‘simligining moyli ekstrakti (dalachoy moyi) 
m e’da-ichak yarasi kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
0 ‘rta Osiyo, Kavkaz va Oltoyda o‘sadigan dalachoyning turi
- dag‘al dalachoy 
(Hupericum scabrum 
L.) 0 ‘zbekistonning 
Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo 
viloyatlarining tog‘li tumanlaridagi tog‘laming tog‘ oldi qismidan 
to o‘rta qismigacha bo‘lgan yumshoq toshli va shag‘alii tog‘ 
qiyalarida, ochiq, tekis va boshqa yerlarda keng tarqalgan.
Dalachoyning bu turi teshik dalachoydan bo‘yining pastligi 
(20-50 sm), poyasining pastki qismi qizg‘ish-binafsha rangli va 
odatda bir nechta boiishi, bargining mayda (uzunligi 10-15 mm), 
barg q o itig ‘idan qisqargan (1-4 sm) shoxchalar o‘sib chiqqanligi 
hamda sariq gullarining qalqonsimon ro‘vakka to‘planganligi 
bilan farq qiladi.
Dag‘al dalachoy may-iyul oylarida gullaydi, iyun-avgustda 
mevasi etiladi.
Dag‘al dalachoy yer ustki qismining kimyoviy tarkibi va 
uning farmakologik ta ’siri hamda klinika sharoitida kasalliklami 
davolash xossalari chuqur o‘rganildi. Natijada dag‘al dalachoy 
yer ustki qismi tarkibida teshik dalachoy yer ustki qismi tarkibida 
uchravdigan kimyoviy birikmalar borligi (oshlovchi moddalar, 
flavonoidlar, vitamin S, karotin, organik kislotalar, antotsianlar, 
smola. uglevodlar va boshqalar), oshqozon-ichak (ich ketish, 
kolit, enterokolit), og‘iz bo‘shlig‘i (gingivit, stomatit) hamda 
yaralami va kuygan yerlami davolash xususiyati bir xil ekanligi 
aniqlandi. S’nuning uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni 
saqlash vazirligining DVTTSNQ (Dorivor vositalar va tibbiyot 
texnika sifatini nazorat qilish) Bosh boshqarmasi tomonidan
123


dag‘al dalachoy yer ustki qismiga tuzilgan VFM tasdiqlandi va 
uni dorivor preparatlarini tibbiyot amalivotida teshik dalachoy 
preparatlari bilan bir qatorda yuqorida qayd etilgan kasalliklami 
davolash uchun burishtiruvchi va antiseptik vosita sifatida 
qo‘llashga ruxsat etildi.
Mahsulot namligi 9%, umumiy kuli 7%, 10% li xlorid kislotada 
yerimaydigan kuli 1%, poyalar 45%, organik aralashmalar 
1% va mineral aralashmalar 1% dan ko‘p bo‘Imasligi kerak. 
Maydalangan (qirqilgan) mahsulot uchun 7 mm dan yirik bo‘lgan 
bo‘laklar 10%, teshigini diametri 0,310 mm li elakdan o‘tgan 
mayda qismi 10% dan oshiq bo‘3masligi kerak.
Farmokopeya talabiga ko‘ra mahsulot tarkibidagi oshlovchi 
moddalar miqdori 5% dan, flavonoidlar yig‘indisining miqdori 
(rutinga nisbatan) 1,5% dan kam bo‘lmasligi lozim.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə