o ‘t o ‘simlik, Poyasi bir nechta, tik o ‘suvchi, yuqori qismi
sershoxli, tukli va to ‘rt qirrali bo ‘ladi. Bargi oddiy, cho‘ziq
tuxumsimon, o ‘tkir uchli,, tekis qirrali bo ‘lib, bandi bilan poyada
qarama-qarshi o ‘mashgan. Gullari mayda, barg qo ‘ltig‘ida 2-3
tadan joylashib, qalkonsimon to‘pgul hosil qiladi. Qalqonsimon
to ‘pgullar poya uchida ro ‘vaksimon to ‘pgulni vujudga keltiradi.
M evasi - kosachabarg bilan birlashgan to ‘rtta yong‘oqcha.
lyun oyidan boshlab sentyabrgacha gullaydi.
Geografik tarqalishi.
Sobiq Ittifoqning
Y
evropa qismida
(shimol qismidan tashqari), Kavkazda, Sibiming janubiy
tumanlarida hamda qisman Qozog‘iston va Q irg‘izistonning
ayrim tumanlarida uchraydi. Quraq, ochiq o ‘tloqlarda, quruq
o‘rmon va o‘rmon yoqalarida, tepaliklar, qiyalar, toshloqlar
hamda butazorlarda o ‘sadi.
Tog‘rayhon ayniqsa, Ukraina, Belorus, Shimoliy Kavkaz,
Volga b o ‘yi o ‘rta qismidagi tumanlar, Boshqirdistonda ko ‘p
o ‘sadi va shu yerlarda tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: