44
mukofot ikkita darajaga ega. U bilan onalik va bolalikni
muhofaza qilish, o'sib kelayotgan avlodning salomatligi-
ni mustahkamlash, uni ma'nan, jismonan tarbiyalashda
ko'rsatilgan alohida xizmatlar
hamda bolalarning man-
faatlari yo'lidagi xayriya ishlarini rivojlantirishdagi faol
ishtirok uchun taqdirlanadilar. Bu O'zbekistonning birin
chi ordeni bo'lib, o'zining maqomiga ko'ra dunyo amali-
yotida unga o'xshash muqobili yo'q.
1994-yilning may oyida O'zbekistonning Birinchi
Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan "O'zbekiston
Qahramoni" unvonini ta'sis etish haqidagi qonun qa-
bul qilinib u bilan oliy mukofot "Oltin Yulduz" mukofoti
hamda "Mustaqillik" va "Do'stlik" ordenlari, "Jasorat" va
"Shuhrat" medallari taqdim etiladi.
"Jasorat" medali bilan
harbiy yoki xizmat burchini
bajarishda, respublikaning milliy xavfsizligini ta'min-
lashda, jamoat tartibini saqlashda va jinoyatchilik bilan
kurashishda ko'rsatgan mardligi va jasorati uchun har
biy xizmatchilar, Milliy xavfsizlik xizmati va O'zbekiston
Respublikasining ichki ishlari xodimlari mukofotlanadilar.
"Jasorat" medali bilan jamoat tartibini saqlashda, ta-
biiy ofatlar, yong'inlar va boshqa favqqulodda vaziyat-
lar vaqtida odamlar hayotini,
davlat va jamoat mulkini
qutqarishda ko'rsatgan jasorati uchun O'zbekiston Res-
publikasi fuqarolari yoki mamlakat fuqarosi bo'lmagan
shaxslar taqdirlanishi mumkin.
Vatanimizning eng yuqori mukofotlaridan biri Amir
Temur ordeni bo'lib, u Birinchi Prezidentimiz Islom Kari
movning tarixiy adolatlilikka, milliy g'ururni oshirishga,
Amir Temurning xotirasi va qoldirgan merosini tiklashga
alohida e'tibor berganidan dalolat beradi. Orden So-
hibqironga chuqur hurmat va
shaxsining ardoqlanishiga
amal qilish sifatida buyuk ajdodning xotirasiga munosib
bo'lishga da'vat etadi.
Amir Temurning 660 yilligini nishonlash maqsadida
Islom Karimovning tashabbusi bilan 1996-yilda mam-
lakatimizda Amir Temur yili deb e'lon qilinib, shu yili ho-
zirda O'zbekistondan tashqarida uzoqlarda ham mash
hur bo'lgan Temuriylar tarixi Davlat muzeyi tashkil etildi.
Shu yubiley yilida Birinchi Prezident farmoni asosida
Amir Temur ordeni bilan Amir Temurning hayot faoliya-
tida alohida o'rin egallagan
Samarqand va Shahrisabz
shaharlari taqdirlandilar. Buyuk Sohibqiron qadimgi
Keshda tug'ilgan va unib o'sgan, Samarqand esa uning
qudratli mamlakatining poytaxti bo'lgan. Mustaqillik
yillarda Islom Abdug'aniyevich tashabbusi bilan yubi-
leylari keng nishonlangan ushbu shaharlar o'z qiyofala-
rini o'zgartirishdi va yanada go'zalroq tus oldilar.
Mustaqillikning 23 yilligi bayrami arafasida Birinchi
Prezident farmoniga muvofiq
Amir Temur ordeni bilan
Termiz shahri ham taqdirlandi.
Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasining muko-
fotlar tizimi quyidagilarni o'z ichiga olgan:
-11 ta orden;
-12 ta medal va esdalik belgilari;
- 35 ta faxriy unvon.
O'zbekistonning mukofotlar tizimi tarkibiga sof har
biy mukofotlar "Jaloliddin Manguberdi", "Shon-sharaf",
"Mardlik" ordenlari, "Jasorat", "Sodiq xizmatlari uchun"
medallari; tinchlik, mehnat bilan bog'liq
mukofotlar -
"Mehnat shuhrati", "Sog'lom avlod uchun", "Do'stlik",
"El-yurt hurmati" ordenlari, "Shuhrat" medali va mehnat
faoliyatidagi fidokorona xizmatlari hamda harbiy xizmat
lari uchun beriladigan universal mukofotlar - "O'zbekis
ton Qahramoni" unvoni, "Mustaqillik", "Amir Temur" or
denlari va boshqalar bor.
Ushbu mukofotlarni yaratish jarayonida Islom Ab
dug'aniyevich faol ishtirok etgan, shaxsan o'zlari taklif
etilgan eskizlar ishlab chiqishda,
rang gammasiga, sim-
volikasiga, kompozitsion yechimlariga, orden tasmalari
variantlariga tuzatishlar kiritgan.
Mustaqillik yillarida yaratilgan ko'p sonli mukofotlarga
Birinchi Prezidentimiz qo'llari bilan kiritilgan tuzatishlar
va to'g'irlashlar mavjud eskizlar saqlanib qolgan, bu esa
Islom Abdug'aniyevich har bir davlat mukofotini yaratish
jarayoniga qanday ahamiyat kasb etganligi haqida dalo
lat beradi. Birinchi Prezidentimiz bizga ma'lum bo'lgan
mukofotlarning
bosh dizayneri, tanqidchisi va ko'pincha
muallifi bo'lgan.
Dostları ilə paylaş: