Laboratoriya ishi №4
Gaz lazerlari. Geliy - Neon lazerini o’rganish
Gazlarda energetik sathlarning kengligi, qattiq va suyuq jismlardagi
aktiv moddalarga nisbatan ancha kichik, chunki energetik sath kengligi gaz
zarrachalarining o‘zaro to‘qnashishiga asoslangandir. Spektral
chiziqlarning kengayishi gazlarda sodir bo‘ladigan Doppler effekti bilan
aniqlanadi. Gaz zarrachalarining yutilish spektri juda tor spektral oraliqqa
ega, optik damlovchi lampalarning spektri esa, uzlukli va keng. Shunga
ko‘ra, yorug‘likning gazlarda yutilish spektriga mos kelgan energiya
qismi juda kichik va optik damlash effektivligi pastdir.
Gazlarda
inversiya hosil qilish uchun, optik damlash deyarli qo’llanilmaydi.
Gaz sistemasida atom va molekulalarni uyg’otish va inversion
kuchlanganlik hosil qilish uchun, elektr razryadi qo’llaniladi.
Gazlar
orqali elektr toki o‘tganda, muhitda erkin elektronlar va ionlar hosil
bo‘ladi. Gaz razryadida elektr energiyasi zaryadlarning kinetik
energiyasiga va zaryadlarning elektr maydonida tezlanish olishiga sarf
qilinadi. Odatda, gaz atomlarini uyg‘otishda ionlarning harakati ahamiyati
ega bo‘lmasdan, erkin elektronlarning gaz atomlari bilan to‘qnashishi
muhim ahamiyatga ega. Haqiqatan xam, gazlarda elektronlarning o‘rtacha
kinetik energiyasi, atom ionlarining o‘rtacha kinetik energiyasidan
birmuncha katta. Elektronlar juda qisqa vaqt ichida
Maksvell-Bolsman
taqsimotiga ko‘ra taqsimlanadi.
Elektr razryadida gaz atomlarining uyg‘onishi quyidagi asosiy ikki xil
jarayonga asoslangan:
1) elektronning bir komponentli gaz atomlari bilan to‘qnashishiga
(
birinchi jinsli to’qnashish
);
2) gazning bir necha tipdagi atomlari va molekulalarning aralashma-
sidan iborat bo‘lgan gaz atomlari o‘zaro to‘qnashishi natijasida
energiyasining rezonansli ravishda biridan ikkinchisiga uzatilishiga
(
Dostları ilə paylaş: |