62
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1.
Linuxda fayllarni nomlashga qo‗yilgan
talablarni ayting;
2.
Linuxda mavjud fayl kengaytmalarini sanab o‗ting;
3.
Linuxda fayllar bilan ishlash buyruqlarini aytib bering;
4.
Linuxda mavjud tizim kataloglari va ularning vazifalarini ayting;
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar:
1.
Linuxda fayllar yaratish usullarini o‗rganing;
2.
Linuxda turli tipdagi ma‘lumotlarni saqlovchi fayllar yarating;
3.
Linuxda fayllar bilan
ishlash buyruqlarini yodlang;
4.
Linuxda mavjud tizim kataloglar nimga mo‗ljallanganligini va
vazifalarini o‗rganib chiqing.
63
4-§. Jarayonlarni boshqarish va monitoring qilish.
4.1.Ishga tushirilgan jarayonlar bilan ishlash
Linux kompyuter jarayonlar deb biladigan ilovalarni ishga
tushirish imkoniyatiga ega. Dastlab Linux
distributivi tarkibidagi
vositalar yordamida jarayonlarni boshqarish bilan bog‗liq eng oddiy
tushunchalardan boshlaymiz.
Top buyrug‘i
Bu buyruq server mashinasida ayni
vaqtda qanday jarayonlar
ishlab turganini aniqlashning eng oddiy usullaridandir.
top
Natija:
30-rasm.top dasturi natijasi oynasi
Bu ma'lumotlarning yuqori qismida
tizimning ishlash statistikasi,
aniqrog‗i, tizimdagi yuklanish va bajarilgan vazifalar soni keltirilgan.
Pastki qismida ishlaydigan jarayonlar va ulardan foydalanish statistikasi
to‗g‗risidagi ma'lumotlar keltirilgan.
Ekranning chap yuqori burchagida joriy vaqt ko‗rsatiladi -
16:10:23, keyin tizimning ish vaqti, bizning misolimizda - 7 kun 14 soat
54 daqiqa. Keyingi qatorda faol foydalanuvchi seanslari soni.
Tasks
bo‗limi tizimda ishlayotgan jarayonlar statistikasini
ko‗rsatadi.
Quyida umumiy, faol, uxlash, to‗xtatilgan va zombi
jarayonlarining umumiy soni keltirilgan.
64
CPUdan foydalanish bo‗limi turli
vazifalarga sarflangan CPU
vaqtining foizini ko‗rsatadi.
Oxirgi 2 qatorda tizimda xotiradan foydalanish haqidagi
ma'lumotlar ko‗rsatilgan. Mem va Swap satrlari mos ravishda RAM va
almashish maydoni haqidagi ma'lumotlarni ko‗rsatadi.
Avail Mem - bu
diskning katta maydonini ishlatmasdan jarayonlarga ajratilishi mumkin
bo‗lgan xotira hajmini ko‗rsatadi.
Htop buyrug‘i
Top
buyruqning ushbu takomillashtirilgan
versiyasi yordamida
jarayonning batafsil ma'lumotlarini olish mumkin. Odatda uni ishlatish
uchun repozitoriyadan o‗rnatish kerak bo‗ladi. O‗rnatish uchun quyidagi
buyruq yoziladi:
sudo apt-get install htop
Dostları ilə paylaş: