81
Yuklash vaqtida Linux Ubuntu yettita to‗liq ekranli konsollarni
ishga
tushiradi, ularning har biri o‗z mustaqil seansiga ega.Bu
konsollarning birinchisidan oltinchisigacha -buyruq qatori interfeysi va
yettinchisida grafik rejim ishga tushadi. Foydalanuvchi
tizim yuklanish
vaqtida faqat grafik rejimini ko‗radi.
Quyidagi klaviatura tugmalarini bosib, virtual konsollardan biriga o‗tish
mumkin:
Ctrl + Alt + F1 - birinchi virtual konsoli;
Ctrl + Alt + F2 - ikkinchi virtual konsoli;
Ctrl + Alt + F3 - uchinchi virtual konsoli;
Ctrl + Alt + F4 - to‗rtinchi virtual konsoli;
Ctrl + Alt + F5 - beshinchi virtual konsoli;
Ctrl + Alt + F6 - oltinchi virtual konsoli;
Ctrl + Alt + F7 - ettinchi virtual konsoli, grafik rejimiga qaytish.
Terminal bilan bog‗liq yuqorida keltirilganlarning hammasi konsol
uchun ham amal qiladi. Barcha terminal buyruqlari konsolda ishlaydi.
Bundan tashqari, terminal grafik qobiqda
ishlashda konsol yordamchi
dasturlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‗lish uchun yaratilgan.
Terminal bo‗lsa, nima uchun konsol kerak? Quyidagi misollar
yordamida tushunib olish mumkin:
video karta drayveri bilan bog‗liq muammolar bo‗lsa, grafik qobiq
umuman yuklanmasligi mumkin. Bunda
konsolga kirish mumkin
bo‗ladi. Konsol buyruqlarini ishlatib, tizimni qayta o‗rnatmasdan,
drayver muammosini hal qilishin mumkin;
ba'zida biror dastur xatosi butun grafik qobiqni muzlatib qo‗yishi
va "qotib qolishi"ga olib kelishi mumkin (garchi
bu tez -tez sodir
bo‗lmasa ham). Bunda quyidagi buyruq bilan konsolga o‗tish
mumkin:
top
qotgan yoki osilib qolgan jarayon va buyruq sonini ko‗rib,
kill -9 jarayon raqami
buyruq bilan uni tugatish mumkin.